loading...

Toshga aylangan daraxtlar 

6578

  Qadimgi geologik davrlarda o'sgan daraxtlardan, asosan, ko'mir konlari hosil bo'ladi. Biroq, ba’zi hududlarda ular toshga aylangan holda saqlanib, tabiatning noyob yodgorliklariga aylangan. Bu noyob tabiat yodgorliklarining ilmiyligi va nafosati bo'yicha ulkan ahamiyatini ko'p yillar avval rus olimi, akademik V.l. Vemadskiy ko'rsatib o'tgan.
 Toshga aylangan daraxt qoldiqlari o'zbek geologlari tomonidan Qozog'istonning Sariog'och qishlog'idan 46 km shimoli-g'arbda, bo'r davri yotqiziqlari (ohaktosh, qumtosh va boshqalar) orasida topilgan. Toshqotgan daraxt qoldiqlari topilgan hududda sudralib yuruvchilar suyaklari ham saqlanib qolganligi aniqlangan. Topilgan namunalar O'zbekiston Fanlar Akademiyasiga qarashli H.M.Abdullayev nomidagi geologiya va geofizika institutiga olib kelinib, geolog olimlar - M.l.lsmoilov, M.I.PIaksina va A.V.Sattorovlar tomonidan batafsil o'iganilgan. Toshqotgan daraxtning uzunligi 12 m dan ziyod, diametri 92 sm bo‘lib, uning toshga aylangan po‘stlog‘i, yillik yoshi halqalari, markaziy qismidagi o‘zagi yaxshi saqlangan. Paleobotanik olim R.X.Xudoyberdiyevning fikricha, toshqotgan daraxt ignabargli o'simliklar oilasiga kiradi. Bunday daraxtlar Toshkent atrofi hududida bo‘r davrida o'sgan ekan. Daraxtlaming bu turi hozir Yer yuzida yo‘q bo`lib ketish arafasida turibdi. Ulaming ayrimlari Shimoliy Amerika, Xitoy va Yaponiya orollarida yakka holda, juda oz miqdorda saqlanib qolgan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив