loading...

Olovdan ehtiyot bo`ling! 

3145

Bahor va yoz faslida kunlarning isishi odamlarlardan odatdagidan ham xushyorroq bo`lishni taqozo etadi. Bunday paytda olovdan foydalanish texnikasiga rioya etmasak yong`in xavfi otrishi aniq. 
 
Yong`in shubhasiz dahshatli falokatlardan biridir. U kishilarni o`z yaqinlari va mol-mulkidan ayiradigan ofat.
 
Tabiiyki, yong`in qachon va qayerda sodir bo`lishini aytish mushkul. Biroq uni keltirib chiqaruvchi sabablar bisyor. Bu esa ehtiyotkorlik choralarini yanada kuchaytirish lozimligini anglatadi.
 
Xususan, katta yoshli insonlar, ayniqsa, uy bekalari ehtiyotkor bo`lishi, gaz va elektr moslamalaridan foydalanish tartib-qoidalariga to`liq rioya etishi zarur. Yong`in xavfsizligi xizmati xodimlari aholining tinchlik-xotirjamligi va fuqaro muhofazasini ta`minlash, turli favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida barcha yurtdoshlarimizga mavsum "injiqlik"larini hisobga olib, olov manbalarini qarovsiz va e`tibordan chetda qoldirmasliklarini yana bir bor eslatadi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив