Sanoat tarmoqlari geografiyasi
METALLURGIYA SANOATI
Metallurgiya sanoati jahon
xo'jaligini, asosan, konstruksiyabop materiallar - qora va rangdor metallar
bilan ta’minlaydi. Garchi mamlakatlar xo'jaligida boshqa xil konstruksiyabop
materiallar, jumiadan, plastmassalarning ahamiyati ortib borayotgan bo‘lsa-da,
ular po'latning o‘rnini bosa olmaydi. Shu sababli ham u hozirgi jahon xo'jaligining
ahamiyatli negiz tarmoqlaridan hisoblanadi.
Metallurgiya sanoati o'z
navbatida mustaqil qora va rangdor metallurgiya sanoatlariga bo'linadi.
Qora metallurgiya sanoatining
xususiyatlaridan biri - asosiy mahsulotlari hisoblanadigan cho'yan, po'lat va
prokat ishlab chiqarish jarayonida juda katta hajmdagi temir rudasi,
kokslanadigan ko'mir va boshqa xil resurslarni ishlatishidir. Shu sababli
dastlabki yillarda tarmoq korxonalari, asosan, yirik kokslanadigan ko‘mir
konlari hududlarida shakllandi. FTI davrida tarmoqda yangi ishlab chiqarish texnologiyasiga
o`tish tufayli temir rudasi va kokslanadigan ko`mirni jahonning turli mintaqalaridan
keltirish imkoniyatlari ancha kengaydi. Natijada G'arbiy Yevropa davlatlari,
Yaponiya, qisman AQSHning qora metallurgiya korxonalari tobora dengiz portlari
atroflarida joylashtirila boshlandi.
Jahon qora metallurgiya
sanoatida hozirgi vaqtda xomashyo resurslarini yetkazib beruvchi, tayyor metall
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va ularni iste’mol qiluvchi mamlakatlar
guruhlari shakllangan. Jumladan, temir rudasini jahon bozoriga chiqarishda Braziliya,
Avstraliya, Hindiston, JAR, Liberiya davlatlari, po'lat ishlab chiqarishda Xitoy,
Yaponiya, Rossiya, AQSH, Ukraina, Germaniya davlatlari ajralib turadi. Umuman,
jahonda yiliga 1 mlrd. temir rudasi qazib olinadi. Uning asosiy qismi Xitoy,
Braziliya va Avstraliyaga to`g`ri keladi (50-60%). Temir rudasini katta
miqdorda import qiluvchi mamlakatlar – AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya, Yaponiya,
GFR, Koreya Respublikasi. Tayyor metall mahsulotlarini iste’mol qilishda esa,
asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qilmoqdalar. Jahonda
ishlab chiqarilayotgan po'latning 80 foizi rivojlangan davlatlar hissasiga
to‘g‘ri keladi. Ularning hissasi yuqori sifatli qora metall mahsulotlarini
tayyorlashda, ayniqsa, yuqori
Rangli metallurgiya sanoati
murakkab tarmoqlar tarkibiga ega bo‘lib, o‘nlarcha xildagi metallar (mis,
aluminiy, rux, qo`rg'oshin, volfram, oltin, kumush, uran va boshqalar)ni ishlab
chiqarishni o'z ichiga oladi. Yetakchi tarmog`i – alyuminiy ishlab chiqarish.
Rivojlanayotgan mamlakatlar rangli
metallurgiyada xomashyo resurslarini yetkazib berishga va rivojlangan
mamlakatlar esa iste’molga tayyor rangdor metallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Masalan, mis rudalarini qazib olish va jahon bozoriga chiqarishda Markaziy
Afrikadagi Zambiya va Kongo Demokratik Respublikasi davlatlari yetakchilik
qiladi. Ularning hududi bo'ylab "Mis mintaqasi” deb ataladigan misga boy havza
yotadi. Bundan tashqari, bunday resurslarga Chili, AQSH, Kanada ham ancha boy.
Toza (rafinad) misni ishlab chiqarishda esa AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya
kabi rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qilmoqda.
Shunga o`xshash holatni nisbatan
yengilligi uchun qanotli metall deb
nom olgan aluminiy sanoatida ham ko‘rish mumkin. Tarkibida aluminiy metali
bo'lgan boksit, nefelin, alunit rudalariga eng boy davlatlar Avstraliya,
Gvineya, Yamayka va Braziliyadir. Lekin tozalangan aluminiyni ishlab chiqarish
va iste’mol qilishda yana AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya
kabi rivojlangan mamlakatlar ajralib turadi.
MASHINASOZLIK VA METALLNI QAYTA ISHLASH
Mashinasozlik va metallni qayta
ishlash tarmog`i ishlab chiqarayotgan mahsulotlari umumiy qiymatiga ko`ra
sanoat tarmoqlari orasida eng yirigi va ahamiyatlisidir. Unga yalpi sanoat
mahsuloti qiymatining 35%i to`g`ri keladi. U turli mashina va texnologik
uskunalar, murakkab o`lchov apparatlari va asboblar, kompyuter texnikasi va
raketa-kosmik texnikasi, bir so`z bilan aytganda, "ignadan samolyotgacha” turli
xildagi mahsulotlar ishlab chiqaradi.
Mashinasozlik yetakchi sanoat
tarmog‘i sifatida ichki yonuv dvigatellari hayotga tatbiq etila boshlagan XVIII
asrning oxirlaridan boshlab rivojlanib kelayotganligini yaxshi bilasiz. Hozirgi
vaqtda bu tarmoqning hududiy joylashishiga va rivojlanishiga oldingidek
xomashyo (metall, plastmassa, oyna va boshqalar) emas, ko‘proq malakali ilmiy
xodimlar va ishchi-xizmatchilarning yetarli bo`lishligi, transport va iste’mol
omillari ta’sir ko'rsatmoqda.
Jahon mamlakatlari
mashinasozlikning rivojlanish darajasiga ko'ra turlicha ko'rsatkichlarga ega. U
rivojlangan mamlakatlarda, asosan, yuqori darajada rivojlanishga erishgan,
rivojlanayotgan mamlakatlarda esa uning ko'rsatkichlari ancha past.
Mashinasozlikning rivojlanish darajasiga
ko'ra jahonning to'rt mintaqasi alohida ajralib turadi. Ularning eng yirigi Shimoliy
Amerika mintaqasidir. Undagi AQSH, Kanada va Meksika davlatlari hissasiga
jahon mashinasozlik mahsulotlarining 30 foizi to'g'ri keladi va deyarli barcha
xildagi mashina va uskunalar ishlab chiqariladi.
Ikkinchi mintaqa Yevropa mamlakatlari
bo‘lib, ishlab chiqaradigan mahsulotlari hajmi va sifati jihatidan birinchi
mintaqadan hech ham qolishmaydi. U, asosan, ommaviy mashinasozlik mahsulotlari
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Mashinasozlikning uchinchi
mintaqasi Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlaridir. U
an’anaviy mashinasozlik mahsulotlari bilan birga yuqori texnologiyaga
asoslangan fantalab hisoblash texnikasi (radio-telemexanika, maishiy xizmat
texnikasi) mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Unda Xitoy va Yaponiyaning
o‘rni eng yuqori.
MDH mamlakatlari jahonning to'rtinchi mashinasozlik mintaqasini
tashkil qiladi. Garchi mintaqa mashinasozlikning eng muhim mahsulotlarini
ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega bo‘lsa-da, sifat ko‘rsatkichlariga ko‘ra
boshqa mintaqalardan orqada.
Ayniqsa, fantalab mashinasozlik
tarmoqlari nisbatan sust rivojlangan. Shu sababli uning mavqeyi tobora pasayib
bormoqda.
Barcha rivojlanayotgan
mamlakatlar hissasiga dunyo mashinasozlik mahsulotlarining 1/10 qismiga yaqini to‘g‘ri keladi. Ammo hozirgi vaqtda
ularda mashinasozlik sanoatining o'sish sur’atlari ancha yuqori. Ayniqsa,
Braziliya, Hindiston, Argentina, Meksika, Osiyoning yangi
industrial davlatlarida (KoreyaRespublikasi)da bu borada sezilarli yutuqlar
kuzatilmoqda. O`zbekiston ham o`zining avtomobilsozlik tarmog`I orqali jahon
bozoriga tobora dadil kirib bormoqda. Bu holat yaqin kelgusida ular hissasining
oshishiga olib keladi.
Ba’zi mashinasozlik mahsulotlarini
ishlab chiqaruvchi eng yirik davlatlar qatorida rivojlangan mamlakatlar bilan birga
rivojlanayotgan mamlakatlar ham tobora ko‘p ko'zga tashlanmoqda.
KIMYO VA NEFT-KIMYO SANOATI
Kimyo
sanoati FTI davrida sanoatning rivojlangan tarmoqlaridan biridir. U XX asr
davomida alohida tarmoq sifatida shakllandi va eng yuqori sur`atlarda
rivojlanishga erishdi. Ko`p sifatlariga ko`ra mazkur tarmoq mashinasozlik
sanoatiga o`xshab ketadi. U ham to`rt mintaqada har taraflama rivojlanishga
erishgan. Bular Yevropa, Shimoliy
Amerika, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyohamda MDH davlatlaridir.
Hozirgi vaqtda jahon kimyo mahsulotlarining
23-24% I Yevropada ishlab chiqarilmoqda. Ushbu ko`rsatkich AQSHda 20% ga,
Yaponiyada 15% ga< Fors ko`rfazi mintaqasida 7%ga teng. Unda va ikkinchi
mintaqa hisoblanadigan Shimoliy Amerika (ayniqsa, AQSH)da kimyo sanoatining
deyarli barcha tarmoqlari, birinchi navbatda, neftni qayta ishlash va
neft-kimyo har taraflama rivojlangan. Uchinchi mintaqaning o`zagi Yaponiya va
Xitoy hisoblanadi. Ularda hamm organic sintez kimyosining sintetik tola,
sintetik kauchuk, polimerlar kimyosi tarmoqlari yuqori mavqega ega. Sobiq
Ittifoq davlatlaridan iborat to`rtinchi mintaqada, ayniqsa, tog` kimyosi va
asosiy kimyo tarmoqlarining ahamiyati katta.
O`RMON,
YOG`OCHNI QAYTA ISHLASH VA SELLULOZA-QOG`OZ SANOATI
O`rmon va yog`ochni qayta ishlash sanoatining
hududiy joylashuvi ko`p hollarda jahon o`rmon resurslari geografiyasiga monand
shakllangan. XXI asr boshlarida jahon bo`yicha bir yilda jami 4 mlrd. m kub
yog`och tayyorlanadi. Shuning 2/3 qismiga yaqini Shimoliy o`rmon mintaqasi
hissasiga to`g`ri keladi. Ma`lumki, Shimoliy o`rmon mintaqasida, asosan,
ignabargli daraxtlar o`sib, ulardan yog`och-taxta, selluloza-qog`oz va boshqa
mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ushbu mintaqada joylashgan Kanada, AQSH,
Rossiya, Finlandiya, Shvetsiya davlatlari yog`och va yog`ochsozlik mahsulotlari
ishlab chiqarishda xalqaro ixtisoslashuvga ega. Bu davlatlar yog`och-taxta va
selluloza-qog`oz ma tayyorlash va eksport qilishda ham eng yuqori
ko`rsatkichlarga ega. Bu borada Kanada alohida ajralib turadi. U jon boshiga
yog`och tayyorlashda birinchi o`rinda turadi. Unda 1500 dan ortiq taxta tilish
zavodlari bor. U dunyodagi eng katta selluloza-qog`oz kombinatiga ega. G`arbda
ishlab chiqarilayotgan gazeta qog`ozning 40% i va gazeta qog`ozi eksportining 60% i ham shu davlat hissasiga to`g`ri keladi.
Shu bilan birga, jon boshiga qog`oz ishlab chiqarishda Finlandiya, Shvetsiya va
Kanada davlatidan oldinda turadi. Jahon bo`yicha bu ko`rsatkich o`rtacha 45 kg ni tashkil qiladi.
YENGIL
SANOAT
Yengil sanoat
aholining kundalik iste`mol mahsulotlari ishlab chiqaradigan eng yirik
tarmog`idir. Shu sababli u barcha, shu jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlar
iqtisodiyotining muhim tarmog`i sanaladi. Yengil sanoatda eng yetakchi
tarmoqlar bo`lib to`qimachilik, tikuvchilik va charm-poyabzal tarmoqlari
hisoblanadi.
To`qimachilik sanoati, bir tomondan,
sanoatning eng "eski”, ikkinchi tomondan esa doimo yangilanayotgan va
o`sayotgan tarmoqlaridan hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda jahon to`qimachilik
sanoatining beshta yirik mintaqasi mavjud. Bular Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo,
MDH mamlakatlari, Yevropa va AQShdir. Ularda to`qimachilik mahsulotlarining
asosiy qismini ip-gazlama va kimyoviy tolalardan to`qilayotgan gazlamalar
tashkil qiladi. Muhimi shundaki, bunday gazlamalarning umumiy hajmi doimo
ortiqb bormoqda. Shoyi, jun va zig`ir gazlamalar hissasi esa, aksincha, sekin-asta
kamayib bormoqda.
Umuman, hozirgi vaqtda jahon yengil
sanoatining ko`pchilik tarmoqlari rivojlanayotgan mamlakatlarda jadal
sur`atlarda o`smoqda. Buning natijasida Xitoy, Hindiston, Pokiston, Misr kabi
mamlakatlarda ishlab chiqarilgan gazlamalar, kiyim-kechak, trikotaj
mahsullotlari Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya kabi rivojlangan
davlatlarning ichki bozorida o`z o`rnini topmoqda. Rivojlanayotgan
mamlakatlardagi bunday natijalarni ularda: 1) ishchi kuchining ancha
arzonligi; 2) to`qimachilik sanoati
xomashyolari (tola) ning nisbatan serobligi bilan tushuntirish mumkin. Hozirgi
vaqtda ishlab chiqarilgan ip-gazlamaning 30%i Xitoyga, 8-9%i Hindiston, AQSH,
Yaponiya, Tayvan, Indoneziya, Pokiston, Italiya, Misrga, jun gazlamaning 15%i
Xitoyga, 14%i Italiyaga, katta qismi Yaponiya, AQSH, Hindiston va boshqa
mamlakatlarga to`g`ri keladi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.