Qashqadaryo viloyati
Maydoni 28,6 ming km.kv. Aholisi 3 mln. 213 ming 100 kishidan ortiq (01.01.2019-yil). Qashqadaryo viloyatida 13 ta tuman, 12 ta shahar va 117 ta shaharcha.
Qashqadaryo viloyati mamlakat hududining 6,4 foizini egallaydi. U yerda O‘zbеkiston aholisining 9,6 foizi ya shaydi. Rеspublikamizdagi asosiy nеft va gaz konlari shu hududda joylashgan. Qashqadaryo yoqilg‘i sanoati yalpi mahsulot hajmi bo‘yicha mamlakatda 1-o‘rinda turadi. Shuningdеk, rеspublikada ishlab chiqariladigan elеktroenеrgiyaning 1/10 qismini, yеngil sanoat mahsulotlarining 7 foizdan ortig‘ini bеradi. Qulay tabiiy sharoiti tufayli ekin maydonlari katta. Viloyat jami ekin maydoni, xususan, g‘alla va paхta ekin maydonlari bo‘yicha rеspublikada birinchi o‘rinda turadi.
Iqtisodiy geografik o‘rni va tabiiy boyliklari. Bu viloyatda yillik o‘rtacha harorat O‘zbekistonning boshqa joylaridagidan birmuncha yuqori. Viloyatda 1 mln gektarga yaqin sug‘orishga yaroqli yer bor, biroq suv tanqis. Hatto suvdan eng samarali foydalanilganda ham ko‘p yerlarga suv yetib bormaydi. Shu tufayli aksar yerlarga bahorikor donli ekinlar ekilmoqda. Qashqadaryo vodiysi Qashqadaryo va uning chap irmoqlari – Oqsuv, Tanxozdaryo, Yakkabog‘ va G‘uzordaryo suvi bilan sug‘oriladi. Vodiyda Chimqo‘rg‘on suv ombori qurilib, Qashqadaryoning o‘rta va quyi oqimida suv sarfanishining tartibga solinishi hamda Eski Anhor kanali orqali Zarafshondan suv keltirilishi natijasida obikor yerlar maydoni ancha kengaydi (o‘quv atlasini ko‘zdan kechiring).
Tuproq va iqlim sharoiti ingichka tolali paxta, sabzavot, kartoshka va mevalar yetishtirishga qulay. Biroq G‘uzordaryo kamsuv bo‘lib, faqat bahor (aprel)da to‘lib oqadi. Uning oqimini tartibga solish maqsadida Pachkamar suv ombori qurilgan. Shuningdek, vohada Hisorak suv ombori, deyarli 1 million gektar maydonni sug‘ora oladigan Amu–Qarshi mashina kanali qurilgan. Bu kanal yo‘lida bir yarim milliard kub metr suv sig‘adigan Talimarjon suv ombori, kuch li nasos stansiyalari barpo etildi. Nasoslar suvni 132 metr yuqoriga ko‘tarib beradi.
Aholisi. Tabiiy, tarixiy va iqtisodiy sharoitlar shahar hamda qishloqlarning katta-kichikligiga, aholi zichligi va xo‘jalik faoliyatining xarakteriga jiddiy ta’sir etgan. Aholi punktlari daryo yoqalab tarkib topgan. To‘rt-besh xonadondan iborat qishloqlar ulkan hudud bo‘ylab sochilib ketgan. Yaqingacha uylar terak, archa, qayrag‘och, tosh, tuproq, somon kabi mahalliy ashyolardan qurilar edi. Yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayonida obod qishloqlar, shaharchalar qad ko‘tardi.
Qarshi cho‘li mintaqasida ixtisoslashgan paxtachilik, mevachilik, chorvachilik xo‘jaliklari tashkil etilgan. Paxta yetishtirish majmuyi takomillashgan rayonga aylandi. Viloyat qishloq xo‘jaligida bahorikor don xo‘ jaligi, yaylov chorvachiligi, ayniqsa, qorako‘lchilik katta sal moqqa ega. Viloyat bug‘doy yetishtirish bo‘yicha qadimgi mavqeyini tiklamoqda. Pillachilik, mevachilik va sabzavotchilik ixtisosli xo‘jaliklarning qo‘shimcha tarmoqlaridir.
Paxta, asosan, Kitob–Shahrisabz botig‘i va Qarshi vohasida ekiladi. Kuzgi don ekinlari yozgi issiq kun lar boshlanmasdan pishib ulguradi. Tabiiy sharoit tok hamda danakli meva daraxtlari uchun ham qulay. Qarshi uzumi, ayniqsa, uning «maska» navi shirinligi bilan mashhur. Olma, nok, anjir, anor kabi issiqsevar mevali daraxtlar ham o‘stiriladi. Mevazorlar, sabzavot va poliz ekin maydonlari ham, asosan, Kitob–Shahrisabz botig‘ida bo‘lib, ulardan shu yerning o‘zida sharob, meva-sabzavot konservalari ishlab chiqariladi.
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari: g‘allachilik, paxtachilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, go‘sht-sut chorvachiligi, qo‘ychilik, pillachilik.
Sanoati. Qashqadaryo – mamlakat nеft va gaz sanоatining tayanchi hisоblanadi. Qarshi cho‘lining janubi g‘arbiy qismida vоdоrоd sulfatidan gaz ajratib оladigan ulkan gaz sanоati markazi jоylashgan.
Qashqadaryo vilоyatida 150 ga yaqin sanоat kоrхоnasi faоliyat yuritmоqda. Ularning asоsiy qismi nеft va gaz, paхta tоzalash, binоkоrlik, yеngil hamda оziq-оvqat sanоatiga iхtisоslashgan.
Sanoatning asosiy tarmoqlari: yoqilg‘i (neft va gaz), kimyo va gaz-kimyo, elektroenergetika, yengil va oziq-ovqat.Yirik sanoat korxonalari Qarshi, Shahrisabz shaharlarida hamda ba’zi yirik qishloq va sha harchalarda joylashgan. Mahalliy sanoat palos, do‘ppi, qandolat kabi milliy hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaradi. Vohada neft, gaz, tuz kabi foydali qazilmalar negizida yoqilg‘i-energetika majmuasi shakllanib bormoqda. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning tarmoqlari tarkibida yoqilg‘i mahsulotlari katta qismni tashkil etadi.
Viloyatda yangi neft va gaz konlari ishga tushirilishi, «Tosh g‘uzor–Boysun–Qumqo‘rg‘on» temiryo‘lida qatnov yo‘lga qo‘yilishi natijasida dashtlarda, adirlarda ham sanoat obyektlari bo‘y cho‘zmoqda. Jumladan, Dehqonobodda yiliga 200 ming tonna kaliy o‘g‘it beradigan zavod qad rostladi. Yaqin istiqbolda zavod mahsulotining deyarli yarmi eksportga jo‘natila boshlaydi.
Ijtimoiy sohalar. Qashqadaryo viloyatida 250 dan ortiq tarixiy-me’moriy obida, 900 dan ortiq arxeologik yodgorliklar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati davlat muhofazasiga olingan.
Shaharlari. Viloyatda 12 ta sha har bor. Qarshi vilоyatning ma’muriy, mada niy markazi. Qadimiy karvоn yo‘li usti da bunyod bo‘lgan mazkur shaharning 2700 yillik tantanalari nishоnlandi. Qarshi shahrining maydоni 75,5 kv.km ni tashkil etadi. Bugungi Qarshi ko‘p funksiyali shahar hisоblanadi. Shahardagi sanоat tarmоqlari tarkibida yеngil sanоat va оziq-оvqat sanоati yеtakchi o‘rin tutadi. Paхta tоzalash zavоdi, yog‘-sut zavоdi, tikuv fabrikasi, qurilish matеriallari, mеtallga ishlоv bеruvchi kоmbinatlar vilоyat iqtisоdiyotining rivоjiga munоsib ulush qo‘shib kеlmоqda. Hоzirgi vaqtda Qarshi shahrida ko‘plab qo‘shma kоrхоna faоliyat ko‘rsatmоqda. «Меvalar kamalagi» O‘zbеkistоn–Britaniya, «Qarshiyog‘» O‘zbеkistоn–Singapur qo‘shma kоrхоnalari mahalliy хоmashyoni qayta ishlash yo‘li bilan mahsulоt ishlab chiqarmоqda.
Qarshi va uning tevaragida paxta, ipak, yog‘ zavodlari, metall ishlash korxonalari, tikuvchilik fabrikalari, binokorlik materiallari kombinati kabi korxonalar qurilib, Qarshi sanoattuguniga aylandi. Cho‘lni o‘zlashtirishda Qarshi tayanch manzil hisoblanadi. Temiryo‘l va avtomobil yo‘llari Qarshida birlashadi. Bu hol Nishon, Talimarjon, Koson kabi shahar va shahar-
chalarning ishlab chiqa rish aloqalarini rivojlantiradi. Shaharda Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtiso diyot instituti, Tosh kent axborot texnologiyalar universitetining Qarshi filiali va boshqa ta’lim muassasalari bor.
chalarning ishlab chiqa rish aloqalarini rivojlantiradi. Shaharda Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtiso diyot instituti, Tosh kent axborot texnologiyalar universitetining Qarshi filiali va boshqa ta’lim muassasalari bor.
Shahrisabz. Shahar azaldan hunarmand chilik ning yirik markazi bo‘lib kelgan. Shahri sabzning gilam do‘ppisi Parij ko‘rgazmasida yuqori baholangan. Paxta tozalash zavodi shahardagi yirik korxonalardan hisoblanadi. Shahrisabz buyuk jahongir Amir Temur tug‘ilgan yurt. Shahar qiyofasida qadimiy me’morchilik obidalari, shu jumladan, Oqsaroy yodgorligi ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.
Комментарий - 1