loading...

Muz ustida harakatlanish qoidalari 

3081

  • Qattiq qotmagan, yupqa muz ustiga chiqmang;
  • Tikka qirg’oqdan yupqa muz ustiga chana yoki chang’i bilan uchib tushmang;
  • Muzdagi o’pqonlar, darzlar, o’yiqlarga yaqin kelmang;
  • Muz ustida bir joyga to’dalashib turmang;
  • Man etilgan joylarda suv havzasidagi muzdan o’tmang;
  • Qorong’i vaqtlarda, ko’rinish yomon paytlarda muz ustiga chiqmang;
  • Oyoq bilan muzni teshmang.
EHTIYOT BO’LING!
Havzaga daryolar, sanoat chiqindilari quyilayotgan, buloq chiqayotgan yoki oqim kuchli bo’lgan joylarda muz bo’sh bo’ladi.

Oyog’ingiz ostidagi muz yorilsa:
Qo’llaringizni yon tomonlarga yozib, muz ustiga ko’krak berib yoki chalqancha yotib olishga harakat qiling. Gorizontal holatga o’tib, yoriqning qarama-qarshi chetiga oyoqlaringni tirang. Oldin bir oyog’ingizni, keyin ikkinchisini muz ustiga chiqaring. Oldin dumalab, keyin esa emaklab, yorilgan joydan nariroq keting. Baqirib yordamga chaqiring.

Agar siz yordam beradigan bo’lsangiz:
Muzdagi yorilgan joyga tippa-tik yaqin bormang, qo’l va oyoqlaringizni yonga yozib, qorinda emaklab yaqinlash, bunda chang’ida, taxtaga tiralib borgan ma’qul.
 
 
Birinchi yordam ko’rsatish

 

 

 

 

Yodingda bo’lsin!
Nafas olish to’xtagandan keyin 6 daqiqagacha kechikmasdan jabrlangan kishini hayotga qaytarsa bo’ladi.
 
Buni hamma bilishi kerak:
  • Jabrlangan kishi boshini yon tomonga burib, og’zini qum va loyqadan tozalanadi. Yuzini pastga qilib, tizzaga yotqizgan holda, uning nafas yo’llari va me’dadan suv chiqarib tashlanadi. Bularning hammasiga 15 soniyadan ortiq vaqt ketmasligi kerak.
  • Jabrlangan kishining nafas olayotgani va tomir urishi aniqlanadi. Tomiri urmayotgan bo’lsa, «og’izdan-og’izga» usulida sun’iy nafas oldiriladi.
  • Jabrlangan kishining boshi maksimal darajada orqaga tashlanib turishi uchun biron kiyimni dumaloqlab o’rab, bo’yni tagiga qo’yiladi. Qutqarayotgan odam chuqur nafas oladi jabrlangan kishining burun kovagini siqib ochiq og’iziga qattiq puflaydi. Bir daqiqada 12-15 marta puflash lozim.
  • Sun’iy nafas oldirish bilan bir vaqtda yurakni tashqi massaj qilinadi. Buning uchun yurak sohasida ko’krakning pastki qismiga kaftlarni chalishtirib qo’yiladi va bir daqiqada 70 marta tezligida siltab bosiladi (har 4 gal bosilganda bir marta havo puflanadi).

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив