loading...

Suvdagi xavfsizlik qoidalari 

7012

Suvdan ehtiyot bo`ling!

Suv – bizning do’stimiz, faqat oqilona va ehtiyotlik bilan ish tutsak.
Taqiqlanadi:
  • Suv havzalari yoniga kattalarsiz yaqinlashish;
  • Notanish va taqiqlangan joylarda cho’milish;
  • O’tib ketayotgan qayiqlar yaqiniga suzib borish;
  • Cheklash belgilaridan suzib o’tish;
  • Notanish joyda kalla tashlash;
  • Ko’priklar, to’g’onlar, qayiqlardan suvga sakrash qat’iyan man etiladi.

Qayiqda bo’lsangiz:
  • Egasiz va texnik nosoz qayiqlardan foydalanmang;
  • Qutqarish va suv chiqarib tashlash vositalarisiz, shuningdek qattiq shamol bo’lganda suzishga chiqmang;
  • Suzish vositalariga texnik pasportda ko’rsatilganidan ortiq yo’lovchi va yuk ortish man qilinadi;
  • Suv ustida bir qayiqdan ikkinchisiga o’tmang;
  • Qayiqdan suvga kalla tashlamang;
  • Qayiqqa o’tirgandan keyin joyidan turish, o’ynash, joy almashish, chayqatish mumkin emas;
  • Qayiqda odamlar cho’milayotgan joyga borish mumkin emas;
  • Qorong’i tushganda suzish vositalaridan foydalanmang;
  • 14 yoshga to’lmagan bolalarga kattalar hamrohligisiz suzish vositalaridan foydalanishga ruxsat etilmaydi.

Cho’miluvchilarga maslahatlar:
  • Quyoshli, shamolsiz havoda cho’milish;
  • Havo harorati –plyus 20-25°C;
  • Suv harorati –17-19°C dan past bo’lmasligi kerak.
Quyidagi hollarda cho’milish tavsiya etilmaydi:
  • Charchagan bo’lsangiz:
  • Oftobda ortiqcha qizib ketgan bo’lsangiz;
  • Qorning och bo’lsa;
  • Chanqagan bo’lsangiz;
  • Yaqindagina kasaldan tuzalgan bo’lsangiz.
Tomir tortishganda:
  • Qo’l barmoqlarida: panjangni tezda musht qilib, qattiq qisib, qo’lingni yon tomonga keskin uloqtirganday harakatlantirib, mushtingni ochib yuboring;
  • Boldir mushaklari tortishganda: engashib, tortishgan oyoq kaftidan ushlab olib, o’zinga tomon qattiq torting;
  • Son mushaklari tortishganda: to’piq yaqinida oyog’ing yuzini tashqi tomondan ushlab, oyog’ingni tizzadan bukib, orqaga kuraging tomonga tort.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив