loading...

Kirish. Geografiya nimani o‘rganadi? 

41669

Geografiya va uning tarmoqlari haqida tushuncha. 
 Geografiya juda qadimgi fan. Qadimgi yunon olimi Eratosfen kitob yozib, uni geografiya deb atagan. Yunoncha «geo»-Yer, «grafo»-yozaman degan ma'noni bildiradi. Binobarin, «Geografiya» «Yerni tasvirlab yozaman», «Yerning tasviri» degan ma'nolarni anglatadi. Geografiya Yer yuzining tabiati, aholisi va uning xo‘jaligini o‘rganadigan fandir. Geograflyani o‘rganadigan kishilarni geograflar deb ataymiz.
 Uzoq vaqtgacha geograflar Yer yuzasi tabiatini, aholisini va ayrim mamlakatlarning xo‘jaligini tasvirlab yozish bilan shug‘ullanib kelishdi. Geograf-sayyohlar yangi yerlarni, dengiz va okeanlarni kashf qilishdi. Biroq Yer yuzini tasvirlash, kattaligini aniqlash, xaritasini tuzish uchun bir necha ming yillar kerak bo‘ldi.
 Geografiya fani rivojlanib borgan sari unda ikkita asosiy yo‘nalish: tabiiy geografiyava iqnisodiy geografiya vujudga keldi. Siz, aziz o‘quvchilar, tabiiy geografiyaning eng sodda bo‘limi - «Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi»ni o‘rganasiz.
Tabiiy geografiyani o‘rganishning ahamiyati.
  Tabiiy geografiya Yer yuzi tabiatining holati, uning o‘zgarishi, ro‘y beradigan tabiiy hodisalarni, tabiatdan foydalanganda nimalarga e'tibor berish zarurligini o‘rganadi. Shuning uchun Siz aziz o‘quvchilar, tabiiy geografiyani boshdanoq puxta o‘rganishga harakat qiling.
  Inson yashashi uchun zarur bo‘lgan hamma narsani - havo va suvni, oziq-ovqat va foydali qazilmalarni tabiatdan oladi. U uy-joylar quradi, konlarni ochadi, zavodlar, shaharlar bunyod etadi, g‘alla, paxta va boshqa ekinlar ekadi, chorva mollarini boqadi. Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, uni avaylab asrash uchun esa, albatta, geografiya fanini juda yaxshi bilish zarur.
  Tabiiy geografiya Yer yuzi yoki uning biror joyi tabiatiga ta'rif berish bilan chegaralanmaydi. Tabiiy geografiya joy tabiatining nima uchun xilma-xil ekanligi sabablarini tushuntiradi. Masalan, cho‘l zonalarida yog‘ingarchilikning kam, tog‘lik hududlarda esa aksincha ko‘p bo‘lishini; tog‘lar ustida jazirama yozda ham qorlar erimay yotishini; ekvatorda qishin-yozin iqlim bir xil - issiq bo‘lishiyu mo‘tadil mintaqada esa to‘rtta fasl aniq almashinib turishini tushuntirib beradi. Shuningdek, tabiat «kambag‘allashib» ketmasligi, ifloslanmasligi, yerlarni sho‘r bosib unumdorligi yo‘qolmasligi, daryolar qurib qolmasligi uchun tabiatdan, uning boyliklaridan qanday foydalanish kerak, qanday ishlarni amalga oshirish zarur, degan savollarga ham javob topasiz.
  "Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi"da nimalar o‘rganiladi?
  Siz Yer yuzi tabiatining asosiy umumiy qonuniyatlarini bilib olasiz, tabiatni, unda ro‘y beruvchi hodisalarni esa eng oddiy kuzatish usullaridan foydalanib o‘rganasiz.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Комментарий - 1

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив