Yong`oq haqida
Abu Ali ibn Sino yong‘oq haqida shunday degan: "Yaprog‘i va qobig‘i burishtiruvchi bo‘lib, qon oqishiga qarshi foydasi bor. O‘g‘i el yaraga, sarmasga va ko‘z atrofidagi yaralarga malham bo‘ladi. O‘ng‘oqning murabbosi mijozi sovuq me’da uchun (buyrakka ham) foydali, gijjalarni haydaydi".
Ulug‘ tabib yong‘oq bargi shirasini iliq holda quloq ichi yiringlaganda tomizgan, po‘stidan tayyorlangan qaynatmani esa bachadondan qon ketishini to‘xtatishda qo‘llagan.
Mag‘zi. Yo‘ng‘oq mag‘zi tarkibida yog‘, oqsil, temir va kobalьt, S, A, R, E kabi vitaminlar mavjud. Mevaning mag‘zi erkaklarda jinsiy quvvatni oshiradi, buning uchun kuniga 10-12 ta yong‘oq eb turish tavsiya etiladi. Ayniqsa, mag‘zini maydalab, asal bilan aralashtirib kuniga 3-4 osh qoshiqdan eb turilsa, tanaga quvvat beradi. Shuningdek, prostata bezi yallig‘lanishi, adenoma, oshqozon-ichak, jigar va buyrak kasalliklarining oldini olishda ham yong‘oq eyish tavsiya qilinadi. Ateroskleroz, yurak-qon tomir dardlari, semizlik, kamqonlikka duchor bo‘lishni istamaganlar uchun yong‘oq bebaho ko‘makchi.
Mag‘zidagi fosfor va kalьtsiy raxitning oldini olishda foydali. Unda magniy ham mavjud, tomirlarni kengaytirish va peshob haydash xususiyatiga ega.
Kislotalilikning oshishi bilan kechadigan gastritda kuniga 7-10 dona yong‘oq chaqib yeyish kerak.
O‘t yo‘llari kasalliklarida esa kuniga 3-4 mahal 25 gramm mag‘iz eyish tavsiya etiladi. Muhammad Xusayn ibn Muhammad al-Oqiliy "Davolar xazinasi" asarida yong‘oqning badanni yumshatishi, qattiq moddalarni so‘rib olishi, me’da ishini yaxshilashi, miya, yurak va jigarni mustahkamlashini aytgan.
Bargi. Xalq tabobatida yong‘oq bargi shirasini temiratki, ekzema, har xil turdagi teri sili, yuqumli, yiringli kasalliklarda davo sifatida ishlatilgan. Barg damlamasi tepki, teri kasalligi, raxit, ich ketganda naf beradi:
Yangi bargini siqib, suvini terining zamburug‘li kasalliklarida ishlatish mumkin.
Ichak disbakteriozida 10 gramm quritilgan yong‘oq bargi 1 litr qaynagan suvda 15 daqiqa damlanadi. Suzib, kuniga 3 stakan ichiladi. Gijjalarni tushirish uchun 1 oshqoshiq quritilgan yong‘oq bargini bir stakan suvga solib o‘rab qo‘ying, 2 soat o‘tgach, suziladi va kuniga 3-4 mahal 1 choy qoshiqdan ichiladi.
Agar qo‘l tez-tez terlasa yong‘oq bargi qaynatilgan suvda yuvish lozim. Milk yallig‘langanda esa bargidan tayyorlangan damlama bilan og‘iz chayilsa shifo bo‘ladi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.