loading...

Yozning 8 muammosi 

3558

Yoz mavsumini har birimiz intiqlik bilan kutamiz. Ammo ba`zan yoz o`zi bilan yoqimsiz asoratlarni ham olib keladi. Issiq mavsumda duch kelishingiz mumkin bo`lgan muammolar haqida xabaringiz bo`lsa, ular bilan kurashish ham oson bo`ladi. Bu haqda shifokor-terapevt Shahnoza SAIDOVA ma`lumot tanishtiradi.

1.ARI CHAQISHI

Birinchi yordam – arining nishini teridan ehtiyotkorlik bilan olib tashlab, chaqqan joy atrofini spirt, vodorod peroksidli yoki yod eritmasida artiladi.

Halqona davo: og`riyotgan joyni tuzli yoki sovunli suvda yuvib, ustiga muzli kompress qo`yiladi. Aloe shirasi yoki piyoz suvini dokaga shimdirib, ari chaqqan joyga qo`yish ham naf beradi.

2.TARVUZDAN ZAHARLANISH...

Birinchi yordam – ko`nglingiz aynashini sezgan zahoti qusishga harakat qilish kerak. Buning uchun bir litr qaynatilgan suvni ichib, ortidan 4 dona faollashtirilgan ko`mir tabletkasi qabul qilinadi.

Xalqona davosi: qoshning uchlarida joylashgan biologik faol nuqtalarni 30 martagacha bosib qo`yiladi. Ukropni qaynatib, asal qo`shib ichiladi.

3.KO`Z OSTI SALQIGANDA

Agar bunga havoning issiqligi, chanqoq sababchi deb o`ylasangiz, adashasiz. Hammasi suvni noto`g`ri ichishingizda. Suyuqlik tanada qolib ketsa, ko`z osti salqiydi. Bunday bo`lmasligi uchun gazli ichimliklar va har xil salat, achchiqlarni kamroq eng.

Birinchi yordam: issiq-sovuq suvda yuzni chaying. Ko`zlarni yumib, yuqoriga va pastga, o`ngga va chapga 6 marta harakatlantiring.

Halqona davosi: qo`y yog`ini kamfora moyi bilan aralashtirib, ehtityokorlik bilan ko`z ostiga surtiladi. Dengiz tuzi eritmasida dokani namlab 5–10 daqiqaga ko`z ostiga qo`yish muammoni hal qiladi. Bodring shirasini limon suvi bilan aralashtirib, ko`z ostiga surtish ham yaxshi natija beradi.

4.VARIKOZ

Jazirama yoz kunlarida qon, bosh va yurakdan oyoqlar tomon harakatlanadi. Bu davrda oyoq tomirlari issiqdan ancha kengaygan bo`ladi. Agar shu paytda ko`p tik oyoqda yursangiz yoki uzukkun o`tirib ishlasangiz, oyoqda varikozli tugunchalar paydo bo`lib, og`ritishi mumkin.

Birinchi yordam: chalqancha yotib, 2-3 daqiqaga oyoqlarni yuqoriga ko`taring.

Xalqona davosi: sabzi ustidagi ko`katni choy o`rniga damlab, bir oy ichiladi. Oyoqdagi bo`rtib chiqqan tomirlarga nastarin guli yoki xom kartoshka shirasi surtiladi.

5.BURUN QONAGANDA

Boshni orqaga qilmaslik kerak. Tik o`tirib, bosh biroz engashtiriladi, ikki qosh o`rtasiga muz qo`yiladi. Burun qanotlarini barmoqlar bilan engil ushlab, og`iz orqali tez-tez nafas olinadi.

Xalqona davosi: burunga limon shirasi tomiziladi.

6.QON BOSIMI KO`TARILSA

Birinchi yordam: bemorning boshini baland qilib o`tkazib, oyog`iga issiq vanna qilish kerak.

Xalqona davosi: tarvuzni eganda danagini tashlab yubormang, oftobda quritib maydalab, yarim choy qoshig`ini gazsiz mineral suv bilan ichsangiz, qon bosimi darrov pasayadi. Yalpiz qaynatmasida badanni artish ham bu muammoda yordam beradi.

7.ZAMBURUG` YUQTIRIB OLSANGIZ

Yozda ko`pchilik ochiq suv havzalari va basseynlarda cho`milib, shuningdek shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaganida zamburug` yuqtirib olishi mumkin. Birinchi yordam: oyoqlar yuvib, quritiladi so`ng sirkali suvda artiladi.

Xalqona davosi: sarimsoqpiyozni maydalab, sariyog` bilan aralashtiring-da zararlangan joylarga surting. Shuningdek, guruch ivitilgan suvni to`kib yubormay, oyoqqa vanna qilinsa ham foyda beradi. Qahvani achchiq qilib damlab, unda ham vanna qabul qilish mumkin. Poyabzalni esa, albatta, sirkali suvda artishni unutmang.

8.OFTOB URSA

Birinchi yordam: bemor salqin joyga olib kirib, oyoqlarini baland qilib yotqiziladi. Nafas olishga to`sqinlik qiladigan yoqa, tasma bo`shatiladi. Bemorning boshi tagiga (ensa qismi) muz o`ralgan xalta qo`yiladi.

Xalqona davosi: 5 tomchi sirkani bir litr sovuq suvda eritib, choyshab xo`llanadi va bemor unga o`rab qo`yiladi. Kun davomida sovitilgan ayron ichiladi.

BARNO tayyorladi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив