loading...

Banan — tushkunlikka qarshi samarali vositadir 

2697


  • Banan tushkunlikka qarshi samarali vositadir. Chunki uning tarkibida ko`p miqdorda triptofan moddasi bo`lib, u organizmda serotonin – baxtiyorlik gormonini ishlab chiqaradi. Shuning uchun banan eb, kayfiyatni osongina ko`tarish mumkin.
  • Banan, hattoki, chaqaloqlarda ham allergiya bermaydigan meva hisoblanadi.
  • Suyaklarni mustahkamlaydi. Bananlar organizmdagi kalsiyni ushlab qoladi. Bu, ayniqsa, qahva ichishni yoqtiradiganlar uchun muhimdir, chunki qahva organizmdan kalsiyni yuvib chiqaradi.
  • Ichak mikroflorasini yaxshilaydi. Banan eganda asosiy ovqat bilan organizmga tushuvchi uning tarkibidagi fermentlar tufayli ovqat tezroq hazm bo`ladi.
  • Bu meva ich qotishidan aziyat chekuvchilar uchun juda foydali. Ularni muntazam ravishda iste`mol qilish sizni bu muammodan xalos etadi.
  • Jig`ildon qaynashi muammosini bir dona banan bilan bartaraf etish mumkin!
  • Banan iste`mol qilganda u oshqozon devorlarini o`rab oladi va shu tariqa uni oshqozon shilliq pardasini agressiv moddalar va ozuqadagi kislotalardan saqlaydi. Bu esa oshqozondagi yaralarning bitishiga va to`qimalarning tez tiklanishiga yordam beradi.
  • Bu meva tarkibida kaliy moddasi ko`p miqdorda bo`lib, jismoniy mashg`ulot bilan muntazam shug`ullanuvchilarga oyoq mushaklari tortishib qolishi holatlarining oldini olishda yordam beradi.
  • Yaxshi quvvat manbai! Jismoniy mehnat bilan shug`ullanish oldidan banan iste`mol qilisangiz, ishingiz unishi turgan gap. Banan organizmdagi shakar miqdorining tez ko`tarilishiga yo`l qo`ymaydi va tanadagi quvvat ketmaydi.
  • Banan ayollar uchun foydali. Banan tarkibidagi serotonin hayz ko`rish davrida ayollarning yomon kayfiyat va yoqimsiz holatlardan holi bo`lishlariga yordam beradi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив