loading...

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi 

8181

Rasmiy nomi — Koreya Xalq Demokratik Respublikasi. Poytaxti — Pxenyan. Hududi — 120538 km.kv. Aholisi – 23,1 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — koreys. Dini — budda va konfutsiylik (biroq diniy faoliyat amalda deyarli yo‘q). Pul birligi — von.

Geografik joylashuvi va tabiati. Sharqiy Osiyodagi davlat. Koreya yarimorolining shimoliy qismida joylashgan. Shimolda Xitoy (chegara uzunligi — 1416 km), janubda Janubiy Koreya (238 km), shimoli sharqda Rossiya bilan (17 km) chegaradosh. G‘arbdan Sariq dengiz, sharqdan Yapon dengizi o‘rab turadi. Chegarasining umumiy uzunligi — 1671 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 3495 km. Mamlakat hududini asosan tepalik va tog‘lar tashkil qiladi, ulaming oralig‘i torgina vodiylardan iborat. Mamlakatning eng baland nuqtasi — Pektusan tog‘i (2750 m). Asosiy daryolari: Amnokkan, Tedongan, Tumangan. Asosiy tabiiy boyliklari: ko‘mir, qo‘rg‘oshin, volfram, temir rudasi, mis, oltin rux, grafit, magnezit. Hududining 20% i haydaladigan yerlar, 74% i o‘rmon va changalzorlar.

Iqlimi — mo‘tadil mussonli. Mamlakatning tog‘li tumanlari uchun ignabargli o‘rmonlar xarakterli: qarag‘ay, archa, koreys oq qarag‘ayi, shuningdek, tol, terak, g‘ujumlar ko‘proq bo‘lgan aralash o‘rmonlar bor. Vodiylar amalda to`laligicha qishloq xo‘jalik ekinlari bilan band. Bu yerlarda sholi, soya, javdar, makkajo‘xori va boshoqli ekinlar ekiladi. Mamlakat hayvonot dunyosida yo’lbars, qoplon, ayiq, tulki, bo‘rilarni uchratish mumkin. Qushlar olamida burgut, bekas, tuma va qirg‘iylar bor.

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Konstitutsiyasiga binoan KXDR suveren sotsialistik davlat hisoblanadi, amalda esa mamlakatda kommunistik rejim o’rnatilgan. Mamlakat tarkibida 9 ta viloyat va ikkita markazga bo‘ysunuvchi shahar bor. KXDR 1948-yil 9-sentabrda mustaqil davlat bo’ldi (avvallari Yaponiya imperiyasining Chosun viloyati edi). 9-sentabr — Milliy bayram — Mustaqillik kuni. Davlat boshlig‘i — amalda cheklanmagan hokimiyatga ega boigan prezident (Kim Ir Senning vafotidan so‘ng, 1994-yildan beri mamlakatni prezident Kim Chen Ir boshqaradi). Ikkita vitse-prezident, Ma’muriy Kengash rahbari va to‘qqizta vitse-rahbarlar prezidentga bo‘ysunadilar. Yuqori qonunchilik organi — Xalq Oliy majlisi. Mamlakatda faqat bitta siyosiy partiya — Koreya Mehnat partiyasi ro‘yxatga olingan.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Foydali qazilmalar va gidroenergetik resurslarning katta hajmi mamlakat sanoat taraqqiyotining asosini tashkil qiladi. Asosan qazib chiqarish sanoati (ko‘mir, temir, magnit rudalari, grafit, mis, rux, qo‘rg‘oshin) va og’ir sanoat rivojlangan. Iqtisodiyot ustidan o‘matilgan davlat nazorati hatto kommunistik rejim uchun ham juda qattiq. Qishloq xo’jaligi uchun yaroqli yerlarning barchasi kollektivlashtirilgan. Qishloq xo‘jaligida (YIMning chorak qismiga yaqini) mehnatga layoqatli aholining 36%i band. Asosiy ekinlari — sholi, makkajo’xori, soya, kartoshka, boshoqli ekinlar. Iqtisodiy rivojlanish va turmush darajasi bo’yicha Shimoliy Koreya Janubiy Koreyadan ancha orqada. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Gonkong, Singapur.

 Temiryo‘llarining umumiy uzunligi 4915 km, avtomobil yo‘llari uzunligi 30000 km ga yaqin. Mamlakat portlari: Vonsan, Nampxo, Chxonjin, Xinnam.

  Tarixi. М. a. II-I asrlarda hozirgi Koreyaning hududi Xitoyning mustamlakasi edi. M. a. 37-yili Koreya yarimorolining shimolida Koreys davlati Kogure paydo boiadi, janubiy qismi esa ikkita qirollikka: Pekche va Sillaga bo‘lingandi. X asrning oxirlarida koreys davlatlari Koryo dinastiyasi hukmronligi ostida birlashtirildi. 1321-yili mo‘g‘ullar Koreyani bosib o`lganlarida qirol saroyidagilar Chejudo oroliga bekindilar. Li dinastiyasi hukmronligi yillarida (1392-1910) mamlakatga yaponlar (XVI asr oxiri) va manchjurlar (XVIII asr) hujum qildilar, XIX asrda esa Xitoy, Yaponiya va Rossiya o‘rtasida talash bo‘ldi. 1910-yili Yaponiya tomonidan bosib olingan Koreya 1938-yili yapon bosqinchilariga qarshi kurash boshladi va 1943-yili mustaqillikka erishdi. Biroq sovet va Amerika qo‘shinlari bosib olgan ikki zona 38-parallel bo‘yicha ikki qismga bo‘lindi. 1948-yili mamlakatning shimoliy qismida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi e’lon qilindi. 1950-1953-yillarda Shimoliy va Janubiy Koreya o’rtasida urush davom etdi. Bu urush tugagandan keyin ham ikkala koreys davlatlari o‘rtasida chegara mojarolari bo‘lib turdi. Shimoldagi koreys davlatining dastalbki davridayoq undagi hokimiyat bir kishi — Kim Ir Senning qo‘lida bo‘ldi, u mamlakatda kommunistik diktatura o‘rnatdi. Kim Ir Senning o`limidan so‘ng hokimiyatni uning o‘g‘li Kim Chen Ir egalladi, uncha ko‘p davom etmagan motam davridan so‘ng u KXDRning prezidenti deb rasman e’lon qilindi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.