loading...

Jahon tabiiy resurslari 

21935

 Insoniyat tabiat qo'ynida paydo bo‘ldi, ulg'aydi, hozirgi intellektual yetuklik (sivilizatsiya) darajasiga yetdi. U ana shu evolutsion rivojlanishi davomida tabiatdan asosiy yashash vositalarini oldi, uni chuqur о`zgartirishga erishdi va o‘z navbatida unga o'z ta’sirini o‘tkazib keldi. Boshqacha aytganda, o'tgan uzoq tarixiy davrlar davomida insoniyatning tabiatga, tabiatning esa inson hayotiga о`zaro ta’siri uzluksiz kuchayib bordi. Binobarin, taraqqiyot jarayonining barcha davrlarida insoniyat tarixini uning tabiat bilan o'zaro aloqalari tarixi ham deb hisoblash mumkin. Ana shu uzluksiz, tobora kuchayib borgan o‘zaro aloqalar jarayoni jamiyat va tabiatning hozirgi holatiga olib keldi.
 Jamiyatning rivojlanishi jarayonida zamin bo`lgan Ona Yer, Ona Tabiat insoniyat sivilizatsiyasining dastlabki davrlaridan to hozirgacha o‘z boshidan katta o‘zgarishlarni o'tkazdi. Jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqadorligi jarayoni bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
  Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida inson, asosan, tabiat bergan ne’matlar hisobiga yashagan. U ovchilik, baliqchilik bilan shug'ullangan, o‘simlik ildizlarini yig‘ib kun kechirgan. Tabiiyki, u davrlarda kishilar o‘simlik va hayvonlarga boy bo'lgan, asosan, iliq va nam hududlarda jamoa bo'lib yashashga intilganlar. Inson hayotining ushbu bosqichlari fanda ibtidoiy jamoa davri deb ataladi.
  Insoniyat hayotining 2-bosqichida dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari rivojlana bordi. Aynan shu davrlardan boshlab Nil, Dajla va Frot, Hind va Gang, Xuanxe va Yanszi, Amu va Sirdaryo vodiylari, Qadimiy Yunoniston va Rim davlatlari ana shunday katta ijtimoiy o'zgarishlarga erishgan hududga aylandi.
  Yillar, asrlar o'tishi davomida jamiyat bilan tabiatning o'zaro ta’siri ham sekin-asta kengayib bordi. Avvalo insonning tabiatga ta’siri kuchaya bordi. Bular, o'z navbatida jamiyat hayotida tobora katta o'zgarishlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Asta-sekin aholi sari ortib bora boshladi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotining 3-bosqichi hisoblanmish o‘rta asrlar davrida yer, mineral va o'rmon resurslarini kengroq o'zlashtirishga kirishila boshlandi. Karvon yo'llari (Buyuk ipak yo'li) orqali hududlararo aloqalar kuchaya bordi. Aholining ko'paya borishi yerlarga ishlov berishni kuchaytirish va yangi hududlarni o'zlashtirishga undadi.
  Bundav o'zgarishlar eng avvalo, «Eski dunyo» hududlariga, ya’ni G`arbiy Yevropa, Osiyoning janubiy mintaqa kengliklarida joylashgan mamlakatlariga xosdir. Tabiiyki, o'rta asrlar davrida aholining yashash hududlari yanada kengaydi. Bular, eng avvalo. kashf qilingan «Yangi dunyo» deb atalmish Amerika va Avstraliya qit’alarining o'zlashtirila borishi misolida o'z ifodasini topadi.
  Jamiyat bilan tabiatning о‘zaro ta’siri jarayonining 4-bosqichda inson tomonidan tabiatni o'zlashtirish ancha tezlashdi. Ayniqsa, Yevropada ishlab chiqarish kuchlarining yanada rivojlanishi xilma-xil tabiiy resurslarni о`zlashtirish sur’atlarini keskin tezlashtirdi. Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya, Afrika, shumngdek, insoniyatning eng qadimiy beshiklaridan Osiyo hududlarini to'laroq egallash, ulami mustamlakalarga aylantirish va iqtisodiy jihatdan o'zlashtirish harakatlari mazkur taraqqiyot bosqichining asosiy mazmuniga aylangan edi. Tabiiyki, bu holat Yevropada sanoat rivojlanishida tub burilishlaming boshlanishiga asos bo`ldi. Dunyo miqyosida tabiiy landshaftlarning tez suratlarda о`zlashtirilishi (bo'sh yotgan yerlarning haydalib ekin maydonlariga aylantirilishi, tabiiy va ijtimoiy boyliklarning ayoviz ishga solina borishi, temiryo`llar qurilishining avj olishi kabilar) natijasida inson faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta’siri sekin-asta kuchayib boradi.
  XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan hozirgi fan-texnika inqilobi davrida jamiyat va tabiat о rtasidagi o'zaro munosabatlar faolligi o'zining eng yuqori darajasiga yetdi. Bu bosqichda «Jamiyat - tabiat» ning o'zaro munosabatlarida jamiyatning faolligi yaqqol namoyon bo`lmoqda. Bu davrga kelib inson tomonidan yer yuzasi tabiatini keng miqyosda o'zlashtirishga erishildi. Ayniqsa, FTI davrida turli tabiiy resurslardan foydalanish sur’atlarining tinimsiz ortib borishi, tabiatga murakkab tarkibli, ko`p hollarda har taraflama zaharli sanoat va boshqa turdagi chiqindilarning tinimsiz chiqarib tashlanishi tobora «Jamiyat-tabiat» о`rtasi­dagi o'zaro munosabatlardagi muvozanatning buzila borishiga sabab bo`lmoqda. Bu holat insoniyat o'z oykumena (grekcha oikeo — yashayman, joylashaman, ya’ni yer yuzasining aholi jashaydigan aholi istiqomat qiladigan qismi demakdir) chegaralarini tinimsiz kengaytirib bordi. Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra hozirgi vaqtda inson tomonidan о`zlashtirilgan antropogen landshaftlar dunyo quruqligining 60 foizidan ortiqroq maydonini egallaydi. Ayniqsa, quruqlikning 20 foiz qismida tabiiy landshaftlar tubdan o'zgartirilgan: ular shahar va qishloqlar, industrial ishlab chiqarish ob`yektlari, ekinzor va bog'lar, yo`llar va suv omborlari qo`lda ekilgan o'rmonlar va istirohat joylaridir.
  Demak, inson o`z hayoti sharoitini takomillashtirish va ko`lamini kengaytirishi yo`lida sayyoramizning mintaqalarida tabiat imkoniyatlaridan tobora ko`proq foydalanishga harakat qildi hamda shunga erishdi, o`ziga xos yashash muhitini yaratdi. Fanda bu geografik muhit deb ataladi. Shunday qilib, jamiyat o`z ijtimoiy faoliyati davomida tabiatdan ko`proq resurslarni oladigan va ayni vaqtda, tabiatga tobora ko`proq turli xil chiqindilarni chiqarib tashlaydigan bo`lib qoldi. 
  O`z navbatida, bu jarayon insoniyat oldiga bir-biri bilan bog`liq bo`lgan:
1. Tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish;
2. Atrof-muhitni ifloslantirishda muhofaza qilishdek juda dolzarb muammolarni qo`yadi. 
  Insoniyat o`z hayoti va ijtimoiy faoliyati davomida turli xil tabiiy resurslar (boyliklar) dan foydalanadi. 
  Tabiiy resurs deb, inson hayoti va faoliyai davomida bevosita foydalaniladigan barcha tabiat ne`matlariga aytiladi. 
  Yer shari juda ko`p va xilma-xil tabiiy resurslarga ega. Tabiiy resurslar besh turga bo`linadi. Ular yer, suv, mineral, biologik va iqlimiy resurslardan iborat. Ular yer yuzasi bo`ylab ancha notekis joylashgan. Shu sababli, alohida hududlar, mamlakatlar, materiklar tabiiy resurslar bilan turlicha ta`minlangan, ularning turlari va miqdoriy ko`rsatkichlari ham har xil. Bu holat, o`z navbatida, resurslar bilan ta`minlanganlik tushunchasini keltirib chiqaradi.
  Tabiiy resurslar bilan ta`minlanganlik deganda, tabiiy resurslarning umumiy ko`lami ko`rsatkichlari bilan ulardann foydalanish miqdori o`rtasidagi nisbat tushuniladi. U tabiiy resursning necha yillargacha yetishi yoki resurs zahirasining aholi jon boshiga qanchadan to`g`ri kelishi bilan ifodalanadi. 
  Ko`pchilik tabiiy resurslar, eng avvalo, turli moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. Shu sababli sanoat xomashyolari bilan ta`minlanish muammosi ko`pchilik mamlakatlar oldida dolzarb bo`lib turadi. 
  Tabiiy resurslarning ba`zi birlari, o`z navbatida, yana ham mayda va kichik turlarga taqsimlanadi. Tabiiy resurslar tabiatda kelib chiqishi, ishlatilishi xususiyatlariga ko`ra tugaydigan va tugamaydigan guruhlarga bo`linadi. Tuproq, mieral, o`simlik, hayvonot, rekreatsiya kabi resurslar tugaydigan tabiiy resurslarga kiradi. Ular, o`z navbatida, tiklanadigan va tiklanmaydigan guruhlarga bo`linadi. Tiklanishi mumkin bo`lgan tabiiy resurslarga tuproq, o`simlik, hayvonot, rekreatsiya, chuchuk – iste`mol suvi kabi boyliklar kiradi. Mineral (yer osti) resurslari tiklanmaydigan tabiiy boylik hisoblanadi. 
  Tabiatda amalda tugamaydigan tabiiy resurslar ham mavjuddir. Ular quyosh nuri, shamol, dengiz va okeanlar, yerning ichki (geotermal) energiyasidir. Tabiiy resurslar yer yuzasi bo`ylab notekis joylashgan. Fors qo`ltig`i mamlakatlari neft va tabiiy gazga, And mamlakatlari mis va molubden rudalariga, Shimoliy yarimsharning o`rta kengliklari va ekvatorial mintaqa hududlari o`rmonlarga ancha boy. Rossiya, AQSH, Xitoy, Kanada, Braziliya, Avstraliya kabi bir qator ulkan davlatlar amalda tabiiy resurslarning deyarli barcha xillari bilan yaxshi ta`minlangan. Shuningdek, ko`pgina mamlakatlar muhim tabiiy boyliklarning bir yoki bir necha turlarigagina ega. Jahonda uchinchi xil mamlakatlar, masalan: Andorra, Okeaniya va Karib havzasidagi bir qator mamlakatlar tabiiy boyliklar, ayniqsa, mineral boyliklar bilan yetarli darajada ta`minlanmagan.  

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив