Har kuni sarimsoq iste’mol qilish foydalimi?
Sarimsoq piyoz shamollash va tumovning oldini oluvchi vosita
sifatida qadim zamonlardan beri qo’llaniladi. Biroq ko’rimsizgina bo’lgan bu mahsulotning
foydali xususiyatlari biz o’ylaganimizdan-da ko’proq. Quyida har kunlik taomnomangizga
sarimsoqni kiritishingiz shartligini tasdiqlovchi 4 sababni keltirib o’tamiz.
1.Sarimsoq kuchli
davo xususiyatlariga ega
Misrliklar, yunon
va yaponlar bir necha ming yilliklar davomida sarimsoq piyozdan dori sifatida foydalanishgan
va bu bejizga emas. Sarimsoq piyoz tarkibida ko’p miqdorda oltingugurt sulfati mavjud.
Bu modda sarimsoqning achchiq hidi va mazasini ta’minlaydi. Bundan tashqari, oltingugurt
organizmning o’z funksiyasini bajarishida muhim ahamiyatga ega. U to’qimalarga qon
ivimasligi bilan boғliq barcha
turdagi kasalliklarga qarshi kurashishda va ovqat hazm qilish jarayonining me’yorida
kechishiga ko’maklashadi. Sarimsoq piyoz oshqozon osti bezi shirasi ishlab chiqarishida
ham muhim rol o’ynaydi.
2. Mikroblarga qarshi
kurashadi
Ma’lumki, kuz-qish
mavsumida o’tkir respirator va yuqumli kasalliklar avj oladi. Shuning uchun ham
sarimsoq piyozni mana shu mavsumda taomnomaga kiritish hayoti zarurat hisoblanadi.
Salomatlik haqida maqolalar chop etuvchi ommabop nashrlardan birining yozishicha,
sarimsoq piyoz shifokorlar tomonidan tez-tez yozib beriladigan ikki nomdagi antibiotikka
nisbatan 100 marotaba samaralidir.
Ayniqsa, uning ichak
infeksiyalari bilan samarali kurashishini alohida e’tirof etish zarur. Bundan tashqari,
sarimsoq organizmdagi turli zamburuғlar bilan kurasha oladi.
3. Saraton
va gipertoniya bilan kurashadi
Tarkibida ko’p miqdorda
oltingugurt sulfati saqlovchi sarimsoq yurak-qon tomir tizimida misli ko’rilmagan
mo’jizalar yaratadi. Xususan, sarimsoq jigardagi xolesterin uchun javobgar fermentlarni
parchalash usuli bilan qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi.
Bu hammasi emas. Sarimsoq
iste’mol qilganingizda arterial qon bosimi tushadi, aterosklerozning oldi olinadi,
bu esa o’z navbatida yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Ayrim mamlakatlar soғliqni saqlash tizimi oshqozon va to’ғri ichak saratonining
kam uchrashishini odamlarning ko’p sarimsoq iste’mol qilishi bilan izohlaydi. Bu
shunchaki tasodif emas, balki ilmiy asoslangan faktdir. Sarimsoq organizmda turli
o’simtalar paydo bo’lishining oldini oladi, o’simtalar o’sishiga yo’l qo’ymaydi.
Bundan tashqari, muntazam ravishda sarimsoq iste’mol qilish qondagi qand miqdorini
bir me’yorda saqlab turishga yordam beradi va o’z-o’zidan qandli diabetning oldi
olinadi.
4. Sarimsoq sog`lom soch
va teri go’zalligini ta’minlaydi!
Olimlar bir necha
tajribalar orqali sarimsoq piyoz tarkibidagi moddalar insonning bo’yi va sochi o’sishiga
ijobiy ta’sir ko’rsatishini aniqlagan. Atrof-muhitdagi turli omillar yoki vitamin yetishmasligi sababli soch to’kilishida sarimsoq qo’shimcha davo vositasi sifatida
yordam beradi.
Kosmetologlarning
fikriga ko’ra, o’zining mikroblarga qarshi kurashish funksiyasi tufayli sarimsoq
piyoz teri holatini sezilarli darajada yaxshilaydi, undan to’ғri va o’rinli foydalanish
esa terini silliqlashtiradi.
Eng muhimi qimmatbaho ozuqaviy qo’shimchalar
va vitamin komplekslaridan farqli ravishda sarimsoq piyoz o’zimizda yetishtiriladi
va buning xisobiga bozorlarimizdan hamyonbop narxlarda xarid qilishimiz mumkin.
manba: asr.uz
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.