Do`lananing 10 shifobaxsh xususiyati
Do`lana mevalarining tarkibida 20 foiz qand, 8 foiz yog`, flavonoidlar, xolin, asetilxolin, oshlovchi moddalar, karotin, S vitamini, organik kislotalar kabi moddalar mavjud. O`zbekiston sharoitida o`sadigan do`lananing ba`zi turlarida V1, V2, RR, S, E vitaminlari borligi aniqlangan.
- Do`lananing bir hovuchi iste`mol etilsa, nafaqat kishini kun bo`yi tashnalik va ochlikdan asraydi, balki unga yaxshi kayfiyat, bardamlik va quvvat ham hadya etadi. Shu boisdan bo`lsa kerak, do`lanani lotin tilida "gratas" (kuchli) deb ataydilar.
- 20 gramm do`lananing mevasidan olinib, 200 ml qaynoq suvga solinadi (qopqoqli emal kastryulga) va past olovda 15 daqiqa qaynatib, sovugach, suziladi. Qaynatmadan 50-100 gramm asabiylashganda, qon bosimi ko`tarilganda va yurak atrofida og`riq paydo bo`lgan holatlarda ichiladi.
- Ikki osh qoshiq quritib maydalangan do`lana gulini emal kastryulkaga solib, ustiga 200 ml qaynoq suv quyib, past olovda 10 daqiqa qaynatiladi. Sovigach, suzib olinadi va kuniga 3 mahal ovqatdan oldin bir osh qoshiqdan ichiladi.
- Do`lana mevasidan xonaki qiyom tayyorlash uchun 25 gramm do`lana mevasi ustiga 200 ml qaynoq suv quyib, quyulguncha qaynatiladi. hosil bo`lgan qiyomsimon moddadan kuniga uch mahal ovqatdan so`ng 40 tomchidan ichiladi.
- Shakarli do`lana qaynatmasi issiqdan hosil bo`lgan bosh og`rig`ini davolashda yaxshi foyda beradi.
- Do`lana me`yorida eyilsa, qon qusish, ichdan qon ketish hamda qayt qilishni to`xtatadi, belni baquvvat qiladi, oyoqdagi og`riqni oladi.
- Do`lanani och qoringa iste`mol qilmaslik kerak, chunki u ichakni qisib (spazm) qayt qildiradi.
- Do`lana iste`mol qilgandan keyin ustidan sovuq suv ichish mumkin emas, aks holda u oshqozon-ichak sanchig`i (kolit)ga sabab bo`lishini unutmang.
- Do`lanani ortiqcha iste`mol qilish buyrakka zararli bo`lib, oshqozon-ichakni zaiflashtirib, kolit, ko`ngil aynishi, qayt qilishni paydo qiladi.
- Do`lanadan tayyorlangan qaynatma, damlama, qiyom, preparatlari bilan faqat shifokor maslahati va nazorati ostida davolanish lozim.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.