loading...

Gruziya 

8899

  Rasmiy nomi — Gruziya Respublikasi. Poytaxti — Tbilisi. Hududi — 69700 km.kv. Aholisi – 4,6 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — gruzin. Dini — pravoslav. Pul birligi — lari.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Gruziya G’arbiy Osiyoda jovlashgan davlat. U shimolda Rossiya, janubda Turkiya, Armaniston va Ozarbayjon bilan chegaradosh. G‘arbda Qora dengiz bilan tutashgan. Mamiakat maydomning 80% i tog’liklardan iborat. Eng baland nuqtasi Shxara tog’i (5068 m). Qora dengiz sohillarida Kolxida pasttekisligi yastanib yotadi. Asosiy daryolari: Kura va Rioni. Qazilma boyliklari: marganes, mis, ko’mir va neft. Iqlimi — subtropik.
   Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezidentlik respublikasi. Davlat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organi — bir palatali parlament. Mamiakat 66 ta ma’muriy hududlarga bo’lingan. Bundan tashqari 2 ta muxtor respublika — Abxaziya va Ajariya ham Gruziya tarkibiga kiradi. Mamiakat 1991-yil 9-aprelda o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan. Asosiy siyosiy partiyalari: Gruziya Demokratik Ittifoqi, Gruziya Xalq Fronti, Respublika partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Gruziya agrar-industrial davlat. Sobiq Ittifoqning tarqalishi va uning sobiq a’zolari bilan siyosiy-iqtisodiy aloqalarning yomonlashuvi hamda mamlakatdagi fuqarolar urushi Gruziya iqtisodiga o‘z salbiy ta’sinni o;tkazdi. Sanoatning ko‘pgina sohalarida haligacha ham inqiroz holati kuzatilmoqda. Mamiakat qishloq xo‘jaligida ekiladigan ekinlarning 50% ini boshoqli ekinlar tashkil etadi. Lekin qishloq xo’jaligining eng asosiy ekini choydir. Gruziya eksportining asosiy qismini ham choy tashkil etadi. Bundan tashqari, tog‘ yonbag’irlarida uzumchilik yaxshi rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Armaniston, Turkiya va Ozarbayjon.
   Tarixi. М. a. VI-IV asrlarda bugungi Gruziya hududlarida ikki davlat — Kolxida va Iberiya davlat lari tashkil topgan. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay bu davlatlar forslar tomonidan istilo qilindi. Ulardan keyin m. a. IV asr oxirlarida Aleksandr Makedonskiy bu yerlarm bosib oldi. М. a. I asrga kelib G‘arbiy Gruziya Rim imperiyasi, Sharqiy Gruziya esa forslar tomonidan istilo qilindi. IV asrda Gruziya xristian dinini qabul qildi. VII asr oxirlarida bu yerlarga arablar bostirib kirdi. Bagrat III (974-1014) hukmronligi yillarida sharqiy va g‘arbiy hududlar birlashtirildi. Dovud IV (1073-1125) davrida Tiflis arablardan ozod qilindi. Qirolicha Tamara (1184-1213) davrida Gruziya Kaspiygacha bo’lgan yerlarni egalladi. XIV asrning 2-yarmida bu yerlarni sohibqiron Amir Temur ishg‘ol qildi. Temur davlatining inqirozidan so‘ng Gruziya forslar va turklar o‘rtasida uch asr davomida tortishuvli hudud boiib qoldi. 1786-yil Gruziya Rossiyaga yordam so‘rab murojaat qiladi. 1801-yil Rossiya Gruziyani o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. 1921-yil Gruziya Sovet Respublikasi deb e’lon qilindi. SSSRning inqirozidan so‘ng 1991-yil 9-aprelda Gruziya o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Keyingi yillarda Gruziyada muxolifatchi kuchlarning amaldagi hukumat bilan kelisha olmayotganligi tufayli qator siyosiy inqirozlar sodir bo‘lmoqda. 2008-yil 5-yanvarda muddatdan oldin bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida sal oldin iste’foga chiqqan M.Saakashvili o‘z muxolifatchilarini yengib yana hokimiyatni egalladi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.