O`zbekistonning tarmoqlararo majmualari
Mustaqillikkacha
yurtimiz, asosan, paxtachilik va qorako‘lchilikkagina ixtisoslashgan bo‘lsa,
endilikda O‘zbekiston iqtisodiyoti yuzlab ixtisoslashgan tarmoqlarga ega.
Sanoat — milliy iqtisodiyotning moddiy ne’matlar ishlab
chiqaruvchi muhim tarmog‘idir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida texnika
taraqqiyoti sanoatga bog‘liq. Sanoatning rivojlanishi bilan yangi aholi
punktlari, transport yo‘llari vujudga keladi.
Qishloq xo‘jaligi, qurilish, savdo-sotiqning taraqqiyot darajasi o‘sadi,
sanoatning rivojlanishi bilan tabiatdan foydalanish ham jiddiy o‘zgaradi.
Iqtisodiyotning boshqa
tarmoqlari singari sanoat ham turli joylardagi korxona (zavod, kon, elektr
stansiya kabi)lardan iborat. Sanoat korxonalarining aksariyat qismi davlat
mulki bo‘lib keldi va bugungi kunda ular xususiylashtirilmoqda.
Xususiylashgan sanoat korxonalari bozor munosabatlariga xos talab va taklif
asosida ishlaydi. Bu jarayon sanoatning rivojlanish dinamikasiga ham ma’lum
darajada ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda 0‘zbekiston sanoatida gaz qazib
chiqarish, rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallga ishlov berish, yengil
va oziq-ovqat sanoatlari yetakchilik qilmoqda.
Korxonalar har xil
kattalikda bo‘ladi. Masalan, aksariyat tikuvchilik korxonalari birgina binoga
joylashsa, neftni qayta ishlash va metallurgiya kombinatlari kabi korxonalar
o‘rtacha kattalikdagi shahar maydoniga teng hududni egallaydi.
Texnika taraqqiyoti davrida mehnat unumdorligini
oshirishda ishlab chiqa- rishni markazlashtirishdan foydalanildi.
Ishlab chiqarishning markazlashuvi — ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‘planishi.
Biroq o‘tgan asming
o‘rtalarida vujudga kelgan ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakli
endilikda ijtimoiy va ekologik muammolaming kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumki, mamlakatimiz aholisining qariyb yarmi qishloqlarda yashaydi.
Qishloq aholisini ish bilan ta’minlash uchun ixtisoslashgan korxonalami ko‘proq
qishloq joylarda barpo qilgan ma’qul. Shu bois, ulkan kombinatlardan ko‘ra tor
ixtisosdagi o‘rtacha hamda kichik korxonalar barpo etishga asosiy e’tibor
qaratilmoqda. Buning natijasida ixtisoslashuv, ya’ni
ishlab chiqarishning asosan bir xil mahsulot chiqaradigan tashkiliy shakli
vujudga keladi. Ixtisoslashgan korxonalarda ishchilarning mehnat malakalaridan
yaxshiroq foydalaniladi, mahsulot birligiga qilinadigan sarf kam bo‘ladi va
pirovard natijada mehnat unumdorligiga erishiladi. Bunday ixtisoslashgan
korxona o‘ziga xomashyo, detallar, mashina qismlari va boshqalami yetkazib
beradigan boshqa korxonalar bilan kooperativlashuv aloqalarini
o‘matadi.
Kooperativlashuv (hamkorlik) — tayyor mahsulot tayyorlashda bir qancha korxona
qatnashadigan ishlab chiqarish shakli.
Ixtisoslashuv va
kooperativlashuv ijtimoiy mehnat unumdorligini oshiradi. Fan-texnika
kashfiyotlarini ishlab chiqarishga peshma-pesh tatbiq qilish uchun ilmiy ishlab
chiqarish birlashmalari tashkil qilinadi. Bunda mashinalar va materiallarning
yangi turlarini yaratuvchi ilmiy tadqiqot institutlari bilan
ularni ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘zaro birlashadi. Shu bilan birga turli
tarmoqlar o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalarining kuchayishi ro‘y beradi.
Ishlab chiqarish jarayoni o‘zaro bog‘langan tarmoqlar- dan tarmoqlararo
majmualar tarkib topadi.
Majmua — ishlab chiqarishni tashkil etishning iqtisodiy samarador- likka
qaratilgan muhim shakli.
Majmuada qaysi tarmoq muhim, yetakchi bo‘lsa,
tarmoqlararo majmua shu nomda ataladi. Hozirda 0‘zbekiston milliy
iqtisodiyotida bir necha tarmoqlararo majmualar shakllangan. Keyingi
mavzularda ulami birma-bir ko‘rib chiqamiz.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.