loading...

Toshkent viloyatida Tuyabo‘g‘iz GES foydalanishga topshirildi 

2534

Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi Tuyabo‘g‘iz suv omborida yangi gidroelektr stansiyasi (GES) foydalanishga topshirildi, deya xabar qildi «Xalq so‘zi». GES qurilishi 2017 yilda boshlangan bo‘lib, loyihani «Gidroproyekt» kompaniyasi amalga oshirdi.

«GES loyihaviy qiymati 15,8 million dollarga teng bo‘lib, shundan 8,1 million dollari XXR «Eksimbank"i tomonidan moliyalashtirildi, — deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan energetik Akrom Irgashev. — Tuyabo‘g‘iz suv ombori qoshidagi ushbu kichik GES o‘n to‘rt oy ichida qurib bitkazildi. Ilgari bunday inshoot barpo etish uchun kamida uch yil vaqt sarflanar edi».

Mutaxassislarning aytishicha, GESning umumiy quvvati 11,4 MVtga teng. Bu yiliga o‘rtacha 41,2 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 1 ming 600 ta xonadonning elektr tokiga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq ta’minlanadi, deganidir.

2017−2021 yillarda O‘zbekistonda gidroenergetikani rivojlantirish dasturi bu davr ichida 42 yangi GES qurish va 32 ta mavjud GESni modernizatsiya qilishni ko‘zda tutadi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Katta Farg‘ona kanali va To‘palang daryosida kichik gidroelektr stansiyalar kaskadi, Ohangaron daryosida esa kichik «Qamchiq» stansiyasini qurish ishlari davom ettirilmoqda.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash