Shimoliy Amerika aholisi
Aholisi. Shimoliy Amerikaning aholisi 578 mln kishi (2016-y., 1-iyul, Markaziy Amerika
bilan). Tubjoy aholisi indeyeslar, eskimoslar va aleutlardir. Ular hozir
ozchilikni (20 mln kishi) tashkil etadi. Materikning tubjoy aholisi 25-30
ming yil avval Yevrosiyodan Bering bo‘g‘izi orqali kelgan. Keyinchalik, Janubiy Amerikaga ham asta-sekin tarqalishgan.
Yevropaliklar
kelmasdan avval eskimoslar, aleutlar, asosan, ovchilik, baliqchilik bilan,
indeyeslar esa ovchilik, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanishgan.
Shimoliy
Amerikaga xuddi Janubiy Amerika singari X.Kolumb kashfiyotidan so‘ng
yevropaliklar guruh-guruh bo‘lib kela boshladilar. Meksika va Markaziy
Amerikada mulatlar va metislar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Shimoliy
Amerika aholisining asosiy qismini Yevropadan ko‘chib kelganlar va ularning
avlodlari tashkil etadi. Bular amerikalik va kanadalik inglizlar bo‘lib, ingliz
tilida so‘zlashadilar. Kanadaga ko‘chib kelgan fransuzlarning avlodlari fransuz
tilida gaplashadi.
Aholisining
joylashishi. Aholining joylashishi, avvalo, materikka aholining ko‘chib kelishi tarixiga va tabiiy sharoitga bo‘gliq. Materikning janubiy yarmida aholi eng ko‘p o‘rnashgan. Materikning Yevropa mamlakatlaridan dastlabki ko‘chib kelgan kishilar joylashgan sharqiy qismida aholining zichligi katta. Eng yirik shaharlar Shimoliy Amerikaning shu qismida joylashgan.
Materikning
yashash uchun noqulay, tundra va tayga o‘rmonlaridan iborat bo‘lgan shimoliy
yerlarida aholi siyrak o‘rnashgan. Iqlimi quruq va yuzasi notekis tog‘li
o‘rmonlarda ham aholi kam.
Tabiatiga
insonning ta’siri. Milliy bog‘ va qoriqxonalari. Insonning xo‘jalik faoliyati Shimoliy Amerika tabiatiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu esa tabiat komplekslarining o‘zgarishiga va antropogen landshaftlarning hosil bo‘lishiga olib keldi. Shuning uchun tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qonunlar qabul qilingan. Tabiatni muhofaza qilish, uni asrab-avaylash va kelajak avlodga qoldirish maqsadida ko‘plab milliy bog‘lar, qo‘riqxonalar bunyod etilgan. Materikda birinchi milliy bog‘ 1872-yili (Yelloustoun) AQSHda tashkil etilgan. Vud-Baffalo, Yelloustoun, Grand-Kanyon, Sekvoyya, Mamont, Ajal vodiysi, Jasper, Katmay, El-Viskaino, Yosemit va boshqalar eng yirik milliy parklar va qo‘riqxonalardir. Ularning maydoni bo‘yicha Shimoliy Amerika materigi dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.