loading...

Mayotta oroli 

3948

  Rasmiy nomi — Mayotta dengizorti hududi. Poytaxti - Mamotsu. Hududi - 374 km.kv. Aholisi - 200 mingdan ortiq kishi (2012). Tili - fransuz. Dini - islom (97%). Pul birligi — fransuz franki.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Afrikadagi Madagaskar va Mozambik o‘rtasidagi Mozambik bo‘g‘ozida joylashgan. Mayotta-Komor arxipelagidagi to‘rt oroldan eng janubda joylashgan orol. Mayotta 2 ta asosiy orol va taxminan 30 ta mayda orollardan iborat. Orollar yuzasining asosiy qismi chuqur daralar va vulqonli tog‘ cho‘qqilaridan iborat. Eng yuqori nuqtasi-Bexari (660 m). Iqlimi -tropik dengiz iqlimi.
  Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Mayotta Fransiyaning dengizorti hududi hisoblanadi. Davlat boshlig‘i - Fransiya prezidenti. Hukumat boshlig‘i -Yuqori Kengash prezidenti (kengash a’zolari 6 yil muddatga saylanadi).
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mayotta iqtisodida asosan qishloq xo‘jaligi muhim o‘rin tutadi. Davlat o‘z-o‘zini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘la ta’minlay olmaydi. Mayotta Fransiyaning moliyaviy yordamiga tayanadi. Chetga vanil, dolchin, kokos yong‘og‘ining mag‘zini eksport qiladi. Chetdan kimyo sanoati mahsulotlari, mashina va jihozlar keltiriladi. Asosiy savdo hamkorlari-Fransiya, Komor orollari, Afrika va Janubiy Osiyo mamlakatlari.
  Tarixi. 1841-yilda Mayotta sultoni orolni Fransiyaga boy berdi va shu paytdan boshlab Mayotta Fransuz imperiyasi tarkibiga kiritildi. 1946-yilda Komor orollari dengizorti hududi maqomini oldi. 1974-yilda o‘tkazilgan referendumda arxipelagning 3 ta oroli mustaqillik uchun ovoz berdilar, ammo Mayotta Fransiya tarkibida qolishga qaror qildi. 1998-yildan boshlab Mayottada uning maqomini o‘zgartirish harakati (departament maqomini olish) davom etmoqda.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.