Yerning quyosh atrofida aylanishi
Yil.
Yer Quyosh atrofini 365 sutka va 6 soatda bir marta to‘liq aylanib chiqadi.
Hisobga to‘g‘ri bo‘lsin deb bir yil 365 kun deb qabul qilingan. Shunda har yili 6 soatdan yig‘ilib, 4 yilda 24 soat, ya'ni bir sutka bo‘ladi. Shuning uchun har uch yildan keyin to‘rtinchi yil 366 kun bo‘ladi. Bu yil kabisa yili deyiladi. Shu yili fevral oyi 28 kun emas, 29 kun hisoblanadi.
Nega yil fasllari almashinib turadi?
Buni tushunish uchun yuqoridagi rasmni tahlil qilamiz. Rasmda Yerning Quyosh atrofida aylanayotgan turli vaqtlaridagi holati tasvirlangan. Iyun oyida Shimoliy yarimshar Quyoshga ko‘proq qarab turadi. 22 iyunni yozgi Quyosh turishi kuni deyiladi. Quyosh ufq ustida eng baland ko‘tariladi. Shimoliy yarimsharda yoz, Janubiy yarimsharda esa qish bo‘ladi. 21 mart va 23 sentabr kunlari esa Quyosh ikkala yarimsharni bir xilda yoritadi. Bu kunlarni bahorgi va kuzgi teng kunlik deyiladi. 22-dekabrda esa Yer Janubiy yarimshari bilan Quyoshga qarab turadi. Shimoliy yarimsharda kun eng qisqa, tun esa eng uzun bo‘ladi. Bu vaqtda Janubiy yarimsharda yoz, Shimoliy yarimsharda esa qish bo‘ladi. 22 dekabrni Quyoshning qishki turish kuni deyiladi.
Qutbiy doiralar.
Qutbiy doiralar qutb kuni va qutb tuni bo‘ladigan joylarning chegarasidir. Shu chegarada yozda bir sutka qutb kuni va qishda bir sutka qutb tuni bo‘ladi. Shimoliy qutbda qishda 178 sutka tun, yozda 186 sutka kunduzi bo‘ladi.
Globus, Yarimsharlar xaritalarida 23,50 shimoliy va janubiy kengliklardan uzuq-uzuq chiziqli parallel o‘tkazilgan. Bu parallel tropik chiziqlardir. Shimoliy yarimshardagisiShimoliy tropik, Janubiy yarimshardagisi Janubiy tropik deyiladi.
Quyosh yozgi turishi kunida Yer yuzining shu kengliklarida tush vaqtida qoq tepa(zenit)ga keladi. Ertasidan boshlab Quyoshning ufq dan balandligi asta pasaya boshlaydi. Janubiy va Shimoliy tropik chiziqlari oralig‘ida bir yilda Quyosh ikki marta qoq tepaga keladi. Shimoliy tropikdan shimolda va Janubiy tropikdan janubda esa Quyosh hech qachon qoq tepa(zenit) ga kelmaydi.
Yerning issiqlik mintaqalari.
Quyoshdan keladigan issiqlik va yorug‘lik Yer yuzida bir xilda taqsimlanmaydi (Nega?). Ekvatorning ikki yonida Shimoliy va Janubiy tropiklargacha bo‘lgan joylarga eng ko‘p issiqlik va yorug‘lik keladi. Bu yerlarda Quyosh ufqdan baland ko‘tarilib, yil bo‘yi quruqlik va okeanlarni qattiq isitadi. Bu joylar Yerning issiq (tropik) mintaqasidir.
Tropik chiziqlar bilan qutbiy doiralar oralig‘i Quyoshdan kamroq yorug‘lik va issiqlik oladi. Bu yerlar mo‘tadil (o‘rtacha) mintaqalardir. Qutbiy doiralardan qutblargacha bo‘lgan joylarga Quyoshdan yanada kam yorug‘lik va issiqlik yetib keladi. Bu yerlar qutbiy (sovuq) mintaqalar deb ataladi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.