Botulizmdan saqlaning!
Botulizm – ovqatdan zaharlanishlar ichida og‘ir kechadigan kasallikdir. Bu kasallik botulizm tayoqchalari bilan zararlangan ovqat iste'mol qilinganda vujudga keladi va markaziy asab tizimini shikastlanishi bilan kechadi.
Botulizm tayoqchalari tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, tuproq, suv, hayvon, baliqlar ichagida uchraydi va qobiq ichida yillar davomida saqlanadi. Kislorodsiz va qulay sharoitda ko‘payadi hamda inson uchun xavfli bo‘lgan zahar ishlab chiqaradi.
Botulizmning asosiy sabablari:
Kasallik odamda uy sharoitida termik ishlov berish qoidalariga amal qilinmay tayyorlangan konserva (sabzavot, meva, qo‘ziqorin, go‘sht, baliq), dudlangan tovuq go‘shti, kolbasa mahsulotlarini iste'mol qilinganda kelib chiqadi.
Konservalash jarayonida gigiуenik va texnik qoidalarga rioya qilinmaslik natijasida, mikrop konserva bankasida yopiq muhitda tez rivojlanadi. Sifati buzilgan konserva mahsulotlari ichida gaz yig‘ilishi natijasida qopqog‘i ko‘tarilib qoladi (bombaj).
Bemor odamda quyidagi belgilar kuzatiladi:
Kasallik zararlangan ovqatni iste'mol qilinganidan 12-24 soat o‘tgach, yoki 1-5 kundan keyin boshlanadi. Zahar (toksin) ichakda tez so‘rilib, qonga o‘tadi va butun organizmga tarqalib, asab tizimini,shu bilan birga mushaklarni shikastlaydi.
Kasallikni oldini olish uchun:
- odamning boshi og‘riydi
- ko‘ngli aynib, qusadi
- og‘zi quriydi
- ko‘z oldi qorong‘ilashib, narsalar qo‘shaloq bo‘lib ko‘rinadi.
- ko‘z qorachig‘i kengayadi
- nutqi buziladi (afoziya)
- nafas olishi qiyinlashadi
- yutinishi qiyinlashadi
- yuragi to‘xtab qolayotgandek tuyuladi.
Kasallik zararlangan ovqatni iste'mol qilinganidan 12-24 soat o‘tgach, yoki 1-5 kundan keyin boshlanadi. Zahar (toksin) ichakda tez so‘rilib, qonga o‘tadi va butun organizmga tarqalib, asab tizimini,shu bilan birga mushaklarni shikastlaydi.
Kasallikni oldini olish uchun:
- uy sharoitida konserva tayyorlash jarayonida har bir inson sanitariya va gigiуena qoidalariga rioya qilishi kerak;
- konserva mahsulotlarini tayyorlashda (sabzavot-meva, qo‘ziqorin va ko‘katlarni) sifatiga ahamiyat berish kerak;
- sabzavot-mevalar tuproq bilan ifloslanishi mumkin, shu bois ularni oqar suvda, so‘ng qaynatilgan suvda yaxshilab yuvish kerak;
- mahsulotlarni yuqori harorat ostida 20 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt davomida qaynatish kerak;
- nordon bo‘lmagan (bodring, yashil no‘xot) mahsulotlaridan konserva tayyorlashda ularga uksus kislotasi qo‘shishni unutmang;
- uy-sharoitida konserva tayyorlamaslik kerak;
- konserva mahsulotlarini qorong‘i va salqin joyda saqlang.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.