loading...

Davlat yong`in xavfsizligi xizmati tomonidan eslatma 

5840

Aziz yurtdoshlar!

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-may kunidagi PQ-2992-sonli Qaroriga asosan haftaning har chorshanba kuni "Yong`inlar profilaktikasi kuni" tadbiri o`tkazilmoqda. Ushbu tadbirda faol qatnashing!

Shuningdek, Respublikamizda ob-havoning keskin sovib ketishi oqibatida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan yong`inlarni oldini olish maqsadida, isitish moslamalaridan foydalanishda yong`in xavfsizligi qoidalari talablarini yana bir bor eslatib o`tamiz:
  • qo`lbola hamda nosoz gaz, elektr va boshqa isitish moslamalaridan foydalanmang;
  • isitish moslamalaridan foydalanishda tegishli tavsiya va yo`riqnoma talablariga rioya qiling;
  • pechlarni haddan ziyod qizdirib yubormang, isitish pechlari sozligi hamda pechlarning dudbo`ronlari doimo soz holda bo`lishiga e`tibor bering;
  • gaz va isitish moslamalarini yoqiq holatda qarovsiz qoldirmang hamda ularni nazorat qilishni yosh bolalarga topshirmang;
  • gaz uskunalarini ulash qoidalariga rioya qiling;
  • gaz plitalaridan faqatgina choy qaynatish va ovqat pishirishda foydalanishni eslatib o`tamiz. Gaz plitasi yordamida xonani isitish, u yerda uxlash yoki dam olish mumkin emas;
  • gaz plitasi o`rnatilgan oshxonada fortochka va albatta havo almashish joyi (воздуховод) bo`lishi shart. Chunki gaz yonishi natijasida ajralib chiqqan is gazi (угар) kishini zaharlaydi.
  • gaz isitish moslamalaridan xavfsizlik avtomatikalari (gaz o`chib qayta kelishini nazorat qiluvchi moslama) orqali foydalaning va uning sozligiga doimo e`tibr bering;
  • yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmang.
Qolaversa, agarda xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollatish chorasini ko`ring va bu haqda yong`in xavfsizligi xizmati "101" raqamli telefon orqali xabar bering.

Ushbu qoidalarga rioya etish bilan o`zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joy va mol-mulkinizni yong`in ofatlaridan asrab qolgan bo`lasiz.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив