Kitobning hayot chirog`i ekanligini isbotlovchi 10 isbot
O’zini hurmat qila biladigan har qanday aqlli inson
sizga kitob o’qish odati o’zini-o’zi iroda qilish va o’z maqsadlariga erishishda
juda katta yordami tegadi, deb uqtiradi. Kitob o’qishni qadrlaydigan odamlarda sodir
bo’ladigan 10 ta o’zgarish haqida so’zlab bermoqchimiz.
1. Hayotingiz murakkablashib ketganida, undan chiqib
ketishning qulay yo’llarini adashmay topa olasiz Hayotingizning og`ir damlarida,
boshingizga tashvish tushganida pulingiz va sog`lig`ingizni behuda narsalarga: ichkilik,
kiyim-kechak, yegulik va shunga o’xshash narsalarga sarf qilmay, biror-bir kutubxonaga
borib, o’zingizga yoqqan kitobni oling yoki shu kitobni internetdan yuklab oling.
Shunda siz o’zingiz uchun yangi bir olamni ochasiz. Bu kundalik hayot tashvishlari
va muammolaridan chalg`ishning eng foydali va arzon usuli hisoblanadi.
2. Oilangiz borligini payqab qolasiz. So’z ota-onangiz
yoki qarindoshlaringiz haqida ketmayapti. Siz kitobga mehr qo’yib, yangi kitobsevarlar
oilasiga qo’shilasiz. Bu oilaga qo’shilishingiz bilan atrofingizda doim sizni qo’llab-quvvatlaydigan
va har qanday vaziyatda yordam qo’lini cho’zadigan odamlar paydo bo’ladi. Bu kitob
o’quvchilar va kitob sevuvchilar oilasidir. Sizga e’tibor berishlarini xohlasangiz
bir sirli uslubni qo’llang. Oxirgi o’qigan kitobingiz haqda o’z fikr-mulohazalaringizni
yozib qoldiring. Shuning o’zi kifoya qiladi.
3. Siz cheksiz muloqot olamiga kirasiz. Inson kitob
yordamida o’tmishdagi avlodlari hayotini o’rganishi, unda yashashi mumkin. O’qish
sizga turli xalqlar madaniyati va turli toifa odamlar hayotini so’zlab beradi. Ma’naviy
dunyoqarashingiz kengayadi. Kitob insonlarning o’zaro bir-birlarini tushunishga
yordam beradi. Siz esa o’zga bir insonning hayotiga kirib borasiz. O’ylab ko’ring,
boshqa bir insonning o’rnida bo’lishni istarmidingiz? Umuman ko’rmagan joylaringizga
sayohat qilishnichi? Hayotda yangi tajribalarga erishishnichi? Bu siz o’ylaganchalik
qiyin ish emas. Shunchaki kitob o’qish kerak, xolos.
4. Chiroyli so’zlashni o’rganib olasiz. O’qish insonning
so’z boyligini oshiradigan, uni to’g`ri talaffuz qildiradigan va yozdiradigan eng
oddiy uslub hisoblanadi. Ko’proq o’qing. Do’stlaringiz internet saytlarida xato
bilan yozishganida, ularning bu ishidan taajjublanadigan bo’lasiz. Ammo birovning
xatosini izlaydigan, uning ustidan kuladigan g`alamisga aylanmang.
5. Kutish zallarida yoki navbatlarda vaqtingizni
mazmunli o’tkazasiz Hayotingizda ulkan o’zgarish bo’lishiga tayyor turing. Navbatda
turganingizda yoki kutish zallarida u yerdan bu yerga yurib, soatingizga qarab yoki
biror bir hamsuhbat izlab siqilmang, asabiylashmang. Shunchaki kitob o’qing. Aynan
mana shunday vaziyatlarda kitobingiz doim yoningizda bo’lsin. Uni qo’lingizga oling
va o’qing. Shunda sizni kutish zalida o’tkazgan vaqtingiz yoqimli va foydali bo’ladi.
6. Qiziqarli shaxsga aylanasiz. Sizda dunyoqarashingizni
o’zgartirish niyati bo’lmasa ham yon-atrofdagilar sizni o’zgarganligingizni darrov
payqaydi. Siz qiziqarli va yaxshi suhbatdoshga aylanasiz. Kitob bizlarga hissiyotlarni,
boshqa insonlarning dunyoqarashini o’rgatadi. Oqibatda biz his-tuyg`ularni yaxshi
his qiladigan va boshqalarning dardiga hamdard bo’ladigan insonga aylanamiz. Hayotingizda
zulm ko’rmagan, qo’pol muomalaga duch kelmagan, kambag`allik nima ekanini bilmasligingiz
yoki javobsiz muhabbat nima ekanini tasavvur ham qilmasligingiz mumkin. Bunday narsalarni
his qilmasligingiz uchun kimningidir ustidan kulishingiz ham mumkin. Kitob esa shu
narsalarni his qilishni, yon atrofga o’zgacha nazar bilan qarashni va bo’layotgan
voqealarni qiziqish bilan kuzatishga o’rgatadi. Siz dunyoga, odamlarga o’zgacha
nazar bilan qarashni boshlaysiz.
7. Ko’plab yangi narsalar haqida bilib olasiz. Qaysi
janrdagi kitoblarni o’qishingizdan qat’i nazar juda ko’p narsalarni bilib olasiz.
Bu tarix, psixologiya, madaniyat, ruhiyat, urush oqibatlari, insonlarning bir-biri
bilan munosabatlari va hayotingizda zarur bo’ladigan turli ma’lumotlar bo’lishi
mumkin. Ko’p narsa bilishni xohlaysizmi? Falsafa, psixologiya, ommaviy-ilmiy adabiyot
va biografiyalarni o’qing. Bizning zamonamizda har qanday turga munosib kitobni
topish mushkul emas. Agar siz izlagan kitobingizni topa olmasangiz, bu o’sha mavzuda
o’zingiz yozishingiz uchun ajoyib imkoniyat bo’ladi.
8. O’ylaganingizdanda ahmoq bo’lganingizni tushunib
yetasiz. O’ylab ko’ring, kitob o’qishni boshlashingizdan oldin o’zingizni xamma narsaga
aqlim yetadi, deb o’ylagansiz. Kitob o’qishni boshlaganingizdan so’ng esa xamma
narsa o’zgardi. O’qigan birinchi kitobingizdan so’ng, hech narsa o’zgarmasligi mumkin.
Ammo har bir kitob, vaziyatga boshqa nuqtadan qarashga o’rgatadi. Qancha ko’p kitob
o’qisangiz, dunyoqarashingiz shuncha o’zgarib boraveradi. Qarshingizda yangi eshiklar
ochilaveradi. Miyangizda yangi fikrlar, g`oyalar, ma’lumotlar paydo bo’laveradi.
Siz o’zga insonlarning his-tuyg`ularini xuddi o’zingiznikidek his qila boshlaysiz.
9. Sizda ijodiy
fikrlar paydo bo’la boshlaydi. Miyangizni yangi ilmlar bilan boyita boshlaganingizdan
so’ng, ajoyib bir holat sodir bo’la boshlaydi. Fantaziyangiz uyg`onadi. Ijod bu
aslida insonlar hayratlangan ilhomning amaldagi ko’rinishidir. Hayotda bunday insonlar
ko’plab topiladi. Bu insonlar she’riyatni ilm bilan, e’tiqodni tarix bilan aralashtirishdan
qo’rqishmaydi. O’qishni boshlaganingizdan so’ng, ko’chirmalarga hech qanday ehtiyojingiz qolmaydi. Siz o’zingiz
to’plagan bilim manbalaringizdan foydalana boshlaysiz. Shunda sizda turli fantaziyalar
paydo bo’ladi. Siz esa ularni turli holatlarga solib, yangi bir g`oyalarni o’ylab
topa boshlaysiz.
10. Tasavvuringiz yanada tiniqlashadi. Siz o’qiyotgan
kitob, bu kimningdir fantaziyasi. Uning ichida yurar ekansiz o’z fantaziyangiz paydo
bo’ladi va kengayib boradi. Siz o’z fantaziyangizga quloq tuta boshlaysiz. Shu yo’l
bilan miyangizdagi tasavvur olamini yanada tiniqlashtirasiz. O’zingizni boshqacha his eta boshlaysiz.
Aslida esa, o’zingizni dunyodagi eng normal inson ekanligingizni tushunib yetasiz.
Bilimingizni turli ma’lumotlar bilan to’ldirib boring. Kitob o’qish ertami kechmi,
baribir, ongizda turli ranglarda jilovlana boshlaydi. Sinab ko’rasizmi? Unda qo’lingizga kitob oling.
Bu ish, albatta, amalga oshadi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.