Anor sharbatining foydalari
Oshqozon-ichak faoliyati buzilganda, kamqonlikda har kuni uch mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan anor sharbati iching. Muolajani 2 oydan 4 oygacha davom ettirish mumkin. 1 oylik tanaffus bilan shu tartibda anor sharbatini iste`mol qilsangiz ham bo`ladi.
Organizmni tozalaymiz. Buning uchun 3 hafta davomida anor sharbati ichish kerak. Birinchi hafta kuniga yarim stakandan, ikkinchi haftadan esa bir stakandan qabul qilish mumkin.
Hayz siklini buzilishi kuzatilsa, oy kunlari 7-10 kun davomida 1 stakandan anor sharbati ichish kerak. Bu tuxumdonda garmonlar ishlab chiqarilishini yaxshilaydi.
Harorat ko`tarilganda, tumov va tomoq og`rig`ida. Anor sharbatiga ozgina asal qo`shib iching.
Shishlarni ketkazish va safro haydash xususiyatiga ham ega. Kuniga 1/3 stakan sharbat qabul qilish kifoya.
Ishtahasizlikda: ovqatlanishdan 4 soat oldin yarim stakan sharbat iching.
Yurak xastaliklarida 3 oy davomida nonushtadan yarim soat oldin yarim stakan anor sharbati iching.
Qandli diabetda 1 osh qoshiq asal solingan yarim yoki 2 stakan anor sharbatini kuniga uch mahal ichish mumkin.
Unutmang! Gastrit, bavosil, qabziyat va oshqozon kislotasi oshib ketganda mumkin emas.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.