loading...

Bosniya va Gersogovina 

6394

 Rasmiy nomi — Bosniya Gersegovina. Poytaxti — Sarayevo.  Hududi — 51129 km.kv. Aholisi — 4,2 mln (2012). Davlat tili — serb-xorvat. Dini — islom (40%), pravoslav (31%), protestantlik (4%), katolik (2%). Pul birligi — yagona pul birligi yo’q, muomalada Yugoslaviya dinori, Xorvatiya kunasi, yevro.
Geografik joylashuvi va tabiati.Yevropaning janubi sharqida, Bolqon yarimorolida joylashgan. Shimolda va g‘arbda Xorvatiya bilan, sharq va janubda Serbiya hamda Chernogoriya bilan chegaradosh. Hududining 90% ini togiar egallaydi. Janubroqda pasttog‘liklar va hosildor tog‘ daralari balandligi 2000—2400 metr bo’lgan Dinor yassitog`ligiga aylanadi. Tekisliklar shimolda — Sava daryosi bo‘yida mavjud.
 Iqlimi: markazda — mo‘tadil kontinental, sohil bo‘yida — subtropik. Asosiy daryolari: Vrbas, Neretva, Bosna, Uva. Tabiiy boyliklari: ko‘mir, lignit, temir rudasi, boksitlar. Mamlakatning asosiy qismi 0‘rtayer dengizi o‘simliklari, bargli va ignabargli daraxtlar bilan qoplangan. O‘rmonlarda silovsin, bori, ayiq, tulki, ohu va muflonlar yashaydi.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzumi — prezidentlik respublikasi. Davlat va huku­mat rahbari — prezident. Ijro etuvchi hokimiyat   prezident, shuningdek, yetti a’zodan iborat Bosniya-Gersegovina prezidiumiga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organ — ikki palatali Milliy Assambleya. Asosiy ma’muriy-hududiy birligi — obshchina (mamlakat 109 obshchinaga bo‘lingan). Asosiy siyosiy partiyalari: Musulmon demokratik harakat partiyasi, Serb demokratik partiyasi, Xorvat demokratik hamdo‘stligi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat ulkan qazilma boyliklar zaxiralariga ega. 1991-1992-yillardagi urush natijasida iqtisodiyotda keskin tushkunlik yuz berdi. Hozirda sanoat ishlab chiqarishi juda past darajada. Nisbatan ko‘mir, kimyo, elektr energiyasini ishlab chiqarish, asbob-uskuna yasash, yog‘ochni qayta ishlash sanoatlari rivojlangan. Temir, ko‘mir, boksitlar qazib olinadi. Boshoqli o‘simliklar, tamaki, turli mevalar yetishtiriladi. Eksport: qishloq xo’jalik mahsulotlari, kimyo sanoati mahsulot­lari, temir rudasi, yog‘och. Import: mashina va uskunalar, yoqilg’i. 2012-yil YIM miqdori 28,6 mlrd AQSH mln dollarni (aholi jon boshiga — 7,3 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: MDH va Sharqiy Yevropa davlatlari.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.