loading...

Jahon transporti 

17233

  Transport jahon moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining uchinchi muhim tarmog'idir. U sanoat va qishloq xo'jaligi tarmoqlaridan farqli ravishda biron-bir xil mahsulot ishlab chiqarmasada, ishlab chiqarishning rivojlanishida juda katta o'rin tutadi.

Tez rivojlanib borayotgan jahon transporti murakkab va o'ziga xos tarmoqlar tizimini tashkil qiladi. Ular quruqlik (temiryo'l, avtomobil va quvur), suv (dengiz va daryo) hamda havo transporti tarmoqlariga bo'linadi.

Transporting asosiy tarmoqlar guruhlari quyidagilardir:
Quruqiik transporti tarmoqlari qatoriga avtomobil, temiryo'l va quvur transportlari kiradi.

Avtomobil transporti eng samarali tadrijiy (dinamik) o'sayotgan tarmoqdir. XX asr boshidan paydo bo'lgan bu transport hozirgi paytda jahonning barcha mamlakatlarda eng ommaviy harakat vositasi bo'lib qoldi. Uning muhim jihati - yuklarni manzilning о`ziga - «eshikdan eshikka»cha yetkazib berishidir.

Avtomobil yo‘llari uzunligi hozir 24,5 mln. km ni tashkil qiladi. Uning 1/4 qismidan ko‘prog‘i AQSH, yana shuncha yo‘l Hindiston, Yaponiya, Xitoy va Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Jahonda 600 mln. dan ziyod turli avtomobillar bo'lib, ularning 4/5 qismi G'arbning rivojlangan mamlakatlaridadir. Birgina AQSHda dunyo avtomobillarining 30 foizidan ko'pi harakat qilmoqda.

Temiryo‘l transporti quruqlikda yuk tashish oborotiga ko'ra eng yirik tarmoqdir. Bunda uning salmog'i rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, yuqoridir. Hozirgi vaqtda jahon temiryo'llarining umumiy uzunligi 1,2 mln. km ni tashkil qiladi. Ammo temiryo'llar jahon mamlakatlarining atigi 140 tasida bo'lib, yo'llar umumiy uzunligining yarmi AQSH, Kanada, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Germaniya, Argentina, Avstraliya, Fransiya, Braziliyadan iborat «birinchi о`nlik» mamlakatlari hissasiga to'gri keladi. Temiryo'llar Yevropada eng zich, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa u juda siyrakdir. Bundan tashqari, temiryo'l transportining rivojlanganlik darajasini ularning elektrlashtirilgan va yangi texnika (havo yostig'i, magnit va elektrodinamika) vositalaridan foydalana olish imkoniyatlari ham belgilaydi. G`arbiy Yevropa, Vaponiya, AQSHda temiryo`lar fan-texnika inqilobining so`nggi yutuqlari asosida qurilgan. Fransiya, Yaponiyada poyezdlar soatiga 280-300 km tezlikkacha harakat qilmoqda. Ayrim Afrika mamlakatlarida esa haligacha paravozlar xizmatidan foydalanib kelinadi.

Quvur transporti jahonning neft va tabiiy gaz ko'p miqdorda qazib chiqarliadigan va ularni iste’mol qiladigan mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlangan. Jahon neft va gaz quvurlarining umumiy uzunligi 1,5 mln. km dan iborat. Bu ko'rsatkich yildan yilga oshib bormoqda. 

Asosiy neft quvurlari tarmog'i neft qazib chiqaruvchi va uni iste’mol qiluvchi yirik davlatlar (AQSH, Sobiq Ittifoq mamlakatlari, Kanada, Xitoy va boshqalar)da, neft eksport qiluvchi (Saudiya Arabistoni, Iroq, Eron, Jazoir, Liviya, Meksika, Venesuela) va iste'mol qiluvchi (Fransiya, Italiya) mamlakatlarida mavjud. 

Asosiy gaz quvurlari tizimi esa deyarli faqat rivojlangan mamlakatlarda tashkil topgan. Ular AQSH, Sobiq Ittifoq mamlakatlari, Germaniya, Kanada, Niderlandiya va boshqa davlatlardir.

Suv transporti dengiz va daryo transporti tarmoqlarini o'zida birlashtiradi.

Dengiz transporti jahon transport tizimida alohida o'rin tutadi. Bu tarmoq avvalo bir-birlaridan alohida va uzoqda joylashgan materik va qit`alarni bog'lab turuvchi, xalqaro mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi vosita sifatida ahamiyatli. Shuningdek, asosan, dengiz transporti minglab tonna yukni uzoq masofalarga tashiydigan bo'lganligi uchun boshqa transport tarmoqlariga nisbatan xizmat tannarxi eng arzonga tushadi. Har yili barcha xalqaro yuklarning o'rtacha 4/5 qismi dengiz transportida tashilmoqda.

Asosiy dengiz yo`llari turli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va ularni iste’mol qiluvchi davlatlar o'rtasida tashkil qilingan. Odatda, Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyo, Avstraliyadan turli sanoat va qishloq xo'jalik xomashyolari, asosan, Yevropa, Yaponiya, Shimoliy Amerika mamlakatlariga, ulardan esa aholi va xalq xo'jaligi uchun turli iste’mol mahsulotlari dunyoning barcha iste’mol chi hududlariga yetkazib beriladi.

Jahon dengiz transporti rivojlanishi va geografiyasida dengiz bo‘g‘izlari va xalqaro kanallarning ham ahamiyati katta. Aynan ular jahon dengiz yo'llarining eng serqatnov chorrahalari hisoblanadi.

Dengiz bo`g'izlari orasida eng yirigi La-Mansh bo'g izidir. U orqali bir kecha-kunduzda 500 gacha kema o‘tadi. Keyingi о rinlarda turuvchi bo`g'izlar: Eresunn (Zond) - 175 ta, Gibraltar - 200 ta, Xormuz - 100 ta, Malakka - 80 ta, Bosfor 40 tagacha kema o'tkazadi.

Ichki suv (daryo va ko‘l)  transport tarmoqlari bajaradigan ish hajmiga ko‘ra ancha kichik tarmoqlardandir. Daryo va ko‘l transporti yo'llari uzunligiga ko'ra jahonda Rossiya, Xitoy, AQSH Braziliya davlatlari oldinda turadi. Ammo mavjud imkoniyatlardan foydalanish davlatlarning iqlisodiy rivojlanishi darajasiga ko’p jihatdan bog'liqdir. Shu sababli, hozirgi vaqtda ichki suv yo`llari orqali yuk tashishda AQSH, Rossiya, Kanada davlatlari yetakchilik qilmoqda. 

Ichki suv transportidan foydalanishda jahonning yirik daryolarning roli kattadir. Bunday daryolar qatoriga Amazonka, Missisipi, Dunay, Volga, Yanszi, Kongo va boshqalar kiradi.

Havo transporti barcha transport tarmoqlari orasida alohida xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Boshqa transport tarmoqlaridan uning ustunligi yuk va yo'lovchilarni uzoq masofalarga juda qisqa vaqt davomida yetkazib qo'yishidir. Shu sababli ham uning ahamiyati doimo oshib bormoqda. Jahon bo'yicha yo'lovchilar tashish hajmi so'nggi 50 yil ichida 65 baravarga yaqin o'sdi. Havo transportida tashilayotgan yuk va yo'lovchilarning 45 foizi ichki va 55 foizi xalqaro aloqalar hissasiga to’g'ri keladi. Xalqaro aloqalar so'nggi davrlarda, ayniqsa, Yevropa bilan Shimoliy Amerika davlatlari o'rtasida faol kechmoqda. Hisob-kitoblarga ko'ra, Atlantika okeani ustida bir vaqtning o'zida yuzdan ortiq havo laynerlari har ikki tomonga qarab harakatda bo'ladi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив