Angola
Rasmiy nomi — Angola Respublikasi. Poytaxti — Luanda. Hududi — 1246700 km.kv. Aholisi – 12,5 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — Portugal. Dini — katoliklar (65%), protestantlar (20%), majusiylar (10%). Pul birligi — kvanza.
Geografik joylashuvi va tabiati. Afrikaning janubi g‘arbidagi davlat. Janubda — Namibiya (chegara uzunligi — 1376 km), sharqda — Kongo Demokratik Respublikasi (2511 km) va Zambiya (1110 km), shimolda — Kongo (201 km) bilan chegaradosh. Angola g’arbda Atlantika okeani bilan tutashgan. Mamlakatning asosiy qismini balandligi dengiz sathidan 1000-1500 m bo‘lgan Angola yassitog‘ligi egallagan. Eng yuqori nuqtasi — Moko tog‘i (2620 m). Angolaning Kongo, Zambezi, Kasai va boshqa daryolari tog‘lardan boshlanadi. Angola neft, olmos, temir rudasi, fosfat, mis, oltin, uranga boy. Iqlimi — ekvatorial-mussonli va tropik passatli. Mamlakat janubiga xos bo‘lgan cho‘l o‘simliklari, shimolda savannalar va quyuq tropik o‘rmonlar bilan tugaydi. Angolada Afrika qit’asida uchraydigan barcha yirik hayvonlar yashaydi: fxl, jirafa, karkidon, zebra, antilopa, sher, gippopotam va h.k.
Davlat tuziliski, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Ma’muriy-hududiy jihatdan 18 ta viloyatga bo‘lingan. Mustaqilligini Portugaliyadan 1975-yil 11-noyabrda olgan. Qonunchiligi fuqarolik huquqning portugal tizimi va mahalliy urf-odatlarga asoslangan. Milliy bayrami — Mustaqillik kuni 11-noyabrda nishonlanadi. Bir palatali parlamenti — Milliy Assambleya. Angolada 30 dan ortiq partiyalar qayd qilingan.
Iqtisodi, transport kommunikdtsiyalari. Aholining asosiy qismi qishloq xo’jaligida band. Sanoatning muhim sohasi neft qazib olish bo’lib, YMMning 60% ini tashkil qiladi. Neft, suyultirilgan gaz, olmos, qahva, baliq — davlat budjeti kirimining asosiy eksport mahsulotlari hisoblanadi. Asosiy savdo hamkorlari — AQSH, MDH davlatlari, Kuba, Portugaliya, Braziliya. Qishloq xo’jaligi mahsulotlaridan qahva, bug‘doy, paxta, shakarqamish, manioka, tamaki eksportga chiqariladi. Temiryo’llari uzunligi — 3189 km, avtomobil yo‘llari — 73828 km. Asosiy portlari — Luanda, Ngenza-Kabolo, Lobitu, Kabinda.
Tarixi. Angola portugaliyaliklar tomonidan 1482-yil kashf etilgan. XIX asrdan boshlab Portugaliya mamlakat ichkarisini egallashga kirishadi. Zambezi va Kongo oralig‘ini o’rganib chiqqan portugaliyalik sayohatchi Serpa Pintu 1889-yili Mozambik gubernatori lavozimiga tayinlangandan keyin Angolani Mozambikka qo‘shib olishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. XX asr boshlarida Angola Portugaliyaning mustamlakasi, 1951-yildan — dengizorti hududi, 1955-yildan — Portugaliya viloyati. 1961-yilda boshlangan milliy-ozodlik kurashi 1975-yil mustaqil Angola Xalq Respublikasi tuzilishi bilan yakunlandi. Sobiq SSSR qo`llagan Angola ozodligi uchun Xalq harakati va AQSH qo‘llab turgan UNITA tashkiloti o‘rtasidagi qarama-qarshilik fuqarolar urushiga olib keldi. Bu urushda Janubiy Afrika va Kuba ham ishtirok etgan. 1991-yili tinchlik shartnomasi imzolangan, ammo prezident saylovlarida Dush Santush g‘alaba qozonishi yana fuqarolar urushi boshlanishiga sabab bo’lgan. 1992-yildan mamlakatning rasmiy nomi — Angola Respublikasi. 2002-yili rasmiy hukumat va Angolaning to‘liq mustaqilligi uchun Milliy ittifoq (UNITA) rahbarlari harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.