Gidrosfera, uning tarkibiy qismlari
Gidrosferaning
tarkibiy qismlari. Gidrosfera (yunoncha, suv qobig‘i) geografik qobiqning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, yerusti va yerosti suvlaridan, muzliklardan, atmosferadagi suv bug‘laridan iborat.
Okean
suvlari. Yer yuzasining deyarli 71 % ini okean suvlari egallagan. Ular dunyo suv zaxirasining 96,5 % ini tashkil etadi. Okean suvlarining asosiy xususiyati sho‘rligi va haroratidir. Okean suvlarining o‘rtacha sho‘rligi 35‰, ekvator yaqinida 34 ‰, tropiklarda 36 ‰, mo‘tadil va qutbiy kengliklarda 33 ‰. Suvning o‘rtacha harorati +17,5°C, Тinch okean eng issiq +19,4 °C, eng sovuq okean Shimoliy Muz okeani (–0,75 °C). Suvning 3-4 km dan chuqur qismlarida harorat +2°C dan 0°C atrofida o‘zgaradi. Okean suvi sho‘r bo‘lganligi uchun –2 °C da muzlaydi.
Okean
suvlari mantiyadan ajralib chiqqan degan g‘oyani ko‘pchilik olimlar tan
olishadi. Bunga sabab hozirgi paytda mantiyadan suv ajralib chiqayotganligidir.
Yer
tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarning aksariyati okean bilan bog‘liq. Okean
quyosh energiyasini o‘zida to‘plovchi akkumulator hisoblanadi. Okeanlar
materiklarning iqlimiga, tuproqlariga, hayvonot olamiga va inson xo‘jalik
faoliyatiga ta’sir etadi.
Quruqlik
suvlari. Daryo, ko‘l, botqoqlik, muz va yerosti suvlari gidrosferaning quruqlikdagi suvlaridir. Ular umumiy gidrosfera suvlarining 3,5 % qismini tashkil etadi. Shundan 2,5 % i chuchuk suvlardir.
Daryolarning
zichligi, sersuvligi iqlimga va relyefga bog‘liq. Yog‘inlar ko‘p yog‘adigan
hududlarda Amazonka, Kongo, Missisiрi, Xuanxe, Volga kabi daryolar hosil
bo‘lgan. Kam yog‘in yog‘adigan cho‘llarda daryolar bo‘lmaydi. Sirdaryo, Amudaryo,
Nil kabi tranzit daryolar cho‘llarni kesib o‘tadi.
Ko‘llar
kattaligi, chuqurligi, oqar yoki oqmasligi, sho‘r yoki chuchukligi va kelib
chiqishiga ko‘ra xilma-xildir. Dunyodagi eng katta ko‘l Kaspiy ko‘li (376 ming
kv km) bo‘lib, u va Orolni kattaligi uchun dengiz deb atashgan. Berk havzada
joylashgan Kaspiy, Orol, Issiqko‘l va Balxash oqmas ko‘llar hisoblanadi.
Dunyodagi eng chuqur ko‘llar Baykal (1620 m) va Tanganika (1470 m) oqar
ko‘llaridir. Balxash ko‘lining yarmi chuchuk, yarmi sho‘r. Rudolf ko‘li va
O‘lik dengiz (270‰) sho‘r ko‘llardir. Kelib chiqishiga ko‘ra, ko‘llar tektonik
(Baykal, Tanganika, Nyasa), muzlik hosil qilgan (Finlandiyadagi ko‘pchilik
ko‘llar), tog‘lardagi morena, vulqonli,
qayir, sun’iy, karst ko‘llarga bo‘linadi.
Suv
omborlari, kanallar yerlarni sug‘orish,
elektr energiyasi olish, sel hodisalarining oldini olish, daryo suvlarini tartibga
solish, dam olish kabi maqsadlarda quriladi.
Muzliklar
quruqlikning 11 % maydonini egallaydi. Muzliklarning 99 % i qutbiy o‘lkalarda,
qoplama holatida joylashgan (Antarktida, Grenlandiya, Arktika). Тog‘ muzliklari
qor chizig‘idan tepada hosil bo‘ladi. Ekvatorda qor chizig‘i 4,5-5 km
balandlikdan o‘tadi. Kilimanjaro vulqonini 4 500 m balandligidan boshlab qor va
muz o‘rab olgan. Qutblarda qor chizig‘i dengiz sathiga baravarlashadi.
Yerosti
suvlari yog‘inlarning Yer po‘stiga shimilishidan hosil bo‘ladi. Lekin kelib
chiqishiga ko‘ra magmatik xususiyatga ega bo‘lgan geyzerlar ham yerosti suvlari
qatoriga kiradi. Yerosti suvlarining gidrosferadagi ulushi 1,7 % ni tashkil
etadi. Ular suvli qatlam (qum, shag‘al, tosh)larda to‘planadi. Agar suv o‘tkazmaydigan
qatlam (gil)lar orasida joylashsa, artezian havzalarini hosil qiladi. Deyarli
barcha tekisliklarda va tog‘ oralig‘i botiqlarida yerosti suv havzalari mavjud.
Ularning ayrimlari shifobaxsh mineral suvlardir.
Ko‘p yillik
muzloq yerlar tuproq, cho‘kindi jinslar bilan yerosti suvlarining birgalikda
muzlab qolishidan hosil bo‘ladi. Ular Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning
shimoliy qismida katta maydonlarni egallaydi. Ularning qalinligi 0 metrdan 1
500 metrgacha boradi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.