O`zbekistonning geografik o`rni
Geografik
о ‘rin deganda nima tushuniladi?
Muayyan mamlakat, hudud, viloyat, shahar, tuman, mahalla va, hatto,
hovlining o‘ziga xosliklaridan biri ulaming Yer yuzidagi betakror o‘rnidir.
Bular geografik o‘rin deb ataladi. Geografik o‘rin mohiyatan tabiiy geografik o‘rin, iqtisodiy geografik о‘rin va
siyosiy geografik о‘rin tarzida guruhlanadi.
Tabiiy
geografik o‘rin, asosan, okean, dengiz,
daryo, tog‘, cho‘l, o‘rmon, adir singari yirik tabiiy obyektlarga nisbatan
joylashgan o‘miga ko‘ra belgilansa, iqtisodiy
geografik o‘rin jahonning erkin iqtisodiy
mintaqalari, jahon savdo yo‘llari, yirik savdo-sanoat markazlari va tabiiy
boyliklardan foydalanish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Siyosiy geografik o‘rin esa
muayyan davrda alohida davlatning harbiy mojarolar ro‘y berayotgan yoki ro‘y
berishi mumkin bo‘lgan hudud va davlatlarga nisbatan qanchalik aloqadorligiga
ko‘ra baholanadi.
Geografik obyektlar
o‘zaro aloqador bo‘ladi. Ana shu aloqadorlik ko`lamiga muvofiq geografik o‘rin
mikro, mezo, makro miqyosda namoyon bo‘ladi. Endi Vatanimiz O‘zbekistonning
geografik o‘midagi o‘ziga xos jihatlar, uni belgilovchi omillami ко‘rib chiqaylik.
Tabiiy geografik o‘rni. O‘lkamiz ob-havosi yilning talay qismida ochiq va
quruq bo‘ladi. E’tibor qilinsa, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi
«Serquyosh hur o‘lkam...» deya boshlanadi. Tabiiy geografik o‘rin sharofati ila
serquyosh va issiq kunlaming uzoq davom etishi mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi,
transport va maishiy hayotda mehnat va moliyaviy sarf-xarajatlarning
tejalishiga imkon beradi. Bulutsiz osmonimiz astronomik tadqiqotlarda ham qo‘l
keladi. Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bekdek koinot
bilimdonlari bizning yurtdan chiqqani bejiz emas.
Iqtisodiy geografik o‘rni. Har qanday davlatning rivojlanishini tashqi iqtisodiy
aloqalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalar miqyosi esa
xalqaro mehnat taqsimoti, qolaversa, iqtisodiy geografik o‘rin imkoniyatlariga
bog‘liq. Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida yirik xalqaro savdo
yo‘llari muhim omil bo‘lgan.

Iqtisodiy geografik
o‘rin imkoniyatlari davr o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Bunga siyosiy
voqealar, yirik tabiiy boylik zaxiralarining topilishi va ishlab chiqarilishi,
transport vositalarining takomillashuvi kabilar sabab bo`ladi. Buni yurtimiz
iqtisodiy geografik o‘rnida ro‘y bergan o‘zgarishlar misolida ko‘rib chiqamiz.
Ma’lumki, miloddan
avvalgi II asrdan to milodiy XVI asrgacha Sharqni (Hindiston, Xitoy) G‘arb
(Yevropa mamlakatlari) bilan bogTab turgan asosiy savdo yo‘li - «Buyuk Ipak
yo‘li» 0‘rta Osiyo orqali o‘tgan. Natijada 0‘rta Osiyo bozorlarida mol
ayirboshlash avj olib, u hunarmandchilik va dehqonchilikning taraqqiyoti,
shaharlar, fan, madaniyat ravnaqiga jiddiy turtki bo‘lgan. Keyinchalik Sharq
bilan G‘arb o‘rtasidagi savdo yo‘llari quruqlikdan dengiz-okeanlarga
ko‘chgach, O‘rta Osiyo iqtisodiy geografik o‘rnidagi qulaylik barham topgan.
XIX asr oxirlarida 0‘rta Osiyoda temiryo‘l qurildi.
Natijada Samarqand, Toshkent kabi yirik shaharlar temiryo‘l orqali Rossiyaning
markaziy rayonlari bilan bog‘lanib, O‘zbekiston hududining iqtisodiy geografik
o‘rni yana qulaylik kasb eta boshladi. Ammo sho‘ro davrida iqtisodiy geografik
o‘rin qulayliklaridan asosan sobiq Ittifoq manfaatdor edi.
Mustaqillik
tufayli 0‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan erkin aloqa o‘matish
huquqini qo‘lga kiritdi. Tarixan qisqa vaqtda uni azaliy janubiy
qo‘shnilari Afg‘oniston, Pokiston, Eron hamda g‘arbdan Turkiya, sharqdan
Xitoy va boshqa davlatlar bilan bog‘lovchi qumqlik va havo yo‘llari
ochilib, O‘zbekiston iqtisodiy geografik o‘mini yaxshilab oldi. Xorij bilan har tomonlama aloqalar kuchaydi.
Ba’zan qo‘shni davlatlar
hududidagi ayrim imkoniyatlar ham mamlakat iqtisodiy geografik o‘miga ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Masalan, Turkmaniston bilan Eronni bog‘lovchi temiryo‘l
qurilgach, undan O‘zbekiston tashqi aloqalarda foydalana boshladi.
Demak, har qanday
hududning iqtisodiy geografik о‘mini baholashda uning yirik
transport tugunlariga, shu jumladan, dengiz yo‘llariga nisbatan qanday
joylashganligi e’tiborga olinar ekan. Shu jihatdan 0‘zbekistonning iqtisodiy
geografik о‘mi tobora qulaylashib bormoqda.
Iqtisodiy va ijtimoiy
hayotda davlatning siyosiy geografik o‘rni ham muhum omil sanaladi. 0‘zbekiston suverenitetini
jahon hamjamiyati e’tirof etib, u bilan 130 dan ortiq davlat diplomatik
aloqalar o‘matgan, elchixonalar ochgan. 0‘z navbatida ko‘plab davlatlarda
0‘zbekiston elchixonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonning turli
xalqaro tashkilotlarga, xususan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti,
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zoligi, O‘zbekiston bilan chegaradosh,
tarixida umumiylik rishtalari ustuvor bo‘lgan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va
Tojikistonning ham aynan ushbu xalqaro tashkilotlarga a’zo ekanliklari
mamlakatimizning siyosiy geografik o‘mini belgilaydigan ijobiy omillardir.
O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy
tuzilishi, hatto, hudud sarhadlarining
qiyofasi uni boshqarish va yuksaltirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston
Respublikasining hududi 448,9 ming kv.km. Poytaxti - Toshkent shahri. O‘zbekiston
Respublikasi hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax,
Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo,
Surxondaryo, Toshkent,
Farg‘ona, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlariga ajratilgan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.