2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi
I. Davlat
va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari
1.1. Demokratik
islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizastiya qilishda Oliy Majlis,
siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:
davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish,
uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda
ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha
vakolatlarini yanada kengaytirish;
qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga
yo’naltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish;
siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida
siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o’rtasida sog`lom raqobat muhitini
shakllantirish.
1.2. Davlat boshqaruvi
tizimini isloh qilish:
davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat
xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish
hamda iqtisodiyotni tartibga solishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish
orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish;
mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
bo’yicha vazifalarni amalga oshirishda o’zaro manfaatli hamkorlikning
samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini
joriy etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining
ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda
qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy
etish;
«Elektron Hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari
ko’rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik
sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.
1.3. Jamoatchilik
boshqaruvi tizimini takomillashtirish:
xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini
rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;
fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning
ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;
mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o’rni va faoliyati
samaradorligini oshirish;
ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning
kasbiy faoliyatini himoya qilish.
II. Qonun
ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari
2.1. Sud hokimiyatining
chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini
demokratlashtirish va takomillashtirish:
sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy
rag`batlantirish va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash;
sudyalarga g`ayriqonuniy tarzda ta’sir o’tkazishga yo’l
qo’ymaslik bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rish;
sudning mustaqilligi va beg`arazligi, sud prostessida tomonlarining
tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish;
«Xabeas korpus» institutini qo’llash sohasini kengaytirish,
tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish;
sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;
sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalarini
joriy etish.
2.2. Fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash:
fuqarolarning murojaatlarini o’z vaqtida hal etish, murojaatlarni
ko’rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bo’lish holatlariga
yo’l qo’yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan
huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko’rish;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash;
fuqarolarning xususiy mulkka bo’lgan huquqlarini amalga
oshirish kafolatlarini mustahkamlash;
fuqarolarning odil sudlovga to’sqinliksiz erishishini ta’minlash;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi
samaradorligini oshirish.
2.3. Ma’muriy,
jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish:
jinoyat va jinoyat-prostessual qonunchiligini takomillashtirish va
liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar
va ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish;
odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va
sifatini oshirish, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik sud ish yurituvining
prostessual asoslarini takomillashtirish;
jinoyat, fuqarolik va xo’jalik ishlarini ko’rib chiqish
tartibini takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan vakolat va instanstiyalarni
qisqartirish;
elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy
shakl va usullarini joriy etish.
2.4. Jinoyatchilikka
qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish:
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning
oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;
diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning
boshqa shakllariga qarshi kurashish bo’yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish;
korrupstiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini
takomillashtirish va korrupstiyaga qarshi kurashish tadbirlarining
samaradorligini oshirish;
aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu
borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari
bilan o’zaro samarali hamkorligini tashkil etish.
2.5. Sud-huquq
tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari ishini
samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni
aniqlash hamda ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etish;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlarini
o’qitish, tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotastiya
qilish tizimini takomillashtirish;
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlari
orasida huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish bo’yicha
idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati
ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning
huquqni muhofaza qilish tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlash.
2.6. Yuridik
yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish:
davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati
samaradorligini oshirish;
advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik,
ma’muriy va xo’jalik ishlarini ko’rib chiqishda advokatlarning rolini oshirish;
notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish
organlari tizimini isloh qilish.
III. Iqtisodiyotni
rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari
3.1. Makroiqtisodiy
barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini
saqlab qolish:
makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o’rta
muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institustional o’zgarishlarni chuqurlashtirish
hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash;
xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganini saqlab qolgan
holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy
byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni
takomillashtirish;
soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini
soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va
tegishli rag`batlantiruvchi choralarni kengaytirish;
ilg`or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan
foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani
tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish,
milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash;
bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini
ta’minlash, banklarning kapitalashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning
moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investistiya
loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni
yanada kengaytirish;
sug`urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini
ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish,
shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining
erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan,
etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish,
puxta o’ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb
qilingan xorijiy investistiya va kreditlardan samarali foydalanish.
3.2. Tarkibiy
o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini
modernizastiya va diversifikastiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:
milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini
ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik ulushini ko’paytirish;
ishlab chiqarishni modernizastiya qilish, texnik va texnologik
jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikastiya va ijtimoiy infratuzilma
loyiHalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investistiya siyosatini olib borish;
yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo,
mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli
tayyor maHsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan
yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizastiya va diversifikastiya
qilish;
iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni
shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich
kamaytirish;
prinstipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini
o’zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini
ta’minlash;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag`batlantirish
siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar
importining o’rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperastiyasini kengaytirish;
iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish,
ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida
mehnat unumdorligini oshirish;
faoliyat ko’rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar
va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish;
xizmat ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi
ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o’rni va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan
xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga
tubdan o’zgartirish;
turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda
uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikastiya qilish va
sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish;
eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish,
eksport tarkibini va geografiyasini diversifikastiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari
va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;
yo’l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish,
iqtisodiyot, ijtimoiy soHa, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikastiya texnologiyalarini
joriy etish.
3.3. Qishloq
xo’jaligini modernizastiya qilish va jadal rivojlantirish:
tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq
xo’jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini
yanada mustahkamlash, ekologik toza maHsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish,
agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;
paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish,
bo’shagan erlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog` olinadigan ekinlarni ekish,
shuningdek, yangi intensiv bog` va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini
yanada optimallashtirish;
fermer xo’jaliklari, eng avvalo, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish,
qurilish ishlari va xizmatlar ko’rsatish bilan shug`ullanayotgan ko’p tarmoqli fermer
xo’jaliklarini rag`batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash,
yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish
bo’yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi
qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstrukstiya va modernizastiya
qilish bo’yicha investistiya loyihalarini amalga oshirish;
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va
sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko’rsatish infratuzilmasini
yanada kengaytirish;
sug`oriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash,
meliorastiya va irrigastiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni
tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo’lgan
qishloq xo’jaligi texnikasidan foydalanish;
kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim
va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo’jaligi ekinlarining yangi
selekstiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va
ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;
global iqlim o’zgarishlari va Orol dengizi qurishining
qishloq xo’jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini
yumshatish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar ko’rish.
3.4. Iqtisodiyotda
davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor
mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag`batlantirishga
qaratilgan institustional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni
ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq
va cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish, "Agar xalq boy bo’lsa,
davlat ham boy va kuchli bo’ladi” degan tamoyilni amalga oshirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish
uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga
davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning
qat’iy oldini olish;
davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish
va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning ustav jamg`armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki
xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish;
investistiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti
tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g`ridan-to’g`ri xorijiy investistiyalarni
faol jalb qilish;
korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini
joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda akstiyadorlarning rolini kuchaytirish;
tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi
bo’yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini
tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan
chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat,
jamoat tashkilotlari va joylardagi o’zini o’zi boshqarish organlarining rolini oshirish.
3.5. Viloyat,
tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning
mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning
turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo,
sanoat, qishloq xo’jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va
samarali foydalanishni ta’minlash;
Hududlar iqtisodiyotini modernizastiya va diversifikastiya
qilish ko’llamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo’lgan tuman va
shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo’li bilan jadal
rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni
kamaytirish;
yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil
etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo’jalik birlashmalarining
mablag`larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investistiyalarni jalb
qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;
sanoat va xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish
hisobiga subvenstiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning
daromad bazasini kengaytirish;
sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarini
joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish
hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish,
muHandis-kommunikastiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish
va modernizastiya qilish.
IV. Ijtimoiy
sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari
4.1. Aholi
bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:
aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini
oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo’yicha
farqlanish darajasini yanada kamaytirish;
byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya,
stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyastiya sur’atlaridan yuqori miqdorda
izchil oshirish;
yangi ish o’rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo,
o’rta maxsus va oliy o’quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash,
mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik
darajasini kamaytirish;
mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini
to’liq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ish kuchi sifatini yaxshilash,
ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
tizimini kengaytirish.
4.2. Aholini
ijtimoiy himoya qilish va sog`liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning
ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish:
aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining
ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan
shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko’rsatishni
yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda davlat-xususiy sherikligini
rivojlantirish;
aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko’rsatish qulayligi
hamda sifatini oshirishga, aholi o’rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirishga,
tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirgan holda
sog`liqni saqlash soHasini, eng avvalo, uning dastlabki bo’g`inini, tez va shoshilinch
tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish;
oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza
qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish,
ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko’rsatish,
chaqaloqlar va bolalar o’limini kamaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni
yanada kengroq amalga oshirish;
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish,
ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi o’rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar
kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga
keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash;
pensionerlar, nogiron, yolg`iz keksalar, aholining boshqa
ehtiyojmand toifalarining to’laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy
yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish;
farmastevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va
tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan
ta’minlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz o’sishiga yo’l qo’ymaslik
bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholi o’rtasida kasallanish ko’rsatkichlari pasayishini
va umr uzayishini ta’minlash.
4.3. Arzon
uy-joylar barpo etish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot
sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo’l-transport, muhandislik-kommunikastiya
va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish Hamda modernizastiya qilish:
aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab
kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning
yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar
va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;
aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish
darajasini oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va
samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq
joylarda aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash;
odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta’minlash,
maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizastiya qilish,
ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholini chiqindini yo’q qilish bo’yicha
zamonaviy ob’ektlar bilan ta’minlash;
aholiga transport xizmati ko’rsatishni tubdan yaxshilash,
yo’lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini
kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostanstiyalarni
qurish hamda rekonstrukstiya qilish;
yo’l infratuzilmasi qurilishi va rekonstrukstiya qilinishini
davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo’llarini rivojlantirish, xo’jaliklararo
qishloq avtomobil yo’llarini, aholi punkti ko’chalarini kapital va joriy ta’mirlash;
yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va
mavjudlarini modernizastiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va
transformator punktlarini yangilash asosida aHolini elektr energiyasi hamda boshqa
yoqilg`i-energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan
energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga
oshirish;
teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar va
muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika
bazasini mustaHkamlash.
4.4. Ta’lim
va fan sohasini rivojlantirish:
uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish,
sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy
ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;
ta’lim muassasalarini qurish, rekonstrukstiya qilish va
kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya asboblari, kompyuter
texnikasi va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika
bazasini mustaHkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko’rish;
maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog`ini kengaytirish
va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy
rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha
ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini
ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar,
informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab
yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish;
bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug`ullanishga, ularni
musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini,
bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstrukstiya qilish;
kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini bozor iqtisodiyoti
va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash
hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro
standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining
sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini
bosqichma-bosqich ko’paytirish;
ilmiy-tadqiqot va innovastiya faoliyatini rag`batlantirish,
ilmiy va innovastiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini
yaratish, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan
ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni
tashkil etish.
4.5. Yoshlarga
oid davlat siyosatini takomillashtirish:
jismonan sog`lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil
fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash,
demokratik isloHotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini
ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;
yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo’llab-quvvatlash va
ro’yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o’rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish,
ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;
yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib
uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa
tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.
V. Xavfsizlik,
millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan,
o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi
ustuvor yo’nalishlar
5.1. Xavfsizlik,
diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:
O’zbekiston Respublikasining konstitustiyaviy tuzumi,
suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;
axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish
tizimini takomillashtirish, axborot soHasidagi tahdidlarga o’z vaqtida va munosib
qarshilik ko’rsatish;
fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda
totuvlikni mustahkamlash;
davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O’zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;
atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon
etkazadigan ekologik muammolarni oldini olish;
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish
tizimini takomillashtirish.
5.2. Chuqur
o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:
davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning
xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi o’rni va rolini oshirish,
rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik,
barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish;
O’zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash,
mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to’g`risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot
etkazish;
O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy
faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy
asoslarini takomillashtirish;
davlat chegarasini delimitastiya va demarkastiya qilish
masalalarini hal etish.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.