Tropik cho‘llar va subtropiklar
Tropik
cho‘llar tabiati. Tropik havo massalarining nihoyatda quruq ekanligi, havo bosimining yuqoriligi tropik chalacho‘l va cho‘llarning tarkib topishiga sabab bo‘lgan. Tropik cho‘llar materikning katta qismini (30 %) egallaydi va, asosan, shimoliy qismida joylashgan.
Sahroyi
Kabir haqiqiy tropik cho‘llardan iborat. U dunyodagi cho‘llarning eng yirigi
(maydoni 7,8 mln kv km). Yillik yog‘in miqdori 100 mm gacha. Ichki qismlarida
bir necha yillar davomida yog‘in yog‘maydi. Qum, chang-to‘zonli quruq va issiq samum shamoli kuchli esadi.
Tropik
cho‘llarda tun bilan kunlik harorat keskin o‘zgaradi. Masalan, kunduzi havo
harorati 40-50°C bo‘lsa, kechasi 0°C ga pasayishi mumkin. Buning natijasida
cho‘ldagi tog‘larda tog‘ jinslarida darz va yoriqlar paydo bo‘lib, kuchli
parchalanishlar kuzatiladi. Bunday joylarda mahalliy aholi gamada deb
ataydigan toshloq sahrolar paydo
bo‘ladi.
Bundan
tashqari, tuproq va o‘simlik qoplamidan butunlay mahrum bo‘lgan barxan qumli
cho‘llar katta maydonni egallaydi. Cho‘l markazida Tibesti (3 415 m), Darfur (3
088 m), Axaggar (2 918 m) kabi qoldiq tog‘lar bor.
Cho‘llarda
chirindisiz qumoq cho‘l tuproqlari, pastlik joylarda sho‘rxok tuproqlar, vohalarda
madaniy tuproqlar shakllangan. O‘simligi juda kam, pastlik joylarda sho‘ra,
shuvoq, saksovul, yulg‘un, buta,
akatsiya, Namib cho‘lida noyob velvichiya kabi o‘simliklar o‘sadi. Namib cho‘lining
shimol va sharq tomonlarida chalacho‘llar boshlanadi. Bu yerlarda yostiqsimon
o‘simliklar, molochay, aloe, yovvoyi
sersuv tarvuzlar o‘sadi.
Tarvuzlarni hayvonlar va aholi suv o‘rnida iste’mol qilishadi. Vohalarning
asosiy o‘simligi xurmo hisoblanadi. Cho‘l sharoitiga moslashgan antilopa,
giyena (chiрor sirtlon), tulki, chiyabo‘ri, tuya, kaltakesak, echkemar, toshbaqa kabilar asosiy
hayvonlardir.
Subtropiklar tabiati. Afrikaning shimoli-g‘arbiy va janubi-g‘arbiy qismlarida qattiq bargli
doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlardan tashkil topgan subtropik zona
joylashgan.
Shimoliy
subtropikdagi Atlas tog‘larining 3 000 m dan tepa qismida qishda havo sovib
(–10 –17°C gacha), qor yog‘adi. Ba’zi joylarda qorning qalinligi 2 m ga
yetadi. Sohil va tog‘ yonbag‘irlarida
makvis, zaytun, pakana palma,
probka emani (dub) o‘rmonlari, yuqoriroqda yirik atlas kedri, tis (butasimon daraxt), yana balandroqda (1 500-3
000 m) keng bargli o‘rmonlar, undan balandda alp o‘tloqlari joylashgan. Bu
zonada hayvon turlari ko‘p. Kattaligi quyonday keladigan o‘txo‘r daman tog‘larda to‘da bo‘lib yashaydi. Uni
ovlashadi va go‘shtini iste’mol qilishadi. Yana turli kemiruvchilar, dumsiz
makaka, yirtqichlardan chiyabo‘ri,
yovvoyi mushuk, qoplon, sirtlon, sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilon,
echkemar, toshbaqalar yashaydi. Ba’zan chigirtkalar bosqinidan qishloq
xo‘jaligi ancha zarar ko‘radi.
Janubiy
Afrika subtropik landshaftida kiрaris, kap zaytuni, kumush daraxti, kedr, Afrika yong‘og‘i, kap
kashtani, sariq daraxt va turli o‘t
o‘simliklar o‘sadi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.
Комментарий - 1