O`zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari
O‘zbekiston yerusti tuzilishi betakrordir. Shunga
monand tabiati ham, boyliklari ham xilma-xil. Qulay tabiiy
sharoit ishlab chiqarish samaradorligining muhim tabiiy
omilidir.
Tabiiy sharoit, ayniqsa,
qishloq xo
jaligi, foydali qazilmalar qazib chiqarish va transport harakatida yaqqol bilinadi. Tog‘ relyefi, sho‘rxoklar, cho‘llar,
taqirlar, jarliklar hududni xo‘jalik jihatdan o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi.
Qurg‘oqchil yillarda daryo suvlari kamayib, ekinlami suv bilan ta’minlash og‘ir
kechadi. Lekin fan-texnika taraqqiyoti tufayli ishlab chiqarishning tabiiy
sharoitga bog‘liqligi yengib kelinmoqda. Ayni vaqtda insonning tabiatga ta’siri
kuchayib, salbiy oqibatlarga ham olib kelmoqda.
Tabiiy boyliklar tabiiy sharoitdan farq qilib, ishlab chiqarishga
bevosita aloqador, ya’ni uning xomashyo va energetika bazasini tashkil etadi.
Eng muhim tabiiy
boyliklardan biri — bu yerosti boyliklari (mineral va
yoqilg‘ilar). Ulardan sanoatda, maishiy ehtiyojlarda keng miqyosda
foydalaniladi.
O‘zbekiston katta yerosti boyliklariga ega bo‘lgan
mamlakatdir. Ammo mamlakat iqtisodiyotining xomashyoga va yoqilg‘iga bo‘lgan
ehtiyoji to‘xtovsiz ortib bormoqda. Hozirda tabiiy boyliklaming yarmiga
yaqinidan foydalanilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, tabiiy boyliklar zaxirasidan
tejab foydalanishimiz zarur. Chunki yerosti boyliklari tugaydigan va
tiklanmaydigan boylikdir.
Tiklanmaydigan boyliklardan oqilona
foydalanishning asosiy shartlari:
- konlardan qazilmalami to‘liq qazib olish;
- atrof-muhitning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- barcha qimmatli moddalardan majmuali-mukammal foydalanish;
- geologik qidiruv ishlarini tadrijiy davom ettirish;
- mahsulot birligiga sarf bo‘ladigan xomashyo va yoqilg‘ini tejaydigan texnika va texnologiyani qo‘llash.
Tiklanmaydigan
boyliklardan oqilona foydalanish kerak. Toki kelajak avlod ham bu boyliklardan
bahramand bo‘lsin.
Eng muhim tabiiy
boyliklardan yana biri — suv. Qishloq
xo‘jaligida ko‘p miqdorda suv sarflanadi. Sanoat korxonalari uchun ham ko‘p suv
talab qilinadi. Korxonalar eng katta shaharlar aholisi iste’mol qiladigan
suvdan ko‘proq suvni «ichib» qo‘ymoqda. Suv — tiklanadigan tabiiy boylikdir.
Qishloq xo‘jaligida
foydalaniladigan unumdor
tuproq (yer), aholi ehtiyoji uchun
zarur o‘simlik va hayvonot dunyosi
(baliq, yovvoyi hayvonlar), inson hayoti uchun zarur bo‘lgan havo ham tugaydigan va tiklanadigan tabiiy boylikka
mansubdir. Toshkent,
Farg‘ona, Navoiy kabi shaharlar, ayrim sanoat rayonlari hududida havo
tarkibidagi kislorod aholi ehtiyojini qondira olmayapti. Holbuki, kislorod
manbayi boigan o‘simliklar o‘nlab yillarda tiklanadi. Unumdor tuproq esa undan
ham sekin tiklanadi.
O‘lkamiz hududi qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish uchun qulay iqlim sharoitiga ega. Bu agroiqlim boyligi tugamaydigan tabiiy boylikdir.
Mamlakatimiz hududi
bitmas-tuganmas quyosh
energiyasi boyligiga ega. Quyosh energiyasi
tugamaydigan tabiiy boylikdir. Quyoshdan kelayotgan issiqlikni elektr
energiyaga aylantirish istiqbollari juda kattadir.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.