loading...

Sarimsoqpiyoz hamma uchun foydali! 

18881

O`simliklardan qay birini olmaylik, barida inson salomatligini tiklash uchun kerakli birikmalar, vitamin va minerallar bisyor. Ko`pchilik o`tkir hidi uchun xushlamaydigan, ammo kerak paytda darrov murojaat qiladigan sarimsoqpiyoz ham foydali moddalar xazinasi hisoblanadi. Sarimsoqpiyozning qay kasalliklarda davo bo`lishi, qaysi holatlarda esa zarar qilishi haqida Namangan shahar «Xalq tabobati markazi» tabibi, shifokor-terapevt Abduhalil BANNAEV ma`lumot beradi.

Hamma uchun birdek foydali!
Sarimsoqpiyoz erkaklar jinsiy salomatligi uchun juda asqatadi. Uning iste`moli erkak qonidagi testosteron darajasi doim yuqori bo`lishiga xizmat qiladi. Tarkibidagi selen esa erlik urug`ining ko`payishiga yordam beradi.

Sarimsoqpiyozning sport bilan shug`ullangan paytda yordami beqiyos. Chunki u qorin, bel sohasidagi yog` qatlamini tezroq yo`qotib, mushaklarni kuchaytiradi.

Tarkibida biologik faol moddalari ko`pligi bois, sarimsoqpiyoz saraton hujayralarini yo`qotish kuchiga ega. Shu bois, bachadondagi har xil shish, o`simta, polip, kista, eroziyalarning xafvli o`smalarga aylanib ketmasligi uchun ayollarimiz ham ushbu o`simlikni taomnomalariga doim qo`shishlari kerak. Kaliy, kalsiy va foliy kislotasiga nihoyatda boy bo`lgani uchun homiladorlikning ilk pallasida yangi chiqqan sarimsoqpiyozni ko`proq eyish tavsiya etiladi. Kalsiyga boyligi esa 50 dan keyin ayollarda ko`p kuzatiladigan osteoartroz, osteoporozning oldini oladi.

Sarimsoqpiyozning o`tkir hididan cho`chisangiz, dorixonada sotiladigan tayyor sarimsoqpiyozli kapsulalardan foydalaning. Yoki sarimsoq egandan keyin ortidan bir piyola sut ichsangiz, hididan xalos bo`lasiz.

Gijjaga qarshi
Sarimsoqpiyozni mayda to`g`rab, hididan nafas olganingizning o`zdiayoq gijjalardan xalos bo`la boshlaysiz. Davolanish samarali bo`lishi uchun yarim piyola sutga 1 choy qoshiq maydalangan sarimsoqpiyoz qo`shib qaynatiladi. Bu aralashmani nahorga, uch kun iching. Muolaja vaqti shirinlik emang. Uch kundan so`ng yotishdn oldin 4–6 ta tabletka miqdorida faollashtirildgan ko`mir ichib, organizmni gijja qoldiqlaridan batamom tozalashga erishasiz. Aks holda bosh og`rig`i, yomon kayfiyat, mushak va suyak zirillashi kabi noxush alomatlarni orttirib olishingiz mumkin-da.

Shamollash, bronxit, zotiljamda…
Sarimsoqpiyozni toza tovada qizartirib qovurib, dumba yog`i bilan aralashtirib, ko`krak qafasi va tovonlarni ishqalab surtish uchun foydalaniladi. Aralashma juda tez, 2 kundayoq yordam beradi.

Jigar kasalliklarida
5 bosh sarimsoqpiyoz va 5 dona limonni po`sti bilan go`shtqiymalagichdan chiqarib, ustiga 1 litr sovuq suv quying-da, qaynatib oling. Aralashma 1 osh qoshiqdan asal qo`shib, ovqatdan oldin qabul qilinadi. Limon va sarimsoqpiyozli aralashma jigarni yog` bosishi, qandli diabet, qonni tozalash, sariq kasalidan keyin, o`t pufagi muammolari, semizlik, antibiotik va gormonal dorilarning zararini kesishda foyda beradi.

Uzoq umr ko`rish uchun
Xitoyliklar orasida har kuni nahorga 1 bo`lak sarimsoqpiyozni so`rish odat tusiga kirgan. Bunda organizm zaharli xiltlar, ortiqcha xolesterindan tozalanib, yosharadi. Buning uchun bir bo`lakcha sarimsoqpiyozni maydalab, aralashmani til ostiga qo`yib yarim soat shimib yuriladi. Keyin tuflab tashlab, og`iz qaynatilgan suvda chayiladi.

Zarari ham bor
Sarimsoqpiyoz qon bosimi ko`tarilib-tushadigan, epilepsiya, bavosir qo`zg`agan payti, kamqonlik, emizikli ayollar, oshqozon-ichak kasalliklari, jigar yallig`lanishi, buyrak og`riganda tavsiya etilmaydi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив