Old Osiyo
Geografik
o‘rni. Old Osiyo o‘lkasi Kichik Osiyo yarimoroli, Armaniston va Eron tog‘liklarini o‘z ichiga oladi. Bu o‘lka shimolda Sharqiy Yevropa, sharqda O‘rta Osiyo, janubi sharqda Janubiy Osiyo, janubda Janubi-g‘arbiy Osiyo o‘lkalari bilan chegaralanadi.
Geologik
tuzilishi. Old Osiyo zamini paleozoy erasida vujudga kelgan. Kaynozoy erasida sodir bo‘lgan alp tog‘ burmalanishi davrida yana qayta ko‘tarilgan va yashargan. O‘lka hududi tektonik jihatdan faol bo‘lib, Alp-Himolay seysmik mintaqasiga kiradi.
Relyefi.Relyefi, asosan, past va yassi tog‘liklardan iborat. Old Osiyoning relyefi
shimol va sharqdan janub va g‘arbga tomon nishab. O‘lkaning g‘arbiy va janubiy
chekkalarida pasttekisliklar joylashgan. Old Osiyo hududida balandligi 200 metrdan
oshmaydigan pasttekisliklardan tortib, mutlaq balandligi 5 000 metrdan
ortadigan baland tizmalarni uchratish mumkin. Kavkaz, Pontiy, Tavr, Zagros,
Elbrus tog‘lari ana shunday tizmalar sirasiga kiradi. Old Osiyoning eng baland
nuqtasi Kavkaz tog‘ida bo‘lib, balandligi 5 642 m ga yetadi.
Iqlimi. Old Osiyoning iqlimi o‘ziga xos bo‘lib, g‘arbida, asosan, O‘rta dengiz iqlimi, janubi sharqida esa subtropik kontinental iqlim vujudga kelgan. O‘lkaning shimolida o‘rtacha havo harorati qishda –15 °C ni, yozda +20 +24 °C ni, janubida esa qishda +2 +10 °C ni, yozda +32 °C ni tashkil qiladi. Yoz oylarida ba’zi joylarda havo harorati +45 +50 °C gacha yetadi.
Yillik
yog‘in miqdori o‘lka shimolida 50 — 100 mm ni, janubida 350 — 500 mm ni tashkil
etadi. Tog‘larda 1 000 mm gacha yog‘in yog‘adi.
Ichki
suvlari. Kura, Karun, Xarirud, Atrek, Kashofrud, Araks daryolari Old Osiyoning eng yirik daryolaridir. Shu bilan birgalikda o‘lka hududida Urmiya, Van va boshqa kichik ko‘llar bor.
Tuproqlari,
o‘simliklari va hayvonot dunyosi. Old Osiyoda, asosan, och kashtan, qo‘ng‘ir va och jigarrang, o‘rmon qo‘ng‘ir va tog‘ podzol tuproqlar tarqalgan. Cho‘llarda qumli cho‘l tuproqlari uchraydi. O‘lkada o‘simliklardan dub, buk, grab, eman, yovvoyi tok, chirmoviq, xandon pista, xurmo daraxti, jiyda kabi o‘simliklar o‘sadi. Hayvonlardan tog‘ qo‘yi va echkisi, yo‘lbars, qoplon, to‘ng‘iz, cho‘l mushugi, jayron, chiyabo‘ri, turli kemiruvchilar, ilonlar, qushlardan qizil g‘oz, o‘rdak, baliqchi qush va boshqalar yashaydi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.
Комментарий - 1