Sen-Pyer va Mikelon
Rasmiy nomi — Sen-Pyer va Mikelon (Fransiyaning hududiy birligi). Poytaxti — Sen-Pyer. Hududi — 242 km.kv. Aholisi -5 716 (2014-yil iyul). Davlat tili — fransuz. Dini — katolik. Pul birligi — Fransiya franki.
Geografik joylashuvi va tabiati. Fransiyaning hududiy birligi bo‘lib, Nyufaundlend (Kanada) orolining janubida, Atlantika okeanining shimoli g‘arbida 8 ta mayda (eng yiriklari — Sen-Pyer, Langlad, Mikelon) orollardan iborat arxipelagda joylashgan davlat. Orollar toshli pasttekislik va yassitog‘liklardan iborat. Iqlimi — dengiz iqlimi. Orollarda to‘tiqush, kolibri, hasharotlar ko‘p. Dengizda ko‘plab baliq turlari uchraydi.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Siyosiy tuzilishi — Fransiyaning hududiy birligi. Boshqaruv rahbari — prefekt, Fransiya hukumati tomonidan tayin lanadi. Ma’muriy hududlarga bo‘linmagan. Siyosiy partiyalari: Fransiya partiyalarining mahalliy bo‘limlari amal qiladi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Aholining asosiy mashg’uloti — baliq ovlash. Mahalliy sanoat asosini baliqni qayta ishlash tashkil etadi. Mashinasozlik, kemasozlik korxonalari mavjud. Iqlimi va yerning unumsizligi sababli qishloq xo‘jaligi rivojlanmagan. Mikelon orolida qoramol, cho‘chqa, qo‘y boqiladi. Asosiy savdo hamkorlari: Kanada, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya. Asosiy porti: Sen-Pyer. Xalqaro aeroport mavjud.
Tarixi. 1520-yili portugallar tomonidan kashf qilingan. 1604-yili fransuzlar tomonidan egallab olingan. 1816-yilgacha Buyuk Britaniya tarkibiga ham o‘tib turgan. 1946-yili Fransiyaning dengizorti hududi, 1976-yili dengizorti departamenti, 1985-yili Fransiya hududiy birligi maqomini oldi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.