loading...

Togo 

5562

  Rasmiy nomi — Togolez Respublikasi. Poytaxti — Lome. Hududi – 56,8 ming km.kv. Aholisi – 5,8 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — fransuz. Dini —mahalliy dinlar (50%), xristianlik (35%), islom (15%). Pul birligi — Afrika franki.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Afrikaning g’arbida joylashgan davlat. G’arbda Gana (chegaraning uzunligi — 877 km), sharqda Benin (644 km), shimolda Burkina-Faso (126 km) bilan chegaradosh. Janubda mamlakat sohillari Gvineya ko’rfazining suvlari bilan yuviladi. Chegaraning umumiy uzunligi — 1647 km. Sohilining uzunligi — 56 km. Sohilbo’ylari pasttekslikdan iborat. Mamlakat shimolida kichik tepaliklari mavjud savannalar joylashgan. Markaziy qism qir-adirlardan iborat. Janubda balandligi 986 metrgacha bo’lgan yassitog’liklar joylashgan. Asosiy daryo — Mono. Tabiiy boyliklari: fosforitlar, marmar. Haydaladigan yerlar hududning 25% ini, qolgan hududlarini o’rmon va to’qaylar tashkil etadi. Iqlimi — subekvatorial. Mamlakatning janubiy qismida kokos palmalari bilan baobablar o’sadi. Markaziy va shimoliy qismlarda savanna o’simliklari o’sadi. Hayvonot olami qoplon, fil, begemot, arslon, antilopa, timsoh va maymunlardan iborat.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Togo 1960-yilning 27-aprelda mustaqillikka erishadi (avval Fransiya mustamlakasi). Milliy bayrami — 27-aprel (Mustaqillik kuni). Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig’i) va Vazirlar Kengashini boshqaradigan Bosh vazirga tegishli. Mamlakatda ro’yxatdan o’tgan 40 dan oshiq siyosiy partiyalardan eng yiriklari — Adolat va demokratiya uchun ittifoq, Demokratik oppozitsiya jamoasi (KOD-2), Yangilanish uchun faoliyat qo’mitasi (KAR), Togolez xalqi birlashmasi (RPT).
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodning asosiy sektori — qishloq xo’jaligi (YIM — 35%). Qishloq xo’jaligida mehnatga layoqatli aholining 78% i band. Eksport umumiy hajmining taxminan uchdan bir qismi какао, qahva, paxtaga to’g’ri keladi. Sanoatning asosiy tarmog’i — fosforitlarni qazib olish (eksportning 40%i). Asosiy savdo hamkorlari: YI, Afrika davlatlari, AQSH, Yaponiya. Temiryo’llarining umumiy uzunligi — 515 km, avtomobil yo’llari — 662 km. Porti — Lome.
  Tarixi. Hozirgi Togoning sohilbo’yi hududlari portugallar tomonidan XVI asrda kashf etiladi. XVIII asrda bu hudud G’arbiy Afrika qui savdosining asosiy savdo markazlaridan biriga aylanadi. 1884-yilda Togo Germaniyaning protektorati deb e’lon qilinadi. Birinchi jahon urushi davrida Togo britan va fransuz qo’shinlari tomonidan egallanadi. 1919-yildan Buyuk Britaniya va Fransiyaning hamkorligidagi boshqaruvi ostida qoladi. 1956-yilda Togoning Britaniya qismi Oltin Qirg’oq (hozirgi Gana) tarkibiga kiradi, Fransiya Togosi esa muxtoriyatga erishadi. 1960-yilda Fransiya Togosi o’z mustaqilligini e’lon qildi. Togo Respublikasida 1960-yildan keyin bir necha bor harbiy davlat to’ntarishlari bo’lib o’tdi. 1991-yildan beri mamlakatda fuqarolik hukumati o’rnatilgan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.