Marokash
Rasmiy nomi — Marokash Qirolligi. Poytaxti — Rabot. Hududi — 446550 km.kv. Aholisi – 34,3 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — arab. Dini — islorn (98,7%). Pul birligi — Marokash dirhami.
Geografik joylashuvi va tabiati. Shimoli-g‘arbiy Afrikada joylashgan davlat. Janubi-sharada va sharqda Jazoir bilan (chegara uzunligi — 1559 km), janubda G‘arbiy Sahroyi Kabir bilan (443 km) chegaradosh. Mamlakat g‘arbda Atlantika okeani bilan, shimolda 0‘rtayer dengizi bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi — 2002 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi esa 1835 km. Qirg‘oqbo‘yi tekisliklarining eni 1600 km gacha boradi. Janubi-g‘arbdan janubi-sharqqa qarab butun mamlakat orqali tog` tizmasi cho‘zilib ketgan bo‘lib, ularga Ar-Rif, O‘rta Atlas, mamlakatning eng yuqori tog‘i Tubkal (4165 m) joylashgan Yuqori Atlas va Antiatlas kiradi. Janubida va janubi-sharqida qumli va toshli cho‘l — Sahroi Kabir joylashgan. Daryolari — Muluya va Sebu davriy ravishda kuchli yomg‘irlar natijasida to‘lib oqadi. Asosiy tabiiy resurslari: fosforitlar, temir rudasi, qalay, rux, kobalt, mis, ko‘mir, neft, marganets, baliq, tuz. Shudgor qilinadigan yerlar umumiy yerlarning 18% ini, o‘tloq va yaylovlar esa 28% ini tashkil qiladi. Iqlimi — subtropik.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya. Mamlakat uchta provinsiya (viloyat)ga bo‘lingan. Ular o‘z navbatida perfektura, okrug va kommunalarga bo‘linadi. Marokash 1956-yili 2-martda (ilgari Fransiya mustamlakasi bo‘lgan) mustaqillikka erishgan. Qonunchilik islom huquqiga, fransuz va ispan fuqarolik qonunlariga asoslangan. Davlat boshlig‘i — qirol — Hasan II 1961- yil 3-martdan buyon hokimiyatni egallab turibdi (bu kun Marokashning milliy bayram kuni hisoblanadi). Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — Vakillar palatasi tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Mustaqillar milliy birlashmasi, Milliy-demokratik partiya, Konstitutsion ittifoq, Xalq harakati, Milliy Xalq harakati, Istiqlol, Xalq kuchlari- ning sotsialistik harakati, Xalq kuchlarining milliy ittifoqi, Xalq-demokratik harakati tashkiloti.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat iqtisodiyoti 90-yillarning boshida YI mamlakatlariga to‘qimachilik mahsulotlarini sotishning yangilanishi, chetdan keltirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga narxlaming tushirilishi natijasida barqarorlasha boshladi. Sanoatning nisbatan taraqqiy etgan sohalari: fosforitlami qazib olish va qayta ishlash (fosforitlami ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi), oziq-ovqat, to‘qimachilik, teriga ishlov berish. Turizm ham faol rivojlanmoqda. Marokash oldida chet mamlakatlardan olingan katta miqdordagi tashqi qarzlaridan tashqari, yuqori darajada ishsizlik, mamlakatning tashqi iqtisodiy faktorlarga qaramligi kabi muhim muammolar turibdi. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, Hindiston, Saudiya Arabistoni. Asosiy portlari: Kasablanka, Tanjer.
Tarixi. М. a. XII asrdayoq hozirgi Marokash hududida dastlabki Finikiya koloniyalari paydo bo’lgan edi. М. a. V asrda mamlakatning sohilbo‘yi qismlari Karfagen ta’siriga tushib qoldi. М. a. I asrdan V asrgacha Marokash hududi Qadimgi Rim hukmronligi ostida bo‘ldi. 429-yili mamlakat vandallar tomonidan bosib olindi, VI asrdan esa Vizantiya imperiyasining bir qismiga aylandi. Arablar Marokash hududiga VII asrda kirib kelishdi, 868-yili esa arablarning idrisiylar sulolasi mahalliy barbar qabilalarini o‘z hukmronligi ostiga birlashtirishdi. XI-XV asrlarda hokimiyatni barbarlarning almoraviylar sulolalari egallab turishdi. XV-XVI asrlarda Marokashning bir qismi Portugaliya va Ispaniya tomonidan bosib olindi. Saodatiylar sulolasi yevropaliklarga qarshi sulolaning yorqin vakillaridan biri Ahmad al-Mansur podsholigi davri (1578-1603)da ayniqsa, muvaffaqiyatli kurash olib borishdi. XVII asrda hokimiyatga alaudiylar sulolasi kelgan bo‘lib, hozirgi kungacha taxtni egallab turishibdi. Alaudiylar sulolasining taniqli vakillaridan biri Ismoil mamlakatni birlashtirishga, mamlakat ichkarisidagi fitnalarga barham berishga va turklar hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. XIX asrda Marokash hududini egallab olish uchun Ispaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya davlatlari raqobat qilishdi, 1912-yili esa mamlakatning katta qismi Fransiya protektoratiga aylandi, ozgina hudud Ispaniya boshqaruvi ostiga o‘tdi. XX asrning 20-yillarida mamlakatda boshlangan Ikkinchi Jahon urushi yillarida kuchaygan milliy ozodlik harakatlari 1956-yil 3-martda Marokashning mustaqil bo‘lishiga olib keldi. Marokashning Ispaniyaga tegishli qismi 1956-yil 7-aprelda mustaqillik oldi, biroq ispanlar qirg‘oq bo‘yidagi bir nechta shaharlar ustidan o‘z nazoratini saqlab qoldi. Mustaqillikka erishganidan so‘ng, Marokashda turli ichki qarama-qarshiliklar va davlat to‘ntarishiga urinishlar bo‘ldi. 1975-yili Marokash G‘arbiy Saxarani bosib oldi. Biroq hozirgi kunga qadar Marokash qo‘shinlari G‘arbiy Saxaradagi Polisario Fronti qo‘zg‘olonchilariga qarshi to‘xtovsiz kurash olib bormoqda.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.