loading...

Palau 

4508

  Rasmiy nomi — Palau Respublikasi. Poytaxti — Koror. Hududi — 508 km.kv. Aholisi — 20755 kishi (2007). Davlat tili — ingliz, (bundan tash­qari mahalliy tillardan — chamorro, belau, karolina). Dini — xristian (katoliklar — 40%, protestantlar — 20%). Pul birligi — AQSH dollari.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Karolin orollari guruhidagi Palau arxipelagida joylashgan Okeaniya davlati. Mamlakat hududi o‘z ichiga 200 ga yaqin orolni qamrab oladi, ular orasida marjon va vulqonlar natijasida vujudga kelgan tog‘li orollar ham mavjud. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 1519 km. Orollarda fosforitlar, oltin kabi qazilma boyliklar bilan bir qatorda yog‘och va dengiz mahsulotlari kabi tabiiy resurslar ham mavjud.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezidentlik respublikasi. Mamlakat tarkibiga 16 ta shtat kiradi. Mamlakat mustaqillikni 1994-yil 1-oktabrda qo‘lga kiritgan (ilgari — BMT homiyligidagi hudud, AQSH boshqaruvi ostida). Milliy bayrami 9-iyul — Konstitutsiya kuni. Davlat va hukumat boshlig‘i- prezident. Oliy qonun chiqaruvchi organi — ikki palatali parlament: Milliy Kongress (Senat) va Depu- tatlar palatasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodi asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda baliqchilikka asoslangan. Turizmning rivojlanmaganligining asosiy sababi, mamlakatning yiroqda joylashganligi va uning taraqqiy etishi uchun zarur bo‘lgan infrastrukturaning yo‘qligidadir. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Yaponiya. Avtomobil yo‘llari uzunligi — 223 km. Port shahri — Koror.
  Tarixi. Karolin orollari XVII asrda ispanlar tomonidan ochilgan. 1899-yilda ispanlar mustamlakasi Germaniyaga sotib yuborilgan. 1919-yildan to 1945- yilning oxirlarigacha orollar Yaponiya boshqaruvi ostida bo‘lgan. 1947-yilda zamonaviy Palau boshqa Karolin orollari bilan bir qatorda BMT homiyligidagi Tinch okean orollari tarkibiga qo‘shilib, umumiy boshqaruv esa AQSH tomonidan amalga oshirilgan. Mustaqil Palau davlati 1994-yilda tashkil topdi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.