loading...

Syerra-Leone 

4012

  Rasmiy nomi — Syerra-Leone Respublikasi. Poytaxti — Fritaun. Hududi — 71740 km.kv. Aholisi – 6,3 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili itigliz. Dini — majusiylik (52%), islom (40%), xristianlik (8%). Pul birligi — leone.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Afrika qit’asining g’arbiy qismida joylashgan davlat. Shimolda va sharqda Gvineya (chegara uzunligi 652 km), janubi sharqda Liberiya (306 km) bilan chegaradosh. G‘arbda va janubi g‘arbda mamlakat Atlantika okeani bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi — 958 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi esa — 402 km. Mamlakat hududining katta qismi Leon-Liberiya tepaligida joylashgan. G‘arbida va janubida qirg‘oqbo‘yi mangro botqoqliklari bor. Tabiiy resurslaridan nisbatan muhimlari — olmos, boksitlar, titan rudasi, temir rudasi, oltin. Ishlov beriladigan yerlar umumiy hudu­dining 25% ini, o‘tloq va yaylovlar 31% ini, o‘rmon va to’qayzorlar 29% ini egallaydi. Iqlimi — ekvatorial nam. Syerra-Leone hududlarining taxminan yarmini savannalar, sharqida tog‘lar va janubida ekvatorial o‘rmonlari bor. O‘rmonlarda juda ko‘p maymunlar (shimpanze, babuinlar, makakalar), qoplon, giyena, antilopa, zebralar bor, kichik begemotlar saqlanib qolgan. Shuningdek, noyob dengiz hayvoni — lamantin ham uchraydi.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzumi — harbiy tartib. Mamlakat tarkibida — G‘arbiy viloyat va 3 ta provinsiya (sharqiy, shimoliy, janubiy) bor. Syerra-Leone 1961-yil 27-aprelda mustaqillikka erishgan (ilgari Buyuk Britaniyaning protektorati bo’lgan). Bu kun Milliy bayram (Respublika kuni) sifatida nishonlanadi. Qonunchilik ingliz huquqshunosligiga va mahalliy qabilalar qonunlariga asoslangan. Butun hokimiyat Muvaqqat Milliy Boshqaruv Kengashiga tegishli. Mamlakat parlamenti (Deputatlar palatasi) 1992-yil 29-aprelda sodir bo’lgan davlat to‘ntarishidan so‘ng tarqatib yuborilgan. Siyosiy partiyalar: Syerra-Leone xalq partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Milliy birlik partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi ilg‘or tarmoq hisoblanadi (YIMning 1/3 qismini tashkil qiladi). Asosiy eksport qiladigan mahsulotlari — qahva va какао. YIMning 10%ini tashkil qiladigan sanoat (olmos, boksit­lar, rutil) va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan cheklangan. Asosiy savdo hamkorlari — AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Nigeriya. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi — 7400 km (shundan 1150 km. tosh yotqizilgan yo’llar), ichki suv yo‘llari — 800 km. Asosiy portlari — Bonte, Pepel, Fritaun.
  Tarixi. 1460-yili portugallar tomonidan ochilgan hozirgi Syerra-Leone hududlari uzoq vaqt davomida G‘arbiy Afrikaning qul savdosi markazlaridan biri bo’lib keldi. 1787-yili Amerikada ozodlikka erishgan sobiq qullar Syerra-Leone qirg‘oqlarida inglizlar yordamida o‘z turar joylariga asos soldilar. 1808-yili Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylantirilgan bu mamlakat 1961-yili Britan hamdo‘stligi doirasida muxtoriyatga erishdi. 1971-yilgi davlat to’ntarishi natijasida Syerra-Leone mustaqil davlat deb e’lon qilindi.
  1992-yili navbatdagi davlat to‘ntarishi o‘tkazildi va hokimiyatga harbiylar kelishdi. Ular parlamentni tarqatib yuborishdi va siyosiy partiyalar faoliyatini taqiqlab qo’yishdi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.