loading...

Longyir – sayyoraning eng shimoliy shahri 

2631

 
Longyir shahri Shpitsbergen arxipelagida joylashgan va jami 2 ming nafar aholisi bor. Yozda sutka bo'yi quyosh charaqlab turadi. Biroq yilning sovuq paytida bu erda 4 oy davomida qorong'ulik hukmronlik qiladi. Aholining bari qurollangan. Nima uchun? Chunki oq ayiqlar ularga qo'shni. Kutilmagan holatlarda o'zini himoya qilishni bilish kerak.
 
Ilgari bu er ko'mir qazib chiqariladigan yirik markaz edi. Hozir buni zanglagan texnika va aynan shu maqsadda qurilgan inshootlar esga soladi. Shaxtalardan birining ko'rinishi mana bunday. Agar rang-barang shahardan uzoqlashilsa, manzara biroz xiralashadi.
 
Joyga o'tgan asrning boshlarida bir muhandis o'z nomini bergan va unga asos solgan. Ikkinchi jahon urushi vaqtida mahalliy aholi Buyuk Britaniyaga evakuatsiya qilingan. O'sha vaqtlarda faoliyat yuritgan shaxtalar fashistlar bosqinida to'liq vayron qilingan. To'g'ri, urushdan keyin ularni qaytadan qurishdi.
 
Mana bu original belgini hamma joyda uchratish mumkin. U oq ayiqlarning paydo bo'lish ehtimoli haqida ogohlantiradi. Aytgancha, mahalliy talabaga o'qishning ilk haftasida faqat o'q otishni o'rgatishadi. Har ehtimolga qarshi, axir bu qo'shnilar xavfli-da.
 
Biroq do'konga hali ham qurol olib kirish mumkin emas.
 
Hatto yozda ham harorat barqaror 10 daraja iliqdan ko'tarilmasligi mumkin.
 
Qishda qor hukmronligi davrida bu erda qor ustida harakatlanadigan moslamalar yoki itlar bog'langan chanalardan foydalanishadi. Ana shuning uchun ham itlar uchun to'xtash joylari paydo bo'lgan. Mana bu taxtacha to'xtash joyiga boshlaydi.
 
Aholisi soni asta-sekinlik bilan ortib borgan. 1917-yilda bu erda 214 kishi istiqomat qilgan. Ulardan 180 tasi erkaklar bo'lgan. Aholining katta qismi konchilardan iborat edi. Biroq hukumat shahar infratuzilmasi bilan shug'ullanishga qaror qildi. Bu erda hatto aeroport ham ochildi. Doimiy ravishda joy sayyohlik markaziga aylandi.
 
Qiziqarli jihati, shahar hududida vafot etish mumkin emas. Og'ir kasallar, lat eganlar va halok bo'layotganlar materikka yuboriladi. Gap shundaki, doimiy muzlik tananing chirishiga imkon bermaydi, ularga yirtqichlar e'tiborini tortib, mahalliy aholini xavfga qo'yadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash