loading...

Qirg`iziston Respublikasi 

12488

 Qirg'iziston Respublikasining milliy mustaqilligi 1991-yilning 30-avgustida e’lon qilingan. U tipik baland tog' mamlakatidir. Ishlab chiqarish kuchlarining ixtisoslashuvi va hududiy joylashuvida tog`lar katta rol o'ynaydi.
  Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. Qirg'iziston hududining 90 foizidan ko‘prog‘ini, asosan kenglik yo‘nalishida joylashgan tog‘lar egallaydi. Ular respublika hududining shimolida Tyanshan va Janubi-g'arbida Oloy tog'laridir. Adirlik va tog‘ oraliqlari umumiy inaydonning 10 foizini tashkil qiladi.
  Tabiiy resurslari xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ko'mir zaxiralari mavjud. Shuningdek, surma, simob bilan yaxshi ta`minlangan, istiqbolli polimetall, oltin kabi konlariga ham ega. Gidroenergiya zaxiralariga ancha boy.
  Aholisi. So'nggi bir asr davomida uning aholisi 5 baravarga ko'paydi va 2013-yilda 5,5 mln. kishini tashkil etdi Milliy tarkibiga ko'ra aholining 60 % dan ko'prog'i qirg'izlar, 1/5 qismi ruslar, 10 % dan ko'prog'i o'zbeklar hissasiga to'g'ri keladi.
  Aholisining 70 foizidan ko'prog'i balandligi 1500 m gacha bo'lgan tog'oldi tekisliklari vn vodiylarda joylashgan. Aholining о`rtacha zichligi har 1 kv. km. ga 28 kishidir.
 Xo'jaligi agrar-industrial xarakterga ega. Yetakchi xo'jalik tarmog'i qishloq xo'jaligidir. Dehqonchiligining eng yirik tarmog'i donchilikdir. Jami ekin maydonlarining 1/2 ga yaqinida donli ekinlar ekiladi. Texnik ekinlardan paxta va tamaki (Janubiy Qirg'iziston), qandlavlagi (Shimoliy Qirg'izistonda) ko'proq ekiladi.
  Chorvachiligining asosiy tarmoqlari mayin junli qoramolchilikdir.
  Sanoatining asosini yoqilg'i-eneigetika tarmoqlari tashkil qiladi. Ular, asosan, ko`mir hamda boy gidroenergiya quvvatlaridan foydalanish asosida tashkil topgan. GESlar respublikada ishlab chiqarilayotgan elektroenergiyaning 9/10 qismini bermoqda. Yirik GES lari Norin daryosida qurilgan. Shulardan eng yirigi To'xtag`ul GESining quwati 1,2 mln kVtga teng.
  Mashinasozlik. Ko'plab turli qishloq xo'jalik mashina va uskunalari, elektrotexnika mashinalari va elektr yoritkichlari kabilarni ishlab chiqaradi.
  Transporti. Relyefining tog'lilik xarakteri tufayli Qirg'izistonda temiryo‘l transporti yaxshi rivojlanmagan. Shu sababli respublikada eng yirik tarmoq sifatida avtomobil transporti xizmat qilmoqda. U tog` dovonlari orqali amalda barcha rayonlarni, bir-biri bilan bog'laydi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив