loading...

Papua-Yangi Gvineya 

9423

Rasmiy nomi — Papua — Yangi Gvineya mustaqil davlati. Poytaxti — Port-Morsbi. Hudu­di — 462840 km.kv. Davlat tili — ingliz, shuningdek, papuas va melaneziya tili oilasiga kiradigan 700 dan ortiq mahalliy tillar mavjud. Dini — protestantlik, aholining 22% i katoliklar. Pul birligi — kina.

Geografik joylashuvi va tabiati. Tinch okeanning janubi g’arbida Yangi Gvineya orolining sharqiy qis­mini, shu bilan birga Bugenvil va Buka (Solomon) orol­lari hamda Puiziada va Bismark arxipelagi orollaridagi davlat. Yangi Gvineya orolining g‘arbiy qismini egalla­gan. Indoneziya bilan chegaradosh. Papuya — Yangi Gvineya qirg’oqlarini sharqdan Solomon dengizi, janubdan — Korall dengizi, Torres bo’g‘ozi va Papuya ko‘rfazi, shimolda — Bismark dengizi suvlari yuvib turadi. Chegara chizig‘ining umumiy uzunligi 820 km, qirg‘oq chizig‘i uzunligi 5152 km. Mamlakat hududida asosan qirg’oqoldi tekisliklari va togiar bilan birga tog‘oldi past-tekisliklaridan iborat. Mamlakat yerosti boyliklariga boy, bular: oltin, kumush, mis, tabiiy gaz, boshqa tabiiy resurslardan — yog’och (hududning 71 %i o‘rmonlardan iborat). Iqlimi — nam subekvatorial. O‘simlik dunyosi juda boy, bu yerda o‘simliklarning 6872 turi mavjud. Hayvonot dunyosi xaltali hayvonlardan iborat.

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya, Britan hamdo‘stligi a’zosi. Mamlakat 19 provinsiya va 1 poytaxt okrugidan iborat. Papua — Yangi Gvineya 1975-yil 16-sentabrda davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan bo‘lib (ilgari BMT homiyligidagi Avstraliya umumiy boshqaruvi ostida bo‘lgan), shu kun uning milliy bayrami sifatida nishonlanadi. Qonunchilik ingliz umumiy huquqiga asoslangan. Davlat boshlig‘i ingliz monarxlari (qirolicha Yelizaveta) tomonidan tayinlanadigan general-gubernator tomonidan hisoblanadi. Ijro etuvchi hokimiyat hukumat boshlig‘i bo‘lgan premyer-ministrga tegishli. Oliy qonun chiqaruvchi organ Milliy parlament. 20 ta siyosiy partiyalari ichida eng yiriklari: Milliy demokratik harakat, Xalq partiyasi, Milliy progressiv partiya, Langu pati, Birlashgan partiya.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat tabiiy resurslarga boy, biroq ulardan foydalanish hududining murakkab relyefga egaligi va zarur infrastrukturaning shakllanmaganligi sababli deyarli taraqqiy etmagan. Sanoat asosan oltin, kumush va mis qazib olish va palma yog‘ini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Unumdor yerlar va qulay iqlim qishloq xo’jaligining rivojlanishi uchun yaxshi omil hisoblanadi. Papua — Yangi Gvineya qahva, какао, palma yog‘i, kokos yong‘oqlari, kauchuk, choy kabi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qiladi. Asosiy savdo hamkorlari: Yaponiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Buyuk Britaniya. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi — 19200 km, ichki suv yo‘llari — 10940 km. Portlari: Laye, Port-Morsbi.

Tarixi. Yangi Gvineya oroli 1526-yilda portugaliyaliklar tomonidan ochilgan bo‘lib, o‘z nomini mahalliy aholi afrikaliklar bilan o‘xshash bo‘lganligi uchun olgan. 1828-yilda Gollandiya orolning g‘arbiy qismini (1962-yilda Indoneziyaga o‘tib ketgan) o‘z mulki deb e’lon qildi. Orolning sharqiy qismi Papua (hozirgi Papua — Gvineya hududi), 1885-yilda ikkiga bo‘lingan bo`lib, shimoli sharqiy qismi nemis protektorati, janubi sharqiy qismi esa Avstraliya tomonidan qo‘shib olingan hududlardan iborat edi. Ikkinchi Jahon urushi boshlarida Avstraliya nemis protektoratini bosib oldi va 1921-yili Millatlar Ligasi tomonidan unga sharqiy Yangi Gvineyani boshqarish uchun mandat berildi. 1973-yilda o‘z-o‘zini boshqarish huquqini qo‘lga kiritgan mamlakat Britaniya hamdo‘stligida a’zoligini saqlagan holda 16-sentabr 1975-yilda mustaqil Papua — Yangi Gvineya davlatiga aylandi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.