loading...

H - harfiga oid izohli lug`atlar 

9890

Himolay - dunyodagi eng baland tog' tizmalaridan biri. Sanskritcha xima-«mangu qor», alayya-«makon», «uy», ya'ni «mangu qorlar makoni» degani. Tog' tepasi doimiy qor va muzliklar bilan qoplanib yotishidan shunday atalgan.

Hind - Xitoy, Hindiston va Pokiston hududidan oqib o'tuvchi daryo. Qadimgi  hind tilidagi sindxu so'zidan olingan bo'lib, «daryo» degan manoni bildiradi.
 
Hindiston - Janubiy Osiyodagi yarim orol va davlat. Sharq manbalarida Hind deb tilgan olinadi. Bu nom sindhu-«daryo» so'zidan kelib chiqqan, chunki Hind daryosi Sindhu deb atalgan. Mahalliy xalq tilida s tovushi h tovushi bilan yaqinligi sababli sindhu so'zi hinduga aylangan. Keyinchalik bu yerning aholisi hindular deb ataladigan bo'ldi. Hindular o'z mamlakatini Bxarat (qadimgi qabilalar nomi) deb atashadi.

Hindixitoy - Janubi-Sharqiy Osiyodagi yarim orol. Hindiston va Xitoy oralig'ida joylashganligi uchun yevropaliklar yarim orolni shunday atashgan.

Hindukush - Osiyodagi tog'lar. Rivoyatlarga ko'ra, bu tog'larda hindular ko'p halok bo'lgan, chunki sovuqqa o'rganmagan hind savdogarlari tog'dan oshib o'tayotganlarida sovuqqa bardosh bera olmagan. Shu boisdan u «hindular qirilgan tog'» deb atalgan. Kush-tojikcha kushidan-«so'ymoq», «qirmoq» so'zidan olingan. Shuning uchun tog' nomini Hindiqush deb atalaffuz qilish noto'g'ri.
Arab sayyohi Ibn Battuta ham bu tog' «hindular qotili»dir, chunki Hindistondan keltirilayotgan juda ko'p qullar, qattiq sovuq va qalin qor dastidan bu tog'larda halok bo'lganlar, deb yozgan.
Hindukush aslida Hindukash bo'lib, kash-«suv ayirg'ich» degan ma'noda, deb hisoblaydiganlar ham bor.

Hisor tog'lari - O'rta Osiyodagi tog' tizmasi. Dushanba yaqinidagi Hisor shahri nomidan olingan. Hisor so'zi nomlar tarkibida ko'p uchraydi va «qal'a», «qo'rg'on» ma'nolarini bildiradi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив