loading...

Avstraliya materigi aholisi va uning tabiatga ta’siri 

7711

Aholisi va uning hududiy tarqalishi. Yevropaliklar kelgunga qadar avstraliyaliklar juda past taraqqiyot darajasida bo‘lishgan. Aborigenlar ovchilik, termachilik bilan kun ko‘rishgan. Ular dehqonchilik bilan ham, chorvachilik bilan ham shug‘ullanishmagan.
 
Aborigenlar, asosan, Avstraliyaning tabiiy sharoiti inson hayoti uchun qulay bo‘lgan sharqiy va janubi-sharqiy qismlarida o‘rnashgan edilar. Keyinchalik materikka yevropaliklar kelishganidan so‘ng va qo‘ychilikning rivojlanishi bilan ular qurg‘oqchil, yashash uchun noqulay yerlarga siqib chiqarildi.

Kelgindi aholi yevropaliklar avlodlaridir, asosiy qismi inglizlar — ingliz tilida so‘zlashuvchi avstraliyaliklardan iborat. Avstraliya boshqa aholi yashaydigan materiklardan aholi zichligining kichikligi bilan ajralib turadi. Aholining ko‘p qismi materikning yashash uchun qulay bo‘lgan sharqiy, janubi- sharqiy va janubi-g‘arbiy chekkalarida to‘plangan.

Tabiatiga insonning ta’siri. Avstraliya tabiati yevropaliklar ko‘chib kelganidan so‘ng va ular xo‘jalik faoliyati ta’sirida juda tez hamda kuchli darajada o‘zgardi. Hayvonlarni ko‘plab ovlash, yashash sharoitining o‘zgarishi natijasida ularning ko‘pi qirilib ketdi. Kenguruning ba’zi turlari, xaltali bo‘ri, vombat- larning ayrim turlari yo‘qolish arafasida. Ayniqsa, Avstraliyaning sharqiy, janubi-sharqiy va janubi-g‘arbiy aholi zich yashaydigan qismlari tabiati ko‘p o‘zgargan. Ilgari quruq siyrak o‘rmonlar va butazorlar o‘rnini endilikda antropogen landshaftlar — bug‘doyzorlar, uzumzorlar, zaytunzorlar egallagan. Sanoatining rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda ko‘p antropogen tabiat komplekslari vujudga keldi.

Tabiatni muhofaza qilish va yo‘qolib borayotgan kamyob o‘simlik va hayvonlarni saqlab qolish uchun milliy bog‘lar va qo‘riqxonalar bunyod etilgan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив