loading...

Efiopiya 

7145

  Rasmiy nomi — Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi. Poytaxti — Addis-Abeba. Hududi – 1104,3 ming km.kv. Aholisi – 82,1 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — amxar. Ditii — pravoslav (45%), islom (35%), majusiylik (12%). Pul birligi — bir.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Afrikaning sharqidagi davlat. Sharqda va janubi sharqda Somali (chegara uzunligi — 1626 km), g‘arbda va shimoli g‘arbda Sudan (1606 km), shimoli sharqda Eritreya (912 km) va Jibuti (337 km), janubi g‘arbda Keniya (830 km) bi­lan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi — 5311 km. Mamlakat hududining katta qismini Efiop togligi (eng baland nuqtasi Ras-Dashen tog‘i — 4623 m) egallaydi. Efiopiya oz miqdordagi oltin, platina, mis zaxiralariga ega. Mamlakat hududining 12%ini haydaladigan yerlar, 41 %ini o‘tloq va yaylovlar, 24%ini o‘rmon va butazorlar tashkil etadi. Iqlimi — subekvatorial. O‘simlik dunyosi turli bo‘lib, tropik va cho’l o‘simliklaridan alp o‘simliklarigacha o‘sadi. Hayvonot dunyosini arslon, qoplon, fll, gippopotam, jirafa, karkidon, antilopa, silovsin, maymun, turli qushlar va hasharotlar tashkil etadi.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat 9 ta milliy-ma’muriy shtatlarga va poytaxt hududiga bo‘lingan. Hozirgi Efiopiya hududi m. a. I ming yillikdayoq Sava podsholigi boigan. 1889-yilda Efiopiya Italiyaning prorektoratiga aylangan. 1895-yilda mustaqillikka erishgan. Milliy bayramlari: 2-mart Adua yaqinidagi g‘alaba kuni (1896) va 6-aprel — G‘alaba kuni (1941). Ijro etuvchi hokimiyat Muvaqqat hukumatga, qonun chiqaruvchi hokimiyat — Muvaqqat hukumat va Vakillar Kengashiga tegishli. Davlat boshlig‘i — prezident. Mamlakatda 100 dan ortiq turli siyosiy partiyalar ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan eng yirigi — Efiopiya xalqlari inqilobiy-demokratik fronti.
   Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodi qishloq xo‘jaligiga (YIMning  45% i, eksportning 90% ini) asoslangan Efiopiya Afrikaning qashshoq mamlakatlari qatoriga kiradi. Asosiy eksport mahsuloti — qahva (eksport tushumlarining 60% ini). Ishlab chiqarish asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda oltin qazib chiqarish bilan bog`liq. Asosiy savdo sheriklari: Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Saudiya Arabistoni. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 988 km, avtomobil yo‘llari — 44300 km (3650 km asfaltlangan).
  Tarixi. Rivoyatlarga ko‘ra, qadimda hozirgi Efiopiya hududi Sava podsholigining bir qismi hisoblangan. II asrning oxirlarida shakllangan Aksum podsholigi VI-VII asrlarda zaiflashadi. Musulmon sulolasi Zagve (X-XIII asrlar) hukmdorligidan so‘ng, hokimiyatga 1270-yilda xristian (kont) sulaymoniylar sulolasi keladi. Islom ta’siriga qarshi turish maqsadida Efiopiya hukmdorlari XVI-XVII asrlarda Yevropa davlatlaridan yordam so‘rashadi. XIX asrning oxirida, Suvaysh kanali ochilgandan so‘ng Efiopiya o‘ziga Italiya, Fransiya, Angliya kabi davlatlarning e’tiborini jalb qila boshlaydi. 1889-yilda Italiya va Efiopiya o‘rtasida imzolangan shartnomani ikki tomon o‘zicha tushunadi. Efiopiyani o‘z prorektorati sifatida ko‘rishni xohlagan Italiya, mamlakatga o‘zining harbiy ekspeditsiyasini jo‘natadi. Ammo bu ekspeditsiya 1896-yilda mag‘lubiyatga uchraydi. 1935-yilda Mussolini Somalida yashayotgan italiyaliklarning manfaatini himoya qilish bahonasida Efiopiyaga o‘z qo‘shinlarini kiritadi. Natijada Efiopiya va Somali bilan birlashib, Italiyaning Sharqiy Afrika mustamlakasini hosil qiladi. 1941-yilda britaniyaliklar Efiopiyani ozod qilishadi. Eritreyada milliy kayfiyatlarning ko‘tarilishi, Somali bilan harbiy to‘qnashuvlar, ocharchilik va qurg‘oqchilik mamlakatda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozni keltirib chiqaradi. 1974-yilda harbiy to‘ntarish orqali imperator Selassiye taxtdan ag’dariladi. 1975-yilda Efiopiya respublika deb e’lon qilinadi. 1977-yilda navbatdagi harbiy to‘ntarish oqibatida hokimiyatga Mengistu keladi. Sovet tuzumi tarafdori bo‘lgan bu hokimiyat 1991-yilning 28-mayigacha hukmronlik qiladi. 1993-yilda Eritreya mustaqil davlat sifatida Efiopiyadan ajrab chiqadi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.