loading...

Ruanda 

4046

  Rasmiy nomi — Ruanda Respublikasi. Poytaxti — Kigali. Hududi — 26340 km.kv. Aholisi – 10,2 mlndan ortiq kishi (2012). Davlat tili — ingliz, fran- suz va kinyaruanda (eng katta etnik guruhlarini — xutu (70%), pigmey (14%), va tutsilar (9%). Dini — katoliklar (65%), majusiylar (25%), protestantlar (9%), musulmonlar (1 % ). Pul birligi — Ruanda franki.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Afrika davlati. Janubda Burundi (chegara uzunligi — 290 km), sharqda Tanzaniya (217 km), g’arbda Qarbda Kongo Demokratik Respublikasi (217 km), shimolda Uganda (169 km) davlatlari bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi — 893 km. Mamlakat Sharqiy Afrika pasttekisligining g’arbiy qismida joylashgan. Ustunlik qiluvchi tepaliklar dengiz sathidan 1500-2000 m balandlikda joylashgan. Ruandaning yuqori nuqtasi — Xarisimbi tog‘i (4507 m). Asosiy daryosi Koira-Nilning irmog‘i. Mamlakatning yirik ko’li — Kivu kema qatnovi uchun yaroqlidir. Asosiy tabiat resurslari: oltin, volfram rudasi, tabiiy gaz, qalay. Iqlimi — subekvatorial. 0‘simlik dunyosi inson faoliyati ta’sirida o‘rmonlar o‘rnini savannalar va evkalipt ekinzorlari egalladi. Tog‘ yonbag‘irlarida fikus, palma, bambuk kabi daraxtlar uchraydi. Yirik hayvonlarni faqat Milliy bog‘da uchratish mumkin. Bular timsoh, begemot, fil, antilopa va eng asosiysi odamsimon qora gorillalar.
  Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat boshqaruv shakli — respublika. Mamlakat tarkibi 11 ta prefekturadan iborat. Ruanda mustaqillikni 1962- yil 1-iyunda qoiga kiritdi (bundan oldin Belgiya mustamlakasi) va shu kun milliy bayram sifatida nishonlanadi. Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig‘i) hamda premyer-ministrga tegishlidir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali Milliy yig’in amalga oshiradi. Siyosiy partiyalari: Demokratiya va taraqqiyot uchun milliy respublikachilar harakati, Xutu partiyasi, Ruanda vatanparvarlar fronti, Xristian-demokratlar partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining asosini (Y1M — 50%) tashkil qilib, qahva va choy umumiy eksport hajmining 90%ini tashkil qiladi. Sanoat ishlab chiqarish qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash (YIM — 17%) va tog‘-kon sanoati, volfram va qalay rudasini qazib olish bilan cheklangan. 1994-yilda boshlangan fuqarolar urushi ham iqtisodning umumiy ahvoliga salbiy ta’sir qildi. Asosiy savdo hamkorlari — Germaniya, Belgiya, AQSH, Italiya.
  Tarixi. XVI asrga kelib hozirgi Ruanda hududida boshqaruv shakliga ko‘ra absolut monarxiya bo‘lgan davlat tashkil topdi. Yevropaliklar Ruandani 1858-yilda kashf qilishgan. 1898-yilda esa mamlakat hududi Urundi qirolligi bilan birgalikda Germaniya Sharqiy Afrikasi tarkibiga kirdi. 1923-yilda Belgiya Millatlar Ligasidan Ruanda-Urundi hududlarini boshqarishga mandat oldi. 1946-yilda Belgiya homiyligidagi va boshqaruvi ostidagi hududga aylangan Ruanda-Urundi 1960-yilda Kongo mustaqilligi e’lon qilingandan so‘ng Zoir tarkibiga qo’shilgan va shu yilning o‘zida undan ajralib chiqqan. 1961-yilda o‘tkazilgan referendum oqibatida Ruanda-Urundi shu yilning o‘zida respublika deb e’lon qilingan va Burundi hamda Ruandaga ajralib ketdi. 1962-yilda esa to‘la mustaqillikni qo‘lga kiritdi. 1973-yil davlat to‘ntarilishi oqibatida hokimiyat tepasiga harbiylar kelib, parlamentni ham, siyosiy partiyalarni ham tarqatib yuborishdi. 1990-yilda ko’pchiligi 1959-yilda Ugandadan immigratsiya qilgan tutsi va xutu etnik guruhlari o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar boshlanib ketdi. 1992-yilda mojaroni bostirishga erishildi va mamlakatda demokratiyalashtirish jarayoni boshlandi. Biroq 1994-yilda etnik to’qnashuvlar yangi kuch bilan avj oldi. Ugandadagi fuqarolar urushi o‘zi bilan minglab qurbonlar va qo‘shni mamlakatlarga, asosan Burundi va Zoirga millionlab emmigrantlarning qochib chiqishiga olib keldi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.