loading...

Kambodja 

6191

 Rasmiy nomi — Kambodja Qirolligi. Poytaxti — Pnompen. Hududi — 181035 km2. Davlat tili — kxmer. Dini — txerevada (buddaviylik). Pul birligi — riel.

Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy-Sharqiy Osiyodagi davlat. Sharq va janubi sharqda Vyetnam (chegara uzunligi — 1228 km), g‘arb va shimoli g‘arbda Tailand (803 km), shimoli sharqda Laos (541 km) bilan chegaradosh. Janubi g‘arbda Tailand (Siam) qo‘ltig‘iga tutash. Chegarasining umumiy uzunligi — 2572 km. Mamlakat hududining katta qismi tekislikdan iborat. Mekong daryosining quyi qismida pasttekisliklar bor. Janubi g‘arbda Kravan (eng yuqori nuqtasi — 1813 m) tog‘lari joylashgan. Asosiy daryosi — Mekong. Eng katta ko‘li — Tonlesap. Foydali qazilmalari: qimmatbaho toshlar, marganes, fosforit, temir rudasi (kam miqdorda). Ekin ekiladigan yerlar mamlakat hududining 16% i, o’rmon va butazorlar 76% ini tashkil etadi.

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya. Mamlakat ma’muriy jihatdan 19 ta provinsiya (viloyat) va 2 ta avtonom shaharga bo‘lingan. 1949-yil 9-noyabrda mustaqillikka erishgan. Milhy bayram — Mustaqillik kuni, yana bir milliy bayram — 7-yanvar Ozodlik kuni (1979-yil). Dav­lat boshlig‘i — qirol, ijroiya hokimiyatni premyer-ministr amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi oliy organ — bir parlatali parlament — Milhy Kengash. Asosiy siyosiy par­tiyalari: Kambodja suvereniteti, mustaqilligi, betarafligi, tinchligi va hamkorligi uchun yagona milliy front (KSMBTHUYMF), Kambodja xalq partiyasi (KXP), Buddistlar liberal-demokratik partiyasi (BLDP).

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakatda ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar, harbiy va siyosiy to‘ntarishlar natijasida deyarli izdan chiqqan iqtisodiyot sekin-asta tiklanib bormoqda. Mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmog‘i — qishloq xo‘jaligi. Ishlab chiqarish qishloq xo‘jalik mahsulotlarini hamda baliq va yog‘ochni qayta ishlash bilan cheklangan. Asosan kauchuk, sholi, yog‘och eksport qilinadi. Asosiy savdo hamkorlari: Vyetnam, MDH mamlakatlari, Sharqiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Hindiston.

Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 655 km, avtomobil yo‘llari — 34100 km. Dengiz portlari: Kampot, Pnompen.

Tarixi. Hozirgi Kambodja hududida ilk davlatlar milodning I asrida paydo bo’lgan. Ulardan eng kattasi Funan qirolligi boiib, u VI asrda Tonlesap qirolligiga qaram bo‘lib qoldi. 802-yil Tonlesapning shimolida butun mamlakat va qo‘shni mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirgan Kobbujadesh qirolligi tashkil topdi. XV asr boshlarida mamlakat Siam va Vyetnam qo‘shinlarining bosqiniga duchor bo‘ldi. Fransiya kambodjaliklarning Siam va Vyetnamga qarshi kurashida yordam berdi va 1863-yil Kambodjani o‘z protektorati deb e’lon qildi. 1940-1945-yillarda yaponlar bosqini ostida boigan Kamboja 1949-yilda o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga, 1953-yilda esa to‘liq mustaqil davlatga aylandi. Mustaqillikdan keyin: 1953-1970-yillarda Kambodja Qirolligi; 1970-1975-yillarda Lon Nol rejimi o‘rnatilib Kxmer Respublikasi; 1975-1979-yillari Pol Pot boshchiligidagi qizil kxmerlar hokimiyat tepasiga kelib, mamlakat Kampuchiya Demokratik Respublikasi deb ataldi. Pol Pot rejimi davrida o‘z xalqiga nisbatan o‘tkazilgan genotsid siyosati natijasida 2 milliondan ortiq kambodjalik o‘ldirildi. 1979-1989- yillarda mamlakat Kampuchiya Xalq Respublikasi deb atalib, Vyetnamga ittifoqdosh rejim o‘rnatildi. 1989-1993-yillarda BMT nazorati ostidagi Kambodja Davlati, 1993-yildan esa Kambodja Qirolligi deb atalib, shahzoda Norodom Sianuk hokimiyatga keldi. 2004-yil oktabrda Norodom Sianuk taxtdan voz kechib o‘miga yangi qirol — Norodom Siamoni keldi. Biroq amalda hokimiyat premyer-ministr Xun Sen qo‘lida bo‘lib, mamlakatning g‘arbiy viloyatlari Pol Potning sobiq safdoshi Yyeng Sari nazorati ostida qolmoqda.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.