8-sinf uchun GEOGRAFIYA fanidan test savollari
1.Milliy iqtisodning ikki muhim sohasi va ayni vaqtda manbaini belgilang?
A) Moddiy ishlab chiqarish sohasi
B) Qishloq xo`jaligi
C) Sog`liqni saqlash
D) Moddiy ishlab chiqarish va moddiy ne`mat ishlab chiqarmaydigan sohalar
D) Moddiy ishlab chiqarish va moddiy ne`mat ishlab chiqarmaydigan sohalar
2.Quyidagi tarmoqlardan qaysi biri moddiy ne`mat yaratmaydigan sohaga kirmaydi?
A) Fan B) Ta`lim C) Sog`liqni saqlash D) yo`llarni ta`mirlash
3. Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi nima?
A) Asosan bir xil mahsulot ishlab chiqarisni tashkillashtirish
B) Korxonaning turi
C) Mo`l ko`l mahsulot ishlab chiqarish
D) Ishlab chiqarish vositalaridan samarali foydalanish
A) Asosan bir xil mahsulot ishlab chiqarisni tashkillashtirish
4. Ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to`planishi nimaning oqibati?
A) Ishlab chiqarishning markazlashuvi
B) Ishlab chiqarishdagi raqobatning
C) Fan va texnika taraqqiyotining
D) Barcha javoblar to`g`ri
A) Ishlab chiqarishning markazlashuvi
5. Korxonalarning hududiy joylashuvida mustaqillik tufayli qandday jarayon kechmoqda?
A) Ulkan korxonalar barpo etish (gigantamiya)ni susaytirish
B) O`rtacha va kichik korxonalar barpo bo`lishi kuchaydi
C) Qishloq joylarda ham sanoat ob`yektlari barpo qilish
D) Barcha javob to`g`ri
B) O`rtacha va kichik korxonalar barpo bo`lishi kuchaydi
6. Yoqilg`i sanoatining O`zbekistonda mavjud bo`lmagan tarmoqlarini belgilang?
A) Ko`mir B) Slanets C) Neft D) Torf
7. Elektroenergetika sanoatining O`zbekistonda mavjud bo`lmagan tarmoqlarini belgilang?
A) Gidroenergetika B) IES C) AES D) Suv qalqish elektr stansiyalari
8. Murakkab mashinasozlik korxonalarining joylashuvida qanday omil ustuvor ahamiyat kasb etadi?
A) mutaxassis kadrlar
B) xomashyo boyliklari
C) yoqilg`i-energiya omili
D) transport omili
9. Qurilish materiallari korxonalarining joylashuvida qaysi omil ahamiyatsiz sanaladi?
A) xomashyo zahirasi B) tabiiy sharoit C) inson omili D) transport
10. Mashinasozlikning milliy iqtisodiyotdagi barcha tarmoqlar bilan muqarrar aloqada bo`lishini nimalar taqozo qilmoqda?
A) Ishlab chiqarishning tobora samarador bo`lishiga ehtiyoj
B) Kishilarni og`ir mehnatdan xalos qilish
C) Kishilarning usluksiz ortib borayotgan ma`naviy ehtiyojini qondirish uchun bo`sh vaqt yaratish zaruriyati
D) javoblarning barchasi to`g`ri
D) javoblarning barchasi to`g`ri
11. Qishloq xo`jaligi mashinasozlikning asosan qaysi tarmog`iga bog`liq?
A) Stanoksozlik
B) Avtomobilsozlik
C) Uy-ro`zg`or buyumlari ishlab chiqarish
D) Traktorsozlik
12. Agrosanoat majmuasini (ASM) rivojlantirish darajasi nimalarda namoyon bo`ladi?
A) ASM tarmoqlararo ishlab chiqarish aloqalarining jadallashuvida
B) Qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari soni ko`payishida
C) Ishlab chiqarish asosiy fanlari salmog`ida
D) javoblarning barchasi to`g`ri
D) javoblarning barchasi to`g`ri
13. Binokorlik korxonalarining hududiy joylashuvi qanday omillarga bog`liq?
A) xomashyo (manbai) zahirasi va geografik o`rniga
B) binokorlik ishlarining texnik ta`minlanishiga
C) qurilish ishlari ko`lamiga
D) tabiiy sharoitga
E) javoblarning barchasi to`g`ri
E) javoblarning barchasi to`g`ri
14. Irrigatsiya va melioratsiya mashinasozligining yirik markazi qaysi shaharda joylashgan?
A) Namangan B) Andijon C) Toshkent D) Nukus
15. Respublikaning milliy tarkibida o`zbeklar necha foizni tashkil etadi?
A) 50 B) 80 C) 78 D) 83
16. Respublikamizdagi neft va gaz konlarining eng ko`pi qayerda joylashgan?
A) Farg`ona vodiysi
B) Buxoro-Xiva oralig`i
C) Ustyurt
D) Surxondaryo
17. Intensiv qishloq xo`jaligi deb nimaga aytiladi?
A) Yalpi qishloq xo`jalik mahsuloti hajmi maydon birligiga agrotexnik vositalardan ko`proq foydalanish hisobiga oshsa
B) Qishloq xo`jaligi mahsulotining hajmi chorva mollarining mahsuldor zotlarini yaratish hisobiga oshsa
C) Qishloq xo`jaligining rivojlanishi sarf qilingan mehnatning miqdoriga ko`ra belgilansa
D) Qishloq xo`jaligining rivojlanishi mehnatning sifatiga, mashina va o`g`itlardan foydalanish darajasiga qarab belgilansa
A) Yalpi qishloq xo`jalik mahsuloti hajmi maydon birligiga agrotexnik vositalardan ko`proq foydalanish hisobiga oshsa
18. Ekstensiv qishloq xo`jaligi deb nimaga aytiladi?
A) Yalpi qishloq xo`jalik mahsuloti hajmi maydon birligiga agrotexnik vositalardan ko`proq foydalanish hisobiga oshsa
B) Qishloq xo`jaligi mahsulotining hajmi chorva mollarining mahsuldor zotlarini ko`paytirish hisobiga oshsa
C) Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ekin maydonlarini kengaytirish va chorva mollari sonini oshirish hisobiga ko`paysa
D) Qishloq xo`jaligining rivojlanishi mehnatning sifatiga, mashina va o`g`itlardan foydalanish darajasiga qarab belgilansa
C) Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ekin maydonlarini kengaytirish va chorva mollari sonini oshirish hisobiga ko`paysa
19. Respublikamizda yagona tamaki yetishtiradigan tumanni belgilang?
A) Denov B) Urgut C) Parkent D) Ishtixon
20. Kanop yetishtirishda va uni qayta ishlashda yetakchi viloyatni toping?
A) Samarqand B) Toshkent C) Jizzax D) Surxondaryo
21. Quyidagilarning qaysi biri dehqonchilik tarmog`i emas?
A) paxtachilik B) pillachilik C) Sholichilik D) Polizchilik
22. Respublikadagi qaysi shaharda atlas ishlab chiqaradigan fabrika bor?
A) Marg`ilon B) Qo`qon C) Samarqand D) Andijon
23. Olmaliq tog`-metallurgiya kombinati nima eritishga ixtisoslashgan?
A) Volfram B) Rux C) Qo`rg`oshin D) Mis
B) Rux
24. Bog`dorchilik va uzumchilikning asosiy rayonlari qaysi zonada joylashgan?
A) tog` va cho`l zonasida
B) tog` oldi va tog` zonasida
C) sug`oriladigan yerlar va cho`l zonasida
D) dasht va cho`l zonasida
B) tog` oldi va tog` zonasida
25. Respublikamizda kartoshka eng ko`p yetishtiriladigan viloyatni aniqlang?
A) Samarqand B) Toshkent C) Jizzix D) Surxondaryo
26. Qorako`l qo`ylari Respublikamizning qaysi viloyatlarida boqiladi?
A) Buxoro, Namangan, Samarqand, Sirdaryo
B) Navoiy, Farg`ona, Buxoro
C) Buxoro, Navoiy, Qoraqalpog`iston
D) Farg`ona, Namangan, Xorazm
C) Buxoro, Navoiy, Qoraqalpog`iston
27. O`zbekiston jahonda qaysi tur mineral resurslar bo`yicha yetakchi o`rinlarda turadi?
A) oltin, uran, mis, gaz, volfram
B) oltin, ko`mir, neft, temir, alunit
C) qo`rg`oshin, tuz, marmar, kaolin
D) fosforit, soda, oltingugurt
A) oltin, uran, mis, gaz, volfram
28. O`zbekiston siyosiy tuzumiga ko`ra qanday davlat?
A) Prezidentlik Respublikasi
B) Yarim prezidentlik respublikasi
C) Parlamentar Respublika
D) Konstitutsion monarxiya
A) Prezidentlik Respublikasi
29. Potensial tabiiy resurslar qaysi bandda to`g`ri ko`rsatilgan?
A) foydali qazilmalar
B) chuchuk suv
C) daryo
D) quyosh energiyasi
30. Ko`kdumaloq, Polvontosh, Mingbuloqdan nima qazib olinadi?
A) gaz B) neft C) mis D) ko`mir
31. O`zbekiston eng uzun masofada qaysi davlat bilan chegaradosh?
A) Turkmaniston B) Tojikiston C) Afg`oniston D) Qozog`iston
32. Suv resurslarining asosiy iste`molchisi nima deb o`ylaysiz?
A) sanoat B) qishloq xo`jaligi C) maishit xizmat D) aholi E) chorvachilik
33. Cho`llardan qanday maqsadlarda foydalanish imkoniyati bor?
A) chorva va yem-xashak
B) sug`orib dehqonchilik qilish
C) zavod va fabrikalar qurish
D) aholi manzilgohlari qurish
B) sug`orib dehqonchilik qilish
34. O`zbekistonda aholi zichligi 1 km.km.ga qancha kishiga teng?
A) 59 kishi B) 76 kishi C) 67 kishi D) 45 kishi
35. Respublikamizning qaysi qismida aholi zichligi eng yuqori?
A) Mirzacho`l B) Farg`ona vodiysi C) Qashqadaryo D) Toshkent
36. Mamlakatimizda aholining o`rtacha yoshi necha yoshga teng?
A) 30 B) 24 C) 69 D) 50
37. Respublikada aholining eng ko`p qismi qaysi sohada band (26,7%)?
A) sanoatda B) qishloq va o`rmon xo`jaligida
C) qurilish D) savdo
B) qishloq va o`rmon xo`jaligida
38. Respublikada aholining 13 %i qaysi sohada band?
A) sanoatda B) qishloq va o`rmon xo`jaligida
C) qurilish D) savdo
39. Respublikada aholining 9,3 %i qaysi sohada band?
A) sanoatda B) boshqa tashkilotlarda
C) qurilish D) savdo
40. Respublikada aholining 5,2 %i qaysi sohada band?
A) sanoatda B) qishloq va o`rmon xo`jaligida
C) qurilish D) transport va aloqada
41. Respublikada aholining 10,9 %i qaysi sohada band?
A) sanoatda B) boshqaruv tashkilotlari
C) qurilish D) savdo va umumiy ovqatlanishda
D) savdo va umumiy ovqatlanishda
42. Respublikada aholining 3,5 %i qaysi sohada band?
A) sanoatda B) sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya
C) qurilish D) uy-joy kommunal xo`jaligi, maishiy xizmat ko`rsatish
D) uy-joy kommunal xo`jaligi, maishiy xizmat ko`rsatish
43. Respublikada aholining 7,6 %i qaysi sohada band?
A) sanoatda B) boshqaruv tashkilotlari
C) qurilish D) sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta`minotda
D) sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta`minotda
44. Respublikada aholining 13,4 %i qaysi sohada band?
A) sanoatda B) qishloq va o`rmon xo`jaligida
C) qurilish D) fan, ta`lim, madaniyat va san`at
D) fan, ta`lim, madaniyat va san`at
45. Necha yoshga to`lgan o`quvchi o`qishdan bo`sh vaqtlarida ishlashlariga ruxsat etilgan?
A) 15 B) 16 C) 17 D) 18
46. Respublikada aholining 9,9 %i qaysi sohada band?
A) sanoatda B) qishloq va o`rmon xo`jaligida
C) qurilish D) boshqa tashkilotlarda
47. Respublikamizdagi neft va gaz konlarining eng ko`pi qayerda joylashgan?
A) Farg`ona vodiysi B) Buxoro-Xiva oralig`i
C) Ustyurt D) Surxondaryo
48. Olmaliqdagi tog`-metallurgiya kombinati nima eritishga ixtisoslashgan?
A) volfram B) rux C) qo`rg`oshin D) mis
49. Mamlakat aholi tarkibida nech yoshgacha bo'lgan o'smir va qiz bolalar soni va salmog'i oshmoqda?
A) 14 B) 16 C) 18 D) 20
50. O`zbekistonning rangli metallarga boy joyini belgilang?
A) Qurama tizmasi
B) Chotqol tizmasi
C) Nurota tizmasi
D) Morguzar tizmasi
A) Qurama tizmasi
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!