Singapur
Qo`shimcha ma`lumot
Rasmiy nomi - Singapur Respublikasi. Poytaxti - Singapur. Hududi - 622 km.kv. Davlat tili - ingliz, xitoy (mandarin lahjasi), malay, tamil. Dini - buddaviylik (30%), xristianlik (20%), islom (18%), induizm, taoizm, konfutsiylik (15%). Pul birligi - singapur dollari.
Rasmiy nomi - Singapur Respublikasi. Poytaxti - Singapur. Hududi - 622 km.kv. Davlat tili - ingliz, xitoy (mandarin lahjasi), malay, tamil. Dini - buddaviylik (30%), xristianlik (20%), islom (18%), induizm, taoizm, konfutsiylik (15%). Pul birligi - singapur dollari.
Geografik joylashuvi va tabiati. Mamlakat Singapur oroli va 50 dan ziyod kichik orollarda joylashgan Janubi sharqiy Osiyodagi davlat. Singapur oroli Malay yarimorolidan Joxor bo‘g‘ozi, Sumatra orolidan Singapur bo‘g‘ozi bilan ajratilib turadi. Qirg’oq bo‘ylab chegara uzunligi - 193 km. Mamlakat landshafti - pasttekisliklar. Markazda tepaliklar joylashgan. Asosiy milliy boyligi - baliq. Iqlimi mussonli, ekvatorial. 0‘simliklar asosan tropik o’rmonlar qoldiqlaridan iborat, qirg‘oq bo‘ylarida mango changalzorlari bor. Orollarda paporotniklar va bambuklarning juda ko‘p xillari mavjud, orxideyalaming ko‘pligi hayratga soladi. Singapur faunasi, eng avvalo, qushlarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Sutemizuvchilardan maymunlar va noyob jonzotlar - lemurlar yashaydilar.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Malayziyadan mustaqilligini 1965-yil 9-avgustda qo‘lga kiritgan (Milliy bayrami — Respublika Milliy kuni). Qonunchilik ingliz umumiy huquqiga asoslangan. Ijroiya hokimiyati prezidentga (davlat boshlig‘i) va Bosh vazirga (hukumat boshlig‘i) tegishli. Qonunchilik bir palatali parlament tomonidan amalga oshiriladi. Yigirmata siyosiy partiyalardan eng yirigi Xalq harakati partiyasi (XHP) bo’lib, u mustaqil- likni qo‘lga kiritgandan buyon hukmron partiya hisoblanadi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Singapurda sanoat, ayniqsa elektronika va kemasozlik sohalari yaxshi rivojlangan. Singapur — jahonning eng yirik savdo portlaridan biridir. Qishloq xo‘jaligida asosan kauchuk yetishtiriladi. Kauchuk Singapurning asosiy eksport mahsuloti hisoblanadi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Malayziya, Yaponiya, Gonkong. Temiryo’llarining umumiy uzunligi - 38 km. Avtomobil yo’llari uzunligi - 2597 km.
Tarixi. XIV asrgacha bugungi Singapur hududlari Shri-Vidjaya imperiyasi tarkibiga kirgan. Undan so‘ng Majapa Xit podsholigi tomonidan bosib olingan. XIV asrda bu yerlarning Malakka sultonligi o‘z mulkiga aylantirgan. 1819-yil ingliz Tomas Reflz bu hududlarni sulton Johordan sotib olib Singapur shahriga asos solgan. Shundan so‘ng Singapur Britaniya mustamlakachilik siyosatining asosiy tayanch nuqtalaridan biriga aylandi. II jahon urushi yillarida mamlakat yapon bosqinchilari tomonidan bosib olindi. Urushdan so‘ng Singapur Britaniya mustamlakasi bo‘lib qolaverdi. 1959-yil muxtoriyat huquqini oldi. 1965-yil avgustida Singapur o‘zini mustaqil respublika deb e’lon qildi
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.