loading...

Zarafshon iqtisodiy rayoni 

16196

Bu iqtisodiy rayon Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari hududidan iborat. Maydonining kattaligi jihatidan Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidan
keyinda turadi. Maydonining asosiy qismi tekislik (Qizilqum cho‘li)dan iborat. U qorako‘lchilik uchun ahamiyatlidir. Tekislik markazida Tomditog‘ (eng baland cho‘qqisi 922 m), Bo‘kantog‘, Ovminzatog‘, Quljuqtog‘ qad ko‘tarib turadi. Tekislikning sharqida Nurota, Oqtog‘, Qoratog‘larning g‘arbiy qismi joylashgan. Bular ham iqtisodiyotda muayyan ahamiyat kasb etadi.

Zarafshon vodiysining quyi qismlari obikor dehqonchilik uchun qulay. Iqtisodiy rayon iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq. O‘simlik o‘sadigan davr haroratining yig‘indisi shimolda 3000°C ni, janubda esa 5000°C ni tashkil etadi. Yog‘in nihoyatda kam, yillik yog‘in miqdori 100–300 mm xolos. Qor qoplami yupqaligi yaylov chorvachiligiga qo‘l keladi. Cho‘lda yerosti suvlaridan chorvachilikda, kichikroq joylarda esa sabzavot yetishtirishda foydalaniladi. Tez-tez garmsel shamoli xuruj qilib, o‘simliklarni qovjiratib ketadi.

Suv muammosini hal qilish uchun Zarafshon daryosida Amu–Qorako‘l va Amu–Buxoro mashina kanallari, kanalda esa Quyimozor suv ombori ishga tushirilgan. Suvni 64 metr balanddagi bu kanallarga qudratli nasoslar ko‘tarib beradi. Suv omborga va undan kanallar orqali Buxoro vohasini sug‘orishga sarflanadi.

Zarafshon iqtisodiy rayonida xilma-xil mineral boyliklar ko‘p. Jumladan, Gazli, Uchqir, Qorovulbozor, Sortosh tabiiy gaz konlari, Kogon yaqinida neft koni, Muruntov oltin koni, Ingichka va Zarmitanda nodir metallar konlari, oltingugurt konlari, qurilish materiallari va mineral bo‘yoq konlari mavjud. Bu boyliklar iqtisodiy rayonda energetika, rangli metallurgiya, kimyo hamda qurilish materiallari sanoatlarini rivojlantirish uchun baza hisoblanadi.

Aholisi. Iqtisodiy rayon aholisining ko‘payish sur’ati mamlakat aholisining o‘rtacha o‘sishiga yaqinlashadi. Aholi hudud bo‘ylab juda notekis joylashgan. Ayniqsa, cho‘l mintaqasida aholi o‘ta siyrak.

Xo‘jaligi ­va ­uning ­hududiy ­tashkil ­etilishi. Ushbu iqtisodiy rayonda agrosanoat majmuyi tarkib topib bormoqda. Sanoat ko‘p tarmoqlidir. Zarafshon­ iqtisodiy­ rayonining elektroenergetika, rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo va gaz-kimyo, mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat kabi tarmoqlari jadal rivojlanmoqda.

Qorovulbozor shahrida yiliga 5 mln tonna neftni qayta ishlaydigan korxonaning ishga tushirilishi rayonda iqtisodiyotning yangi iqtisodiy sohasini vujudga keltirmoqda. Korxona mamlakatimiz neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning yarmini qondira oladi. Iqtisodiy rayon hosil etilayotgan elektr energiya miqdoriga ko‘ra Toshkent va Mirzacho‘l iqtisodiy rayonlaridan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Elektr quvvati, asosan, Navoiy IESidan olinmoqda, IES tabiiy gaz bilan ishlaydi. Gaz sanoati bo‘yicha rayon yaqin yillargacha O‘zbekistonda yetakchi o‘rinda edi. 

Qashqadaryodagi Sho‘rtan gaz koni ishga tushirilgach, ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Kimyo sanoati tabiiy gaz va boshqa mineral xomashyoga tayanadi. Zarafshon hududiy ishlab chiqarish majmuyining asosiy tarmoqlaridan biri yengil sanoatdir.

Qishloq xo‘jaligi paxtachilik va qorako‘lchilikdan iborat. Yurtimizdagi yaylovlarning yarmidan ko‘pi shu rayonda. Yaylovlar mahsuldorligini oshirish uchun fitomeliorativ tavsiyalar tayyorlovchi 6 ta o‘rmon xo‘jaligi va 1 ta o‘rmon-melioratsiya stansiyasi ishlab turibdi. O‘zbekistondagi qorako‘l qo‘ylarning va tuyalarning yarmidan ko‘pi shu iqtisodiy rayonda boqiladi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив